Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hissiyotlar refleksiyasi
- Ijtimoiy ishchiga nima mumkin va nima qilish mumkin emas Tevarak-atrof va sharoit omili Mumkin emas
- Tana tili Mumkin emas
Ma`lumotlar refleksiyasi
Ma`lumotlar refleksiyasi sizning u tomonidan aytilganlarga nisbatan qiziqishingiz mavjudligi va diqqat bilan tinglayotganligingizni ko’rsatadi. Refleksiyaning ushbu turi sizni mijoz aytganlarini to’g’ri tushuna olganligingiz haqida ishontirishi mumkin. Ma`lumotlar refleksiyasi – bu mijoz aytganlarini o’ziga etkazib berish. Hissiyotlar refleksiyasi Bu holatda sizning vazifangiz ma`lumotlar mazmunini emas, balki hissiy tomonini tasvirlab berishga urinishdan iborat. Reflektsiyalar juda ham katta ahmiyatga ega, chunki ular: 1. Sizning tinglayotganingizni ko’rsatadi. 2. Sizni tinglashga majbur etadi. 3. Mijozingiz aytganini noto’g’ri tushungan taqdiringizda u sizning fikringizni oydinlashtiradi. 4. Mijoz o’z fikrini davom ettirishi uchun qulay imkon yaratadi. 5. Mijozga suhbat mavzusini tanlash imkonini beradi, bu esa o’z muammosini o’zi hal etishi uchun yordam beradi. Ijtimoiy ishchiga nima mumkin va nima qilish mumkin emas Tevarak-atrof va sharoit omili Mumkin emas: • Mijoz bilan noqulay sharoitlarda uchrashish; • Stol ustida o’tirib suhbat o’tkazish; • Mijozga qarshisiga to’g’ri o’tirish; •Mobil telefonni yoqilgan holda qoldirish; • Stol ustida shaxsiy narsalar va fotosuratlarni qoldirish; • e`tiborsiz kiyim; • Mijoz stulidan yuqori/katta stulni tanlash; • Konfidentsial qog’ozlarni yuzada qoldirish; • Uchrashuvga kechikib kelish/ bekor qilish. Mumkin: • Turli mijozlar uchun turli materiallarni tayyorlash; • Suhbatni mutanosib sharoitda o’tkazish; • Mijoz kelganda qabulxona administratoridan mijoz bilan do’stona munosabatda bo’lishni talab qilish; • Agar mijoz ertaroq kelsa, uni kutib turish uchun joy bo’lishi zarur; • Ro’yhat bo’yicha uchrashuvlarni belgilang vakundalik tuting. Tana tili Mumkin emas •Mijozga sinchikovlik bilan qarash; • Gavdani yopiq holatda o’tirish; • Haddan ziyod to’g’ri yoki haddan ziyod egilgan holatda o’tirish; • Oyoqlarni keng ochilgan holda o’tirish; • Shok yoki nafratlanish tuyg’usini namoyon etish; •Mijozga o’zini nomaqbul tutishga ruxsat berish. Mumkin: • Vizual aloqani to’g’ri qo’llash; • Mijozdan “etarli ” oralig’da o’tirish; • Qo’lni tizzasida erkin qo’yish; • Siz diqqat bilan tinglayotgan ekanligingizni namoyon qilish uchun mimikadan foydalanish; • etiborli bo’ling va mijozning tana tiliga e`tiborli berish. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling