Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY XAMKORLIK
- IJTIMOIY NAZORAT
- IJTIMOIY ISH
- IJTIMOIY HIMOYA
IJTIMOIYLASHUV –inson tomonidan jamiyatda hayot kechirish imkonini beruvchi bilimlar, normalar, qadriyatlar tizimining o‘zlashtirishi jarayoni.
IJTIMOIY XARAKAT - xarakatning o‘ziga xos shaklini, ijtimoiy borliqdagi har qanday o‘zgarishlar va o‘zaro aloqalarni ifodalovchi tushuncha. Ijtimoiy xarakat ijtimoiy borliqning atributiv va universal xarakteristikasidir. Ijtimoiy xarakat jamiyatdagi moddiy va ma’naviy jarayonini qamrab oladi. IJTIMOIY XAMKORLIK - ijtimoiy faoliyat yurituvchi individ yoki guruxning boshqa shu kabi individ yoki guruxlarning jismoniy yoki fikriy o‘ramdagi xolati va shu vaziyatdagi xatti-harakati. IJTIMOIY MUNOSABAT - odamlar o‘rtasidagi turli aloqalar bo‘lib, bunday munosabatlar ularning birgalikdagi moddiy va ma’naviy faoliyati natijasida faror topadi. IJTIMOIY INSTITUTLAR – mazkur jamiyatning ko‘pchilik a’zolari tomonidan bajariladigan ijtimoiy faoliyatning asosiy turlari. Institutlar ko‘pchilik amal qiluvchi me’yorlar va qadriyatlarni ham qamrab oladi. Xulq-atvorning institulashgan barcha usullari qat’iy sanktsiyalashgan bilan himoya qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ijtimoiy institutlar jamiyatning negizini tashkil qiladi, chunki ular nisbatan mustaxkamlangan, zamondagi barqaror xulq shakllarini ifodalaydi. IJTIMOIY NAZORAT – jamiyatning sog’lom ijtimoiy tartibini ta’minlash maqsadida individ xatti-harakati va xulq-atvoriga maqsadli ta’siri, individ ijtimoiylashuvining omili. Ijtimoiy nazorat shakllari: Oddiy (majburlovchi), sanktsiyalar (tazyiqlar), jamoatchilik fikri, ijtimoiy institutlar. Ijimoiy nazorat mexanizmi: 1. Jismoniy tazyiqlar (individning gurux meyorlarini buzganlik uchun jazolash). 2.Iqtisodiy tazyiqlar (qo‘rqitish, jarima).3. Ma’muriy tazyiqlar. IJTIMOIY ISH – o‘zgarishlarga insoniy munosabatlar muamoni hal qilish shuningdek insonlarning farovonligini oshirish uchun imkonniyatlarni ta’sirlanishiga va ozod bo‘lishiga ko‘maklashadi. IJTIMOIY TA’MINOT - individlar majmui. Ijtimoiy guruhga mansub individlar ushbu guruhga mansub har bir a’zoning boshqalariga nisbatan mo‘ljali asosida o‘zaro harakat qiladi. IJTIMOIY HIMOYA – individning ijtimoiy munosabatlar tizimidagi holati, ahvoli. Ijtimoiy himoya-individ, guruh va ijtimoiy institutning ijtimoiy munosabatlar tizimidagi ma’lum me’yorda majmuasi bilan mustahkamlanib qo‘yilgan nisbiy holati hamdir. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling