Samarkand davlat universiteti
VI. Iqtisodiy ta`lim va tarbiya
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. Sog’lom turmush tarzini yuritish ko’nikmalarini shakllantirish
VI. Iqtisodiy ta`lim va tarbiya
Zamonaviy sharoitda iqtisodiy ta`lim dolzarbdir. Ushbu mezon bo’yicha quyidagi yo’nalishlardagi tasavvurlarni shakllantirish bo’yicha ish olib borilishi zarur: 1. Oila byudjeti. 2. Iqtisodiyot va uni inson hayotidagi ahamiyati. 3. Bozor: asosiy tushunchalar va tuzilmalar. 4. Bozor xo’jaligining infratuzilmasi va hokazo. Faoliyat yo’nalishlari: 1. Oiladagi byudjet haqida tushuncha. Mehribonlik uyi bitiruvchisida talabchan xo’jayin va didli iste`molchi sifatlarini shakllantirish zarur: - byudjetning manbalarini, kirim va chiqim qismlarini bilishi, mablag’larni samarali sarflash va mablag’larni ko’paytirish yo’llarini izlash; - byudjetni tahlil qilishni bilish, yashash uchun minimal xarajatlar miqdorini aniqlash, oson iqtisodiy hisoblarni bajarishni bilish; 2. Oilaning asosiy harajatlarini rejalashtirish Oziq-ovqatlarni xarid qilish, kommunal xizmatlar uchun to’lovlar, kiyim va poyafzal, mebel’ va boshqa narsalarni sotib olish, madaniy ehtiyojlar, qarindoshlarga yordam berish; oila byudjeti va oila a`zolarining soniga qarab bir kunlik, ikki haftalik, bir oylik harajatlarni rejalashtirish; yirik xaridlarni rejalashtirish. 3. Oziq-ovqat taqsimoti va turar joyni saqlashda xizmat qiladigan texnik vositalar ekspluatatsiyasi. VII. Sog’lom turmush tarzini yuritish ko’nikmalarini shakllantirish Asosiy vazifa – tarbiyalanuvchilarning salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun sharoitlar yaratish, ularda sog’liq va sog’lom turmush tarzi qadriyatlarini shakllantirish. Faoliyat yo’nalishlari: 1) bolalarning sog’lig’ini saqlash bo’yicha choralar (tibbiy ko’riklar, emlash, oziq-ovqatlarni vitaminlar bilan boyitish va hokazao) majmuini amalga oshirish; 2) jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini tashkil etish; 3) sanitariya-oqartuv faoliyati: gigiena ko’nikmalarini shakllantirish; sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish. Quyidagi yo’nalishlarga alohida e`tibor qaratish lozim: 4) Salomatlikni saqlash bo’yicha profilaktika ishlari: infektsion kasalliklarning profilaktikasi va ularni eng oddiy usullar bilan davolash bo’yicha bolalarni xabardor etish; to’g’ri ovqatlanish bo’yicha bolalarga tushunchalar berish; tarbiyalanuvchilar o’rtasida chekishni oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshirish; antialkogol’ tashviqoti; keyingi hayotning narkotik moddalar bilan kelisha olmasligi; o’smirlarning reproduktiv salomatligini saqlash. 5) Xavfsizlik va hayot faoliyati asoslari: yo’llarda yurish ko’nikmalarini va tajribalarini shakllantirish; tarbiyalanuvchilarning hayot faoliyati xavfsizligiga oid mavzular yuzasidan guruhlarda mashg’ulotlar o’tkazish; tarbiyalanuvchilar tomonidan turli ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi bo’yicha intstruktaj o’tkazish; faqulodda vaziyatlarda chaqirilishi lozim bo’lgan xizmatlar; birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga oid amaliy mashg’ulotlar; faqulodda vaziyatlarda qanday ish yuritish yuzasidan amaliy mashg’ulotlar; uydagi havflar – maishiy-elektr asboblar; stressli vaziyatlardan chiqib ketish mavzusiga oid mashg’ulotlar; fuqaro mudofaasi bo’yicha o’quv mashqlarini o’tkazish; norasmiy guruhlar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatish; notanish odamlar bilan muloqotda bo’lish qoidalari. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling