1) Oilaviy hayotning ahloqiy sohasi. Bola o’zidan kattalarni, ayniqsa ota-onani, buvi va buvalarni, o’zidan katta yoshli yaqin va uzoq qarindoshlarni hurmat qilishi; aka-uka va opa-singillari bilan do’stona munosabatda bo’lib, ularni izzat qilishi; namunali er va xotin tushunchasini to’g’ri tushunish va talqin etishi, xis-tuyg’ularni ifodalash madaniyatiga ega bo’lishi; ma`suliyatli farzand va ma`suliyatli ota-onalik bilim hamda tasavvurlari; halollik, odillik, vazminlik, yon berish kabi fazilatlarga o’rganishi; oilaviy munosabatlarning ahloqiy asoslarini anglashi lozimdir.
2) Oilaviy hayotning qonuniy sohasi. Bolani albatta oilaviy hayotning, xususan nikoh va oilaning qonunchilik asoslari, oilaviy huquqning muhim jihatlari, er-xotinlarning bir-birlari, farzandlari, jamiyat oldidagi majburiyatlari borasidagi bilimlardan xabardor etish lozim.
3) Oilaviy hayotning psixologik sohasi. Bola nikoh va oilaning asoslarini, boshqa insonlar psixologiyasini, xis-tuyg’ular rivojlanishi qonuniyatlarini inobatga olishi, muomala qilish madaniyati ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim. Oilaviy ahillik (barqarorlik)ni ta`minlovchi omillar, oilaviy qadriyatlar, ustanovkalar, ota-onalik, er-xotin, farzand tizimlarining o’zaro hamjihatligiga erishish qoidalari borasidagi bilimlarga ega bo’lishi lozim.
4) Oilaviy hayotning jismoniy-gigienik soxasi. Bola erkak va ayol jinsidagi inson organizmining o’ziga xos fiziologik xususiyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lishi; jinsiy munosabatlar borasidagi to’g’ri ma`lumotlarni yoshiga munosib ravishda olish imkoniyatiga ega bo’lishi; bolada shuningdek mustahkam gigienik ko’nikmalarni (tanani, jumladan jinsiy organlarni ozoda saqlash, har kuni kechqurun chayinish) shakllantirishga erishish lozim. Bola o’zida oliy ahloqiy qoidalar, jumladan odamlar orasida baland ovoz bilan xojatga chiqishi haqida gapirishning, o’zgalarning oldida echinib-kiyinishning uyat bo’lishi borasidagi ahloqiy tasavvur va odatlarni shakllantirgan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |