Samarali muomala va ziddiyatlar reja: Muomala xaqida umumiy tushuncha


Download 475.57 Kb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi475.57 Kb.
#1011914
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SAMARALI MUOMALA VA ZIDDIYATLAR

SAMARALI MUOMALA VA ZIDDIYATLAR

Reja:

 

1. Muomala xaqida umumiy tushuncha.

2. Muomala psixologiyasining maqsadi va vazifalari.

3. Muomala ijtimoiy psixologik voqelik sifatida.

4. Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi.

Muomala psixologiyasi

Muomala faqat insonlarga xos bо‘lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug‘iladi.

Muomala - odamlar о‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining kо‘p qirrali jarayonidir Muomala (munosabat) birgalikda faoliyat kо‘rsatuvchilar о‘rtasida axborot ayirboshlashni о‘z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muomalaning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning о‘zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat sо‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan Muomalada bо‘lamiz. Munosabatning keyingi jihati Muomalaga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan Muomalaga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bо‘lamiz. Demak, Muomala jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (о‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (о‘zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.

Muomala psixologiyasi

Muomala qonuniyatlarini bilish hamda uni о‘rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.

Har bir kishining о‘z “Meni” atrofdagilar bilan bо‘ladigan Muomala jarayonida shakllanadi, Shaxsning hayot yо‘llari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu Muomalaga bо‘lgan ehtiyojdir. Muomalaga bо‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi.


Download 475.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling