Samarkand branch of Volume 3
Tashkent State Agrarian University
Download 359.91 Kb. Pdf ko'rish
|
agroturizm-o-zbekistondagi-fermerlar-va-mahalliy-aholi-uchun-potensial-imkoniyatlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agroturizmning mahalliy aholiga ijtimoiy-madaniy ta’siri.
Tashkent State Agrarian University
Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan Google Scholar indexed 92 October 5-6 www.samaguni.uz Republican Scientific and Practical Conference oshgan [11]. Karlsbaddagi Gul dalalariga tashrif buyuruvchilar boʻyicha tadqiqot olib borilganda, agroturizm AQShning Kaliforniya shtatidagi Karlsbad shahriga ijobiy iqtisodiy ta‘sir koʻrsatdi. Gul dalalariga tashrif buyuruvchilarning toʻg‗ridan- toʻg‗ri xarajatlari Karlsbadda taxminan 2,3 million dollar va San-Diego okrugida taxminan 7,76 million dollarni tashkil etdi [12]. Gavayi Qishloq xoʻjaligi statistika boshqarmasi (2004) ta‘kidlashicha, Gavayidagi fermerlar agroturizmdan olingan daromadlar nuqtai nazaridan, toʻg‗ridan-toʻg‗ri sayyohlarga sotilgan tovarlardan umumiy daromadlarning taxminan 40% ni; keyin boshqa fermer xoʻjaliklari mahsulotlari va esdalik buyumlarining chakana savdosi (26,8%); ochiq havoda dam olish (14,8%); turar joy (7,4%); ta‘lim, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga sayohatlar (3,5%); va oʻyin-kulgi (3,1%)lardan oladi [13]. Agroturizmning mahalliy aholiga ijtimoiy-madaniy ta’siri. Turizmning ushbu turi nafaqat iqtisodiy manfaat, balki ijtimoy afzalliklarga ham ega. Agroturizm mahalliy aholining oilaviy munosabatlari, turmush madaniyati, yashash tarzi va urf-odatlariga ta‘sir qiladi. U turli millatlarni, turli madaniyatlarni birlashtiradi. Qishloqlarda oʻtkaziladigan bayram kechalari, festivallar, namoyishlar ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni ham rivojlantirishi mumkin. Qishloq aholisi hamda shaharlik sayyohlar oʻrtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi, bu orqali mahalliy hamjamiyat yaqinlashish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda ham bugungi kunda agroturizmning ―Turizm ovuli‖, ―Turizm qishlogʻi‖ tasnifiga kiritilgan obyektlari mavjud boʻlib, u yerlarda qishloq aholisi hayoti bilan tanishish, qishloq oilasi bilan birgalikda yashash va milliy taomlardan iste‘mol qilish, tabiiy toza mahsulotlarni iste‘mol qilish, turli bayram kechalari oʻtkazish kabi madaniy tadbirlarda ishtirok etishlari uchun salohiyat yuqori. Qishloq turizmidan farqli oʻlaroq, agroturizm xizmatlari qishloq xo‗jaligi korxonalaridagi mehnat jarayonlari va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‗liq. Download 359.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling