Reja: 1 Psixologiyada ilmiy bilish


Download 100.5 Kb.
bet1/4
Sana03.04.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1322892
  1   2   3   4
Bog'liq
1 Ma\'ruza Psixologiyada ilmiy tatqiqotlarning metodologik asoslari


  1. Ma’ruza: Psixologiyada ilmiy tadqiqotlarning metodologik asoslari.

Reja:
1.1 Psixologiyada ilmiy bilish.
1.2 Gipoteza va uni tekshirish.
1.1 Psixologiyada ilmiy bilish.
Tayanch iboralari: gʼoya, progressiv va reaktsion gʼoyalar, muammo, haqiqiy va soxta (yolg’on) muammolar, gipoteza, nazariya, intuitsiya, ilmiy oldindan ko’rishlar, validlik, ichki va tashqi validlik
Tadqiqotchi oʼzi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalarni o’rganishda ilmiy bilishning turli metodlaridan foydalanish asosida maʼlum yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar oʼzlarining paydo boʼlishidan to insoniyatning nazariy bilimlari tizimlari – fanlarga kirib kelishgacha, har xil ko’rinishlarda bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib oʼtadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo boʼlgan yangi bilimlarning rivojlanishidagi turli ko’rinishdagi bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilishning bunday shakllarining asosiylarini ilmiy gʼoya, muammo, gipoteza, nazariya va ilmiy oldindan ko’rishlar tashkil qiladi.
Ilmiy gʼoya ilmiy bilishning birinchi shaklidir.
Gʼoya - bu tadqiqot maqsadini, uning yo’nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G’oya oʼz tabiatiga koʼra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo’lib, borliqning to’g’ri yoki xato inʼikosidir.
Ilmiy bilishda gʼoya muhim ro’l o’ynaydi. Maʼlum bir gʼoya tug’ilmaguncha, biror soxada tadqiqot olib borish mumkin emas. Har bir gʼoya maʼlum bir tayyorgarlik, maʼlum mushohada asosida, maʼlum bir sohada fikr yuritish natijasida paydo boʼlib, unda tadqiqotchining amaliy va nazariy tajribalari umumlashgan boʼladi. G’oyalar progressiv va reaktsion gʼoyalarga boʼlinadi. Progressiv gʼoyalar ilmiy bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaktsion gʼoyalar unga to’sqinlik qiladi. Ilmiy bilishda progressiv va reaktsion gʼoyalar oʼrtasida doimo kurash ketadi. Ilmiy bilishda bir qator gʼoyalar birikib, biror ilmiy muammoni paydo qilishi mumkin.
Muammo – ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan va hal qilinishi lozim boʼlgan bilim shaklidir. Muammo odatda tadqiqotchining biror tadqiqot sohasiga oid yangi faktlarni to’plagan, lekin bu faktlarni oʼzidagi eski bilimlari bilan izohlashi mumkin boʼlmaganda, bu faktlar eski bilimlar tizimiga sigʼmay, oʼzlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tugʼiladi. Muammoning tugʼilishi va qoʼyilishi ilmiy bilish jarayonining eng muhim momentlaridan biridir. Muammoni qo’yish – ilmiy bilishda ishning yarmini hal qilish demakdir.
Kundalik hayotda muammoni koʼpincha savol yoki biror masala bilan aralashtirib qoʼllashadi. Ilmiy bilishning shakli sifatida muammo savol va masalalardan farq qiladi. Qiyin muammoni eng qiyin, eng murakkab masala yoki savoldir, deyishadi. Muammo savol yoki masala bilan, savol yoki masala muammo bilan bogʼliq bo’lishi mumkin. Lekin savol yoki masala muammo emas. Savol yoki masalaning oʼziga xos xususiyati, muammoning ham oʼziga xos jihatlari bor. Savol yoki masalaning oʼziga xos xususiyati shundaki, savolga javob berish, masalani yechish doimo oldingi bilim asosida amalga oshadi. Muammoda bunday emas. Muammoni oldingi hosil qilingan bilimlar doirasida turib hal qilib boʼlmaydi. Buning uchun yangi faktlar, maʼlumotlar to’plash, ularni yangicha izohlash, shu paytgacha mavjud boʼlgan eski bilim doirasidan chiqish talab qilinadi.
Muammolar ham gʼoyalar kabi, haqiqiy va soxta (yolg’on) muammolardan iborat boʼladi. Xaqiqiy muammolar ilmiy fakt va fanlarning qonunlaridan kelib chiqsa, soxta muammolar ilmiy faktlar va fan qonunlariga zid keladi.
Ilmiy bilish jarayonida bir muammo bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ilmiy bilish jarayonida muammolarni hal qilishda koʼplab gepotezalarning paydo boʼlishi mumkin.

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling