Samarkand davlat universiteti


VIII. Fuqarolik tarbiyasi


Download 3.33 Mb.
bet81/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137
VIII. Fuqarolik tarbiyasi

Fuqaro tarbiyasining asosiy vazifasi – tarbiyalanuvchilarda zamonaviy jamiyatga kirib borish va moslashishda faol fuqarolik mavqe`ini shakllantirish.


Faoliyat yo’nalishlari:
1. Biz yashayotgan davlat
- timsollar;
- O’zbekiston fahri;
- Vatan;
- an`analar;
- hokimiyat organlari tuzilmasi;
- siyosiy partiyalarni bilish;
- mamlakat va jahonda sodir bo’layotgan voqealarga munosabat.
2. Huquq va majburiyatlar:
1) odamlarga qonunlar nima uchun kerak;
2) huquq va majburiyatlar nima;
3) Bola huquqlari to’g’risidagi Konventsiya, O’zR Konstitutsiyasi, Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi Qonun va boshqa xujjatlar bilan tanishganlik;
4) fuqarolik huquqlari;
5) jinoyat va jazolar;
6) voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi;
7) xat yozish, kvitantsiyalar va blankalarni to’ldirish;
8) Mehribonlik uyidan chiqishda nimalarni bilish lozim?
9) Muassasa bitiruvchisining huquqlarini himoya qilishda kim yordam berishi mumkin; Mehribonlik uyining bitiruvchisi qiyinchilik paydo bo’lganida qaerga murojaat qilishi mumkin? Hayotiy muammolarni qanday hal qilish mumkin?
10) Mehribonlik uyining bitiruvchisi qanday imtiyozlarga ega?
11) Mehnat va ma`muriy javobgarlik.


IX. Deviant va delikvent xulq-atvor profilaktikasi
Asosiy vazifa – muassasa tarbiyalanuvchisida ijtimoiy me`yorlarga rioya qiladigan hamda jamiyatga o’z ijobiy ulushini qo’sha oladigan shaxsni shakllantirish.
Quyidagilarga alohida e`tibor qaratish lozim:
1) Tarbiyasi og’ishganlikka moyillik va “muammoli” bolalarni aniqlash;
2) Bolalarda huquqiy savodxonlikni shakllantirish;
3) Tarbiyalanuvchilarning bo’sh vaqtlarini ularning qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlarini inobatga olgan holda to’g’ri taqsimlash, zarur ta`limiy-tarbiyaviy tadbirlarga (kasb-hunarni egallashga qaratilgan to’garaklar, qo’shimcha ta`limiy/intellektual mashg’ulotlar) jalb etish. Bunda albattta kasbga yo’naltirish mezoni uzviyligi ta`minlanishi lozim;
4) Tarbiyalanuvchilarning muassasadagi yoshi kattaroq bolalar, yoshi katta xodimlar, ya`ni ota-onasi o’rnini bosuvchi shaxslar (tarbiyachi, pedagog, ma`muriyat xodimlari, rahbariyat) bilan ijobiy shaxslararo munosabat o’rnatilishi; ma`lum bir avtoritetga nisbatan hissiy mustahkam bog’langanlikning shakllanganligi;
5) Bolalar mustahkam shaxsining shakllantirilganligi: uning individual psixologik shaxsiy xususiyatlari/ichki resurslari, ya`ni qiziqishi, xarakteri, qobiliyatlari, temperament, dunyoqarash, e`tiqod va shaxsiy mansublikning rivojlantirilganligi va h.z.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling