Samarkand davlat universiteti


- Shartsiz ijobiy munosabat


Download 3.33 Mb.
bet63/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   137
- Shartsiz ijobiy munosabat
Bu tushunchani “o’zga insonlarning qadriyatlarini tan olish” yoki shunchaki o’zga insonni “qabul qilish” sifatida tushuntiradi. Demak, tahmin etilishicha, mijoz bu o’z qadriyatlariga ega bo’lgan va o’zining mavjudligi o’zicha qadrli bo’lgan insondir. “SHartsiz” so’zi deganda asosan, insonga nisbatan alohida motivatsiya talab etilmaydigan tabiiy munosabat tushuniladi. Ko’pincha munosabat quyidagicha motivatsiyani talab etadi: men senga yoqqan kezlarimda sen menga yoqishing mumkin (yoki men seni yaxshi ko’rib yuraman). Rodjersning ta`kidlashicha, mutaxassisda mijozga nisbatan paydo bo’ladigan his-tuyg’u qutilish yoki qandaydir talablar bilan shartli bo’lib qolmasligi katta ahamiyatga ega.
Tabiiy munosabat psixolog yoki ijtimoiy xodimlar uchun boshqa kasb egalariga qaraganda shubhasiz katta ahamiyatga ega bo’lgan munosabatdir.
- Shartsiz ijobiy munosabat
Gohida o’zga kishilarni muhokama qilmaslikda bizga o’zimizni aslida qanday bo’lsak shu tarzda qabul qilishga nisbatan intilishimiz yordam beradi. Hal qilinmagan ko’pgina muammolarga ega bo’lganimizda, hech qiyinchiliklarsiz va o’ta kuchli intilish bilan biz o’zga kishilarni muhoqama qilamiz. SHunisi ham aniqki, biz o’zimiz ega bo’lgan muammolarimizni anglamagan hollarimizda ko’pincha o’zga kishilarni muhokama qilish va ayblashga intilamiz.
SHuning uchun kishilarga nisbatan shartsiz ijobiy munosabatda bo’lishga o’rgatishning asosiy yo’l va vositalaridan biri bu o’zimizni anglay olish qobiliyatimizni rivojlantirishdir. Biz o’zimizning muammolarimizni to’liq ravishda hal qila olmagan bir vaqtda mutaxassis sifatida o’z muammolarimiz ustida o’ylab ko’rishimiz va o’zimizga bu haqida hisob berib borishimiz ma`qul bo’lar edi.
SHartsiz ijobiy munosabat bu har qanday insonlarga xos bo’lgan qadriyatlar tizimi va uning shaxsi xususiyatlari yorqin namoyon bo’ladigan sifatlardandir. Tabiiyki biz barcha insonlarga bir xil darajada iliq va shartsiz ijobiy munosabatda bo’la olmaymiz. Ba`zida shunday bo’ladiki, ba`zi kishilar shunchaki bizga yoqmaydilar. Gohida esa ijobiy munosabatni namoyon etish bilan samimiy bo’lishga intilish orasida ziddiyat paydo bo’lishi mumkin. Bir tomondan, o’zimizning mavjud fe`l-atvorimizdan voz kechib, o’zligimizni namoyon qila olish imkoniyatiga ega bo’lmasak, ikkinchi tomondan, biz barcha kishilarga ham bir xil munosabatda bo’la olmaymiz.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling