Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
Ijtimoiy ish - bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal kilish va jamiyatdagi ijtimoiy o’zgarishlarda ko’maklashishga yo’naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko’rsatish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy ish: odamlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan amaliy faoliyat; o’quv sohasi; ilmiy yo’nalish hisoblanadi. Ma`lumki ijtimoiy ish xodimining kasbiy faoliyati hozirgi davrda alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda ijtimoiy ish xodimining professional modelini, mukammal timsolini tasavvur etishni talab etadi. SHu ma`noda ijtimoiy ishni rivojlanishi ijtimoiy ish xodimining modeli asosida uning professiogrammasi yotadi degan tushuncha qat`iy shakllanmoqda. “Одам у ёки бу ахлоқий амални бажарса бу ҳали унинг яхши эканини англатмайди; мана шундай амаллар характерининг барқарор белгисига айлангандагина у ҳақиқатан ҳам яхши ҳисобланади”. Г. Гегель Ijtimoiy ishning mohiyati, mazmuni, tuzilishi, tarkibi, vazifalari va ahamiyatini anglash uchun «ijtimoiy ish», «ijtimoiy faoliyat», tushunchalarining mohiyat-mazmunini ochib berishimiz kerak. Ijtimoiy faoliyat – bu insonni o’rab turgan olam, ijtimoiy borliqqa munosabat, ma`lum maqsad sari yo’naltirilgan faollik turlari, umuman ijtimoiy voqelikda ishlash va hayot kechirish usulidir. Bu esa o’z navbatida nazariy va amaliy malaka ko’nikmalarni o’z ichiga oladi. Ular bir-birini to’ldirib turuvchi faoliyat turlaridir. Faoliyat murakkab tizim bo’lib, tizimlashtirishning turli asoslariga ko’ra asosan qo’yidagilarga bo’linadi: iqtisodiy, ijtimoiy, ma`naviy-madaniy, siyosiy – ijtimoiy faoliyat odamning turli harakatlarida namoyon bo’ladi: progressiv va reaktsion; evolyutsion (tadrijiy) va revolyutsion (inqilobiy) ijobiy va salbiy; qonuniy va noqonniy; ahloqiy va axloqsiz; ijodiy yoki ko’r-ko’rona, taqlidchilik va boshqalar. Ijtimoiy ish ijtimoiy faoliyatning alohida bir ko’rinishi (yoki turi) bo’lib, uning maqsadi – aholini turli guruhlarining mavjud ehtiyoj, talablari, oilaviy-shaxsiy qiziqishlarini qondirish va ijtimoiy kafolatlash, umuman kishilarni ijtimoiy harakatga qobilligini tiklashga va yaxshilashga yordam beruvchi sharoitlarni yaratishni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy ish sohasida qo’yidagi tushunchalarga ham e`tiborni qaratmoq zarur. Bular «fenomen», «qobiliyatli va qobiliyatsiz», «professional» va «noprofessional» tushunchalarini mohiyatini ham ochib berish zarur bo’ladi. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling