Samarkand davlat universiteti
-mavzu: TURLI MIJOZ VA GURUHLAR BILAN IJTIMOIY ISH OLIB BORISH AMALIYOTI eTIK MASALALARI
Download 3.33 Mb.
|
12-mavzu: TURLI MIJOZ VA GURUHLAR BILAN IJTIMOIY ISH OLIB BORISH AMALIYOTI eTIK MASALALARI.
Reja: 1 Ijtimoiy ish xodimining professional ko’nikma va malakalari. 2 Ijtimoiy ish xodimining shaxsiy professional sifatlari. 3 Ijtimoiy ish xodimlarining etik majburiyatlari. 4 Ijtimoiy ish xodimining professional majburiyatlari. Malakali va samarali ijtimoiy ishni amalga oshirish uchun, tabiiyki ijtimoiy ish xodimi universal bilimlarga ega bo’lishi lozim. Bu bilimlar – tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va falsafiy fanlar tizimiga kiruvchi bilim va ko’nikmalardan iborat bo’lishi lozim. Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga xos ijtimoiy-psixologik, anatomo-fiziologik xususiyatlar; ularni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati; bunday insonlarning shaxsiy va huquqiy manfaatlarini himoyalashga yo’naltirilgan davlat va nodavlat-notijorat tashkilotlari, boshqa organ, idoralar faoliyati strukturasi, o’zaro hamkorlik tizimi; har bir alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj guruh vakillarining huquqiy kafolatlari – ularning huquq va majburiyatlari qayd etilgan qonunchilik hujjatlaridan, ularni amalga oshirilish mexanizmidan xabardor bo’lishi talab etiladi. Ijtimoiy ish xodimi bilimi va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2008 yildagi 191-son buyrug’i bilan tasdiqlanib amalga kiritilgan “5760100-Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo’yicha)” ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yiladigan talablar bayon etilgan Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartida aniq keltiriladi. Jumladan, mazkur ta`lim standartlariga ko’ra Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga quyidagi talablar qo’yiladi: 1) umumiy malakaviy talablar; 2) kasbiy malakaviy talablar. Mazkur yo’nalish bo’yicha tahsil olgan bakalavr darajasidagi Ijtimoiy ish mutaxassisiga ta`lim dasturlari bo’yicha quyidagi bilim, ko’nikma va malakalar bo’yicha talablar belgilanadi: A) Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo’yicha talablar; B) matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bo’yicha talablar; V) Umumkasbiy fanlar bo’yicha talablar; G) Ixtisoslik fanlari bo’yicha talablar va h.z. So’nggi ikki blokda ijtimoiy ish kasbiga bevosita aloqador fanlar tizimiga oid bilim, ko’nikma va malakalar keltiriladi. Ular orasidan to’g’ridan-to’g’ri ijtimoiy ish faoliyatiga aloqador bo’lgan “Umumkasbiy fanlar bo’yicha talablar” blokidan ba`zi bilim va ko’nikmalarga qo’yiladigan talablarni keltirib o’tamiz: Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling