Reja Yo‘l sharoitini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar
Download 26.39 Kb.
|
Reja Yo‘l sharoitini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar
Mavzu :Yo’l sharoitini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar va ularning harakat xavfsizligiga taʼsiri Reja 1.Yo‘l sharoitini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar 2.Yo’l harakat xafsizligi haqida O’zbekiston Respublikasi qonuni Yo’l sharoitini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar va ularning harakat xavfsizligiga ta’siri quyidagilar bo’ladi: Trafik belgilari: Trafik belgilari, yo’l bo’yicha gerekli ko’rsatkichlardir. Ular xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va qo’shiluvchilarni ogohlantirish va harakat qilish markazining ko’rsatilishi jihatidan muhimdir. Yo’l belgilari: Yo’l belgilari, haydovchi uchun yo’l ko’rsatkichi, oʻz joylari, yashirin va eng ko’p uchraydigan yoʻnalishni ko’rsatadi, xavfsizligini taʼminlash uchun zarurdir. Yorqiniraq yo’l oʻqi belgilari: Yorqiniraq yo’l oʻqi belgilari hayvonlardan, mashinalardan va yig’imlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun foydali bo’ladi. Ular avtomobilning sharq va g’arb yo’nalishida joylashtirilishi mumkin. Oyoq yo’li belgilari: Oyoq yurish yo’li belgilari oyoqchilarning o’tish xavfsizligini taʼminlashda ahamiyatga ega. Bu belgilar oyoqchilarning o’ng va chap tomonlarda yo’li qaysarligini ko’rsatadi. Yo’l taqiqlash belgilari: Yo’l taqiqlash belgilari belgilanmagan yo’nalishlarda to’xtalishni, haydovchi va qo’shiluvchilarning sifatli oʻzaro tahaffuzni taʼminlash uchun zarurdir. Chet elda taqiqlash belgilari: Chet elda taqiqlash belgilari, chet elda joylashgan yoʼnalishni ko’rsatkichidir va belgilangan soxtalik vaziyatga ega yoʻnalishlarda harakatni cheklang. YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 7-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maqullangan 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi 818–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 215-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 4, 155-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; Davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi; Oldingi tahrirga qarang. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti; (5-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi; Yo‘l harakati qoidalarini hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakatini tashkil etish masalalariga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi; Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; Transport vositalari va yo‘llarning texnik holatiga, yo‘llarda va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarida yo‘l harakati xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilaydi; Transport vositalarining haydovchilarini (bundan buyon matnda haydovchilar deb yuritiladi) tayyorlashga, shuningdek aholiga yo‘llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rgatishga doir umumiy talablarni belgilaydi; Haydovchilarni, transport vositalarini, yo‘l harakati qoidalarining buzilishini, yo‘l-transport hodisalarini va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlaydi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni. 7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari: Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshiradi; Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi; Yo‘l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta’minlanishini, shuningdek yo‘l-transport hodisalarida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi; Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, aholiga yo‘llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish, yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qilish hamda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi; Shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalarning, yo‘lkalarning hamda yo‘l harakatini tartibga solish vositalarining, shuningdek shahar elektr transporti yo‘llarining jihozlanishi va soz holatda saqlanishini ta’minlaydi. Oldingi tahrirga qarang. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni. 8-modda. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi: Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; Avtomobillarda tashish xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; Oldingi tahrirga qarang. Avtomobil transportida yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. (8-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 9-modda. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkilotining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari (9-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) Oldingi tahrirga qarang. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti: (9-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlashda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; O‘ziga qarashli avtomobil yo‘llarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun bu yo‘llarning soz holatda saqlanishini ta’minlaydi; Yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l qoplamasining holati, gidrometeorologik va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi zarur axborot bilan ta’minlaydi; Avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tartibga solish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishini va mazkur yo‘llarning ushbu vositalar va tizim bilan jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini ta’minlaydi; Avtomobil yo‘llarining harakatlanish uchun xavfli uchastkalarini aniqlaydi va bu uchastkalarda yo‘l harakatini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi; Og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi, shuningdek yo‘l servisi obyektlarini joylashtirishga rozilik beradi. Oldingi tahrirga qarang. Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son Download 26.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling