Samarkand davlat universiteti


Muzokara olib borish qoidalari


Download 3.33 Mb.
bet74/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137
Muzokara olib borish qoidalari:
o’z oldingizga qo’ygan vazifani nazardan qochirmang, nima bilan shug’ullanayotganingiz haqida beriladigan savolga javob berish uchun tayyor bo’lib turing.
E`tiborli bo’ling va suhbatdoshingizning gapini bo’lmang.
S

uhbatdoshingizni u etti uxlab tushiga ham kirmagan narsada ayblamang. Bu uni mudofaa mavqeiga o’tib olishga majbur qiladi va muzokaralarning umumiy asabiyligi va agressivligiga sabab bo’ladi.


Muzokara boshidanoq samimiy va oqko’ngil bo’ling. Suhbatdoshingizga hurmat bilan munosabatda bo’ling, lekin uning oldida yaltoqlanmang.

Suhbatdoshni eshitishni biling. Uning haqiqiy motivlari va istaklarini tushunishga hatti-harakatlari, imo-ishoralari va so’zlari nimalarni ifodalayotganini anglashga harakat qiling.


Suhbatdoshingizni o’z tomoningizga “ag’darib olishga”, uning muammolarini o’zingiz hal qilib berishga urinmang.


o’z muammoingizda vakolatli bo’ling, sizga berilgan savolning javobini bilmasangiz, uni ichingizdan to’qib chiqarmang, va sizga berilmagan savolga javob berishga harakat qilmang.
Kambag’allik va nochorligingiz bilan “maqtanmang”.
o’tmish to’g’risida emas, kelajak to’g’risida ko’proq gapiring.
“Mayda gap” bo’lmang va muhim bo’lmagan masalalar yuzasidan tortishmang. Tashakkur bildiring (yordam, ajratilgan vaqt, masalahat va h. k. uchun). Suhbatdoshingizga u bilan uchrashuvingiz siz uchun juda muhim bo’lganini etkazib qo’ying.
Muzokaralar muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga doimo tayyor turing.
Mijozlarning muammolarini hal qilishda ijtimoiy ishchi ko’pincha boshqa muassasa, tashkilot va idoralarning mutaxassislariga yordam so’rab murojaat qilishiga to’g’ri keladi. Bir marotabali shaxsiy muloqotlar uzoq muddatli o’zaro majburiyatlarga nisbatan ijtimoiy ishchi uchun murakkabroq bo’ladi, uning faoliyati samaradorligini pasaytiradi. “Kerakli” odamlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini to’g’ri o’rnata bilish ijtimoiy ishchi muvaffaqiyatining kafolatidir.


- xamkorlik munosabatlari rivojlanishiga xalaqit berayotgan muammolar: tomonlar manfaatlarining noaniqligi va kelishtirilmagani.


- kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tasavvurlarning turlichaligi.
- o’zaro axborot almashishning zaifligi.
- munosabatlarni huquqiy jihatdan shakllantirilmagani.
Moliyaviy mablag’larni jalb qilish va ulardan foydalanish masalasidagi noaniqlik. Rejalashtirishning yo’qligi, kim nima uchun mas`ul ekani to’g’risida tasavvur shakllantirilmagani.
Ijtimoiy ishchining faoliyatida verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladigan, rasmiy-ish doirasida amalga oshiriladigan, bevosita muloqot shakli bo’lgan suhbatga katta o’rin ajratiladi. Ish yuzasidan o’tkaziladigan suhbatlar quyidagi xususiyatlarga ega:

  • hamkorlarning o’z mavqelarini aniq va ishonarli qilib bayon qila olish layoqatlari va muloqot maqsadlarini hisobga olgan holda muzokara predmetiga tanlab yondashish;

  • sherikning so’zlariga munosabat bildirishning tezligi; sheriklar fikri va takliflariga tanqidiy baho berish;

  • sub`ektiv va ob`ektiv omillarni hisobga olish va baholashga tahliliy yondashuv;

  • mazkur muammo bo’yicha mavjud nuqtai nazarlarni tanqidiy tahlil qilish orqali o’zining ahamiyatini bilish va sheriklarning malakalarini oshirish;

  • muammoni hal qilishga aloqadorligi va mas`ulligini his qilish.

Xizmat yuzasidan suhbatlarni o’tkazish bo’yicha quyidagi tavsiyalar beriladi:

  1. suhbat rejasini oldindan yozib olish, eng muhim iboralarni tanlash;

  2. suhbatdoshga suhbat davomida vaqti-vaqti bilan ta`sir o’tkazish tamoyilidan foydalanish: noxush momentlarni yoqimlilari bilan almashtirib turish, suhbatning boshida va oxirida ijobiy narsalar to’g’risida gapirish;

  3. suhbatdoshning asosiy motivlarini doimo yodda tutish: uning kutishlari, shu suhbat natijasida u qo’lga kiritmoqchi bo’layotgan afzalliklar, uning mavqelari, o’zini namoyon qilish istagi, adolat tuyg’usi, o’zini hurmat qilishi;

  4. suhbatga aloqasi bo’lmagan chet kishilarning hozir bo’lishidan qochish;

  5. har qanday vaziyatda xushmuomala bo’lish, yuksak didni namoyish qilish.

  6. suhbatdoshning ijobiy javob berishiga ko’maklashish;

  7. suhbatdosh “yo’q” deb javob berishi mumkin bo’lgan savollarni chetlab o’tishga intilish;

  8. agar suhbatdosh sizning fikringizga qo’shilmasa, uni batafsil bayon qiling;

  9. suhbat mavzuidan chetga chiqmaslikka harakat qilish, yo’l-yo’lakay chekinishlardan qochish, fikrni ishonarli qilib optimistik kayfiyatda ifodalash.

SHuni ham esda tutish zarurki, suhbatdoshning so’zlarini beodoblik bilan bo’linganda, uning o’z fikrini bayon qilishiga asossiz yo’l qo’yilmaganda, uning dalillarini e`tiborga olmaganda yoki mazax qilganda, faktlar buzib ko’rsatilganda, asossiz shubhalar bayon qilinganda va h. k. suhbatning risoladagiday o’tishiga xalaqit beradi.
Muzokaralar olib borishning quyidagicha soddalashtirilgan sxemasi taklif qilinadi: salomlashish va muzokaralar mavzuining debochasi: mavzu tavsifi va muzokaralar yuritish bo’yicha takliflar; tomonlarning o’z mavqelarini bayon qilishi; munozara yuritish; muammoni hal qilish; yakuniy hujjat tayyorlash va yakunlash.
Muzokaralar muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun, ular boshlanishi bilanoq suhbatdosh bilan umumiy nuqtalarni topishga intilish zarur. Munozarani mavzuning eng muhim jihatlaridan boshlash va asosiy masalalar bo’yicha umumiy xulosaga intilish va shundan keyingina tafsilotlarga o’tish taklif qilinadi. Muzokaralar boshlanishida mavzuning munozaraga sabab bo’lmaydigan aniq jihatlari ko’rib chiqiladi, bu esa munozarani rivojlantirish uchun asos yaratishga ish qiladi. SHundan keyin nisbatan osonroq hal qilinishi mumkin bo’lgan jihatlarni ko’rib chiqishga o’tiladi. Undan keyin esa batafsil muhokama talab qiladigan asosiy masalalarni ko’rib chiqishga o’tiladi. Agar bu masalalarni ko’rib chiqishga muhokama boshidayoq kirishilsa, unda muzokaralar mutlaqo barbod bo’lishi mumkin. Agar qarashlardagi tafovutlar jiddiy bo’lsa, ularga urg’u bermaslik lozim, aks holda bu muzokaralarning rivojlanishiga xalaqit beradi.
Mabodo, murakkab masalalarni ko’rib chiqishga asta-sekin kirishish tamoyiliga erishib bo’lmasa, muzokaralar ikkinchi darajali masalalarda o’ralashib qolishi, asosiy mavzular bo’yicha esa tomonlar umumiy kelishuvga erisha olmasliklari mumkin. Bunday holatda erishilgan bitimlarni qayd etish va ular asosida muhokama qilinishi lozim bo’lgan navbatdagi masalalarni belgilash lozim. Muzokaralar muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz o’tganidan qat`iy nazar, ularning natijalarini batafsil tahlil qilish zarur.
Muzokaralarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan nutq ifodasiga bog’liq bo’lib, optimal holatda u rasmiy-ish nutqining uslubi va tilidan foydalanishga, psixolingvistika, sotsiolingvistika, shuningdek, muloqot psixologiyasi fanlarining ma`lumotlariga asoslangan bo’ladi.
Bolalar hayoti davomida o’zlaridan katta yoshli insonlardan boshqa jinsdagi inson bilan muloqot xususiyatlari, oila, nikoh haqidagi ko’pgina bilim va ko’nikmalarni egallaydilar, tengdoshlar, o’zidan kichiklar va katta yoshli insonlar bilan muomalada o’zini qanday tutish lozimligi borasida tasavvurlarini kengaytiradilar, xulq-atvor ko’nikmalarini o’zlashtiradilar. Bularning barchasi o’smir va o’spirinning hayotga moslashishi bilan bog’liq yutuqlarga erishishida katta ahamiyatga ega. Ayniqsa hayotimizning zamonaviy bosqichida kechayotgan ijtimoiy va texnologik o’zgarishlar har qanday insondan jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarga nisbatan moslashuvchan, uddaburon va sergak bo’lishini talab qiladi.
Ushbu maqsadlar doirasida bolani kelgusidagi mustaqil hayotga tayyorlash jarayonida unda hayotning turli sohalari bo’yicha xabardorligini oshirish lozim. Jumladan:

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling