Samarkand branch of Volume 3
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Download 359.91 Kb. Pdf ko'rish
|
agroturizm-o-zbekistondagi-fermerlar-va-mahalliy-aholi-uchun-potensial-imkoniyatlar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Agroturizmning ilk koʻrinishlari XIX asrning ikkinchi yarmida, Janubiy Tirolda (Italiya), ehtimol, aristokratlar yozda issiqdan qochib, tog‗li fermalarga borganlarida boshlangan. Shunga oʻxshash migratsiya Janubiy Karolinada hujjatlashtirilgan, u yerda boy plantatsiyalar egalari yozda pasttekislikdan yuqori qishloqqa koʻchib ketishgan. Oʻtgan 35 yil ichida bu amaliyot agroturizm tushunchasi sifatida nomlangan, ta‘riflangan, qonunlashtirilgan va butun dunyo boʻylab tarqalgan [2]. Agroturizm ferma turizmi, fermer xoʻjaligiga asoslangan turizm va qishloq turizmi tushunchalari bilan birgalikda hamda ma‘nodosh soʻzlar sifatida ishlatiladi [3]. Ba‘zi adabiyotlarda belgilari oʻxshash, ammo mohiyati boshqa soʻzlar sifatida ham ishlatilgan [4]. Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan Google Scholar indexed 88 October 5-6 www.samaguni.uz Republican Scientific and Practical Conference Quyidagi adabiyotda esa, agroturizm kengroq tushuncha sifatida qishloq turizmining oʻziga xos boʻgʻini ekanligi ilgari surilgan [5]. Oʻrganilgan ta‘riflarni birlashtirish natijasida, ayniqsa, mualliflar nima uchun aynan shu terminni qoʻllaganliklarini izohlab oʻtmaganlarida chalkash va murakkab manzara kelib chiqadi. Biz ham oʻz tadqiqotimiz davomida agroturizm – sayyohlarni qabul qilish va fermer xo‗jaliklariga joylashtirish, ularni dehqonchilik va ishlab chiqarish faoliyatiga faol jalb etish ekanligi haqidagi dalilga qo‗shilamiz [6]. Ushbu tushuncha qishloq turizmi termini bilan sinonimik hamohang bo‗lsa-da, bir-biridan farq qiladi. Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga chuqur ixtisoslashgan va qishloq xo‗jalik korxonalari bilan uzviy aloqada bo‗lgan hududga nisbatan agroturizm termini ishlatilishi nazarda tutiladi. Qishloq turizmi esa keng ma‘noda shunga qo‗shimcha ravishda milliy an‘analarga xos tarzda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi xizmatlarni ham qamrab oladi. Har qanday yangi hodisani tushunish uchun uning asosiy tavsiflovchi xususiyatlarini anglash lozim boʻladi. Tadqiqotlarda haligacha agroturizmning barcha belgilarini xarakterlovchi aniq va asosiy tushuncha berilmagan. Balki turli mamlakatlarda agroturizm faoliyati davlatning agrar siyosati nuqtayi nazaridan turlicha talqin qilinmoqda. Lekin Buyuk Britaniyaning bir qator olimlari adabiyotlarda mavjud agroturizm mohiyatiga aniqlik kiritadigan, kelajakdagi empirik tadqiqotlar uchun asos bo‗ladigan agroturizm tipologiyasini tuzdilar [7]. Keyingi tadqiqotlarida uchta savol asosida shu tipologiyani qayta ko‗rib chiqib, yangisini tadqiq qilishdi [8] va bugungi kunda ushbu tipologiyadan keyingi empirik tadqiqotlar uchun asos sifatida foydalanilmoqda. Download 359.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling