Samarkand davlat universiteti


Rahbar kuzatuvi ostida ishlay olish qobiliyati


Download 3.33 Mb.
bet61/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137
8. Rahbar kuzatuvi ostida ishlay olish qobiliyati
- amaliy jihatlari (masalan, tayyorlov, aniqlilik);
- o’qishga tayyorlilik.
9. Kasbiy qadriyat va munosabatlar
- ijtimoiy ish etikasini bilish va tushunish;
- doimiy ravishda o’z bilimlari saviyasini oshirishga intilish.
10. egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay bilish qobiliyati
- ijtimoiy ish nazariyasini bilish va tushunish;
- amaliy faoliyat uchun mos nazariyani tanlay bilish va uni qo’llay olish qobiliyati.
Ijtimoiy xodimning samarali muloqotini ta`minlovchi sifatlar:
Ba`zi bir insoniy sifatlar samarali shaxslararo munosabatlarni qurishning zarur shartlaridan hisoblanadi. Jumladan, ijtimoiy ishda ham. Zarur bo’lgan sifatlarning asosiy guruhini quyidagilar tashkil etadi:
- munosabatlardagi iliqlik;
- ochiqlilik;
- empatiya;
- o’zga kishilarga nisbatan ijobiy munosabat.
Bu shaxsiy sifatlar “malaka” bo’lib hisoblanmaydi, lekin malakalardan o’rinli va diqqat hamda e`tibor bilan unumli foydalanishni ta`minlaydi. Ular kishilar orasidagi barcha munosabatlar zaminida mavjud bo’lib, o’z samaradorligiga ega bo’ladi. SHaxslararo munosabat malakalariga o’rgatish ishini shu tushuncha bilan bog’liq bo’lgan ustanovka va shaxsiy sifatlar tushunchasini muhokama qilmay turib boshlab bo’lmaydi.
- Munosabatlardagi iliqlik
Kengyurak inson uchun o’zga kishilar bilan muloqotga kirishish sovuq munosabatli odamlarga qaraganda ancha osonroqdir. Kengyurak deganda, odatda mijozga nisbatan iliq munosabatda bo’ladigan va mijoz uchun ishonch uyg’ota oladigan qobliyatli inson tushuniladi.
“Munosabatlardagi iliqlik” tushunchasi keyingi tasdiqlarni ham o’z ichiga oladi:
• muloqotdagi har ikki tomon huquqlarining tengligi;
ayblovlarning mavjud emasligi;
• o’zini himoyalovchi pozitsiyadan xolilik;
• yaqinlik.
Munosabatlardagi iliqlik — bu bir vaqtning o’zida alohida turdagi tafakkur hamda malakadir. ehtimol, bu xatto o’zining oldida ham rostgo’y bo’lish hamda o’zga kishilar bilan ochiq muloqotga kirisha olishga tayyorlik qobiliyatida namoyon bo’luvchi malakadir. SHunday qilib, mazkur tushunchaning asosiy tarkibi bu o’zga kishiga nisbatan tenghuquqli munosabatda bo’lishdir.
Iliqlik doimo mutaxassisdan kelib chiqishi kerak. Biroq bu munosabat qarama-qarshi tomondan ham xuddi shunday tarzdagi munosabat asosidagi javobga ega bo’lishi kerak, degani emas. Agar biz biror bir kishiga kasbiy yordamimizni ko’rsatayotgan bo’lsak, biz albatta ushbu insonga nisbatan doimo iliq munosabatni namoyon qilishimiz zarur. Biroq biz u odamdan ham shu tariqa munosabatni kutishimiz kerak emas. Do’stona munosabatlardan farqli ravishda kasbiy munosabatlarda bu u darajada ahamiyatga ega bo’lgan zaruriyatlardan emas.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling