Samarkand davlat universiteti
) Oilaviy hayotning maishiy-iqtisodiy sohasi
Download 3.33 Mb.
|
5) Oilaviy hayotning maishiy-iqtisodiy sohasi. Bolani kichik yoshidan uy-joyni ozoda va sarishta tutish bilan bog’liq mehnatga, oilaviy maishiy majburiyatlarga jalb qilib borish lozim. Oila a`zolari bilan birga dam olish odati va ko’nikmalarini ham shakllantirish zarur. Xonadondagi maishiy, xo’jalik ishlariga oid vazifalar va ularni amalga oshirish bo’yicha ko’nikmalar – bularning barchasi bolani o’z shaxsiy uy-joyini yuritish bo’yicha kelajakdagi yutug’ini belgilab beradi. Uy ro’zg’orini yuritish, xonadon va oila a`zolarini zarur oziq-ovqat, jihozlar bilan ta`minlash, oila byudjetini to’g’ri taqsimlay olishni ham shu sohaga oid bilim va ko’nikmalar sarasiga kiritish mumkin. Uy-xo’jalik ishlarini yuritish bo’yicha majburiyatlarni o’g’il bola va qiz bolaning majburiyatlari sifatida ajratib berish ham mumkin. Masalan, o’g’il bola – xonadonni, uy jihozlarini (mebel, maishiy texnikani) tuzatish, ta`mirlash ko’nikmalarini o’zlashtirishi kerak. Lekin o’g’il bolalar, shuningdek ayollarga xos bo’lgan maishiy ishlarga oid bilim va ko’nikmalarga ham ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir, chunki zamonaviy shaharlardagi baland qavatli uylarning xonadonlarida erkak kuchini talab etadigan og’ir ishlar ko’pam bo’lavermaydi.
Oilaning maishiy-xo’jalik sohasining mustahkam bo’lishida ayol kishining uy ro’zg’orni yurita olishi, byudjet va oiladagi ro’zg’or buyumlari, oziq-ovqatni o’rinli tejashi, ovqatlar tayyorlash va shu kabi ko’nikmalarga ega bo’lishi muhimdir. Biroq psixologlar oilaviy hayotning muvaffaqiyatiga erishish uchun uning psixologik sohasiga alohida e`tibor berish lozimligini maslahat beradilar. Tajribaning ko’rsatishicha, ko’pincha oila uning a`zolari bo’lmish er-xotinlarning psixologik jihatdan etuk emasligi oilaning buzilib ketishiga ta`sir ko’rsatuvchi omillardandir. Bolalarni kichik yoshlik davridanoq qarama-qarshi jins vakillarini hurmat qilishni, ularni qo’llab-quvvatlash zarurligini o’rgatib borish zarur. O’g’il bolalarda undan farzand ko’rayotgan ayolni tashlab ketish, unga zarur vaqtda ko’mak ko’rsatmaslik nomardlik ekanligi haqidagi tushunchani singdirib borish juda muhimdir. O’g’il bolalarda bolalikdan mardlik, fikrida qat`iylik kabi ahloqiy fazilatlarni uyg’unlashtirib borishi lozim. Bu bolalarda ma`suliyatli ota-onalik va erlik pozitsiyasi shakllanishiga katta ma`naviy omil sifatida ta`sir ko’rsatadi. SHu o’rinda qiz bolada ham haddan ziyoda ochiq-sochiq kiyinish, o’ziga ortiqcha bezak va oro berish, ayollik sha`niga to’g’ri kelmaydigan so’zlarni so’zlash ham noahloqiylik belgisi sifatida talqin qilinishi mumkinligi borasidagi tushunchani ham shakllantirib borish muhimdir. Bolalarni tarbiyalash mobaynida ularda sabr-toqatlilik, ziyraklik, g’amxo’rlik kabi irodaviy fazilatlarni, shuningdek boshqalarning ustidan kulish, o’zganing shaxsiyatiga tegish kabi fazilatlar jamiyat tomonidan ma`qullanmaydigan xulq-atvor ekanligi borasidagi anglangan munosabatni shakllantirish xarurdir. Bolani shunday tarbiyalash kerakki, toki u birga yashayotgan insonlar bilan ijobiy munosabatlarni o’rnata oladigan bo’lsin. Bunday tarzda tarbiyalangan bola oilaviy qiyinchiliklarni osonroq kechirishi mumkin. Atrofdagilar bilan konstruktiv munosabat o’rnatishga moyillik, munosabatlarda uddaburonlik, o’ziga hamda o’zgalar manfaatiga ziyon etkazmaslik – bu insonning jamiyatdagi o’z o’rnini topa olishining garovidir. Oilada baxtli yashay olish – bu barchada ham uchrayvermaydigan nodir fazilatdir. Lekin uni bolada tarbiyalash mumkin va zarurdir. Quyida biz Mehribonlik uyi kabi deprivatsion sharoitda tarbiyalanuvchi bola bilan uni mustaqil hayotga tayyorlash bo’yicha olib boriladigan ish yo’nalishlari haqida to’xtalib o’tmoqchimiz. Mazkur yo’nalishlar ham psixologik, ham pedagogik, shuningdek ijtimoiy ish sohasida alohida muhokama qilinishi va tadbirlarda joriy etilishi lozimdir. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling