Samarkand davlat universiteti


Yaxshi va yomon tinglovchi


Download 3.33 Mb.
bet70/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137
Yaxshi va yomon tinglovchi
Yaxshi tinglovchi belgilari
1. Mijozni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga harakat qiladi. Uni muhokama qilmaslikka va o’zi istaganicha o’zgartirmaslikka intiladi.
2. U bilan iliq, tabiiy va hayrixoxlik bilan munosabatda bo’ladi.
3. O’zining nutqi bilan zavqlanib o’tirmasdan, suhbatdosh yoki mijozning fikrini diqqat bilan tinglaydi.
4. Bir vaqtning o’zida mijoz haqida barcha ma`lumotlarga ega bo’lishga intilmaydi, balki samarali muloqot va ish uchun foydali bo’lgan ma`lumotlarning o’zidan ham unumli foydalanishga harakat qiladi.
5. Mijozning xis-tuyg’usi va fikrlarini aks ettiradi.
6. Mijoz fikrining bo’linishiga yoki vaqtinchalik sukunatga, shuningdek fikrlarini ichida emas, balki ustida o’ylab olish uchun imkon beradi.
YOmon tinglovchi belgilari
1. Noo’rin savollar bilan mijozning fikrlarini bo’laveradi.
2. Mijozning ehtiyojlariga e`tibor bermasdan, suhbat mavzusini o’zgartiraveradi.
3. Mijozning nima haqida gapirayotganini tinglash o’rniga mijoz qanday qilib va nima deb javob berishini o’ylaydi.
4. Hamkorlikda javob qidirish o’rniga maslahatlar beradi.
5. Mijozni boshqalarga o’xshatgan tarzda vaziyatni umumlashtiradi.
6. Tezkor xulosalarga keladi va mijozni fikri hamda nutqini doim bo’lib turadi.
7. Mijozni tinglashda davom etish o’rniga, uning muammosini o’zi xal qilishga harakat qiladi.
8. Mijoz bilan suhbatlashish vaqtida o’zining muammolari va xulosalari haqida o’ylaydi.
9. Barcha paydo bo’layotgan sukunatlarni to’ldirishni o’zining burchi deb biladi.
10.Mijozning savollariga befarqlik bilan qaraydi.
11 .Mijoz muammosini o’rinsiz yoki arzimagan narsa deb baholab, uning xis-tuyg’ulariga e`tibor ham bermaydi.
12.Mijozning xis-tuyg’ulariga e`tibor bermay, faqatgina uni ovuntirishga harakat qiladi.


Nutqli muloqot / refleksiya
Refleksiya bu mijoz tomonidan aytilganlarga qaytishdir. Bu mijozlarni eshitish va ular tomonidan aytilganlarni bir majmuaga keltirish vositasidir. Bu mijoz tomonidan aytilgan barcha fikrlarning uning o’ziga qaytarishdir.
Refleksiyaning ikki turi mavjud: ma`lumotlar refleksiyasi va xissiyotlar refleksiyasi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling