Reja: 1 Psixologiyada ilmiy bilish


Download 100.5 Kb.
bet4/4
Sana03.04.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1322892
1   2   3   4
Bog'liq
1 Ma\'ruza Psixologiyada ilmiy tatqiqotlarning metodologik asoslari

Validlikishonchimizning darajasi, u yoki bu tanlangan test, o’lchov yo eksperiment xaqiqatan belgilangan vazifani yechishga qodirligi yoki aksi xaqidagi ishonchimiz darajasi.
А) ichki validlik – xaqiqatdan ham kuzatilayotgan effekt eksperimental yondashuvning natijasi;
B) tashqi validlik – eksperimentimiz ijobiy natijaga ega boʼlgan holda ham, keng ommaga qo’llab boʼlmasligi.
3. Mazkur oʼquv guruhida (yoki mazkur sinfda) muayyan psixik holatlar yuzasidan oʼkuvchilardagi individual-psixologik farqlar hamda oʼqtacha koʼrsatkichlarni oʼrganish.
4. Turli oʼziga xos psixik xususiyatlarning ifodalanishi oʼrtasidagi oʼzaro aloqalarni aniqlash.
Ishning birinchi turi psixologik koʼzatish olib borish malakasini hosil qiladi. Uni bajarayotganda koʼzatish rejasini toʼzib chiqish, obʼektlarni tanlash, maqsadni belgilab olish, alohida eʼtibor berilishi zarur boʼlgan belgilarni aniqlab qoʼyish lozim; koʼzatishni vaqt boʼyicha taqsimlab chiqish lozim va hokazo. Yangi faktlarning olgʼa surilishi, eksperiment tarzida tekshirib chiqish talab qilinadigan yangi-yangi masalalarni oʼrtaga qoʼyish ushbu ish turining ilmiy maqsadi boʼlishi mumkin. Аyrim oʼquvchilarni, oʼquvchilar guruhi yoki oʼqituvchilarni taʼriflab beradigan maʼlumotlar toʼplash bu ishning amaliy maqsadi boʼlishi mumkin.
Ishning ikkinchi turi muayyan metodikani egallab olish bilan bogʼliq boʼlib, turli sharoitlarda sinov oʼtkaziladigan turli kishilarga nisbatan koʼp marta tadbiq etishni talab qiladi. Bunday ishning ilmiy maqsadi u yoki bu metodikani qoʼllanish chegaralarini qidirib topish va uning variantlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ishning uchinchi turi guruh uchun oʼrtacha ahamiyatga ega boʼlgan (yoki ancha harakterli) jihatlarni statistik aniqlashning elementar metodlarini egallab olishni nazarda tutadi.
Ishning toʼrtinchi turi muammoning oʼrganilayotgan oʼziga xos ayrim tomonlari oʼrtasidagi statistik aloqalarni aniqlash metodlarini egallb olishga yordam beradi. Bu oʼrinda turli yoshdagi va har hil ixtisosdagi sinalayotgan kishilarning psixik jihatdan oʼziga xos xususiyatlari toʼgrisida, psixik hodisalar oʼrtasidagi oʼzaro aloqalar haqida yangi axborotlar olish, maʼlumotlarni qayta tekshirish va shu singari ishlar ilmiy maqsad boʼlib xizmat qilishi; ishning amaliy maqsadi – turli kursdagi studentlar va har xil sinfdagi maktab oʼquvchilari toʼgrisida fakulьtet yoki maktab uchun zarur boʼlgan maʼlumotlar olishdan iborat boʼlishi mumkin.

1.3 Kuzatuv natijalari, ularning kelib chiqish interpritatsiyasi.



Bu metodga matematika va statistika metodlarini qoʼshishimiz nooʼrindir. Bunga sabab birinchidan,shunday adabiyotlar borki, u yerda bu maʼlumotlar haqida batafsil yozilgan. Ikkinchidan, talabalar «psixologiyada matematik statistik maʼlumotlar» nomli alohida fan oʼtadilar, laboratoriya mashqlarini hisoblashda esa bu fanni amaliyotda qoʼllaydilar. Shuning uchun ham bu bobda metodlarning tayyor holda javobi ishlab chiqilgan.
Tasavvur qilaylik, turli xildagi eksperimentlar javobi statistik gipoteza orqali ishlab chiqilgan. Bu metodlar javoblarini koʼrib chiqib qanday xulosaga kelishimiz mumkin? Turli xil tadqiqotlar metodining xulosasi-« nolь» yaʼni, unchalik toʼgri va tayyor boʼlmagan javoblar, statistik yoki sababli bogliklikdir. Bogʼliklik topilganda statistik gepotizaning tasdiqlanishi yoki inkor etishida oʼxshamasliklarning bogʼlikligini interpritatsiyalash yoki eksperimental gepotizani tasdiqlash lozim. Odatda eksperimentator kontrol va eksperimental guruhlarning turli xil xarakterdagi gepotizani tasdiqlashga harakat qiladi.
Statistik xulosaga koʼra turli xil javoblarni ishlab chiqish mumkin. Tadqiqotchi nolь gepotizani tasdiqlashi yoki inkor etishi mumkin. Lekin u xaqiqatdan ham toʼgri (obʼektiv) yoki notoʼgri boʼlishi mumkin. Shunga koʼra toʼgri usulni kurib chiqamiz:
1) Nolь gepotizani qabul qilish;
2) Yolgon nolь gepotizani inkor qilish;
3) Yolgon nolь gepotizani qabul qilish;
4) Toʼgri nolь gepotizani inkor qilish
Shundan ikki variantni toʼgri desak boʼladi, ikkisi esa xato. Xato variantlarni 1-2 turdagi xato deb qabul qilamiz.
Tadqiqotchi 1-birinchi turdagi xatoni yaʼni nolь gipotezani inkor etsa xato boʼladi. Yolgʼon nolь ngipotezani qabul qilish esa 2-turdagi xatoni qilishdir.
Tadqiqotlar soni qancha koʼp boʼlsa, statistik xabarlarning toʼgʼriligi ortadi, shunga koʼra birinchi turdagi xatoni qilish imkoni kamayadi. Masalan, agar aq0., oʼrtacha farqlaridan iborat boʼlsa aniqlarini t – kriteriyada ahamiyatga ega boʼladi. Unda a q 0.05 va
a q 0.001 deyarli farqni sezmaymiz.
1-turdagi xato eksperimentni aniqlashda, shuningdek notoʼgʼri gipotezani qabul qilishda ahamiyatga ega.
2-turdagi xato toʼgʼri ishlab chiqilgan gipotezani inkor qilishda va nolь gipotezani qabul qilishda, ayniqsa sinov eksperimental metodlarda katta ahamiyatga ega. Boshlangʼich etapda ilmiy tadqiqot gipotezasini inkor qilish eksperimentatorning yoʼlini yopib qoʼyishi mumkin. Lekin ilm-fan uchun ishonchli bilimlarning yuqorililigiga erishish juda zarur. Shuning uchun turli xildagi psixologik maʼlumotlarni ishlab chiqishda quyidagi maʼlumotlarga tayanish kerak. Bular, qidiruv tadqiqotidan aniqlovchi tadqiqotga oʼtish, past darajadagi bilimlardan choʼqqiga, kichik tadqiqotlardan ulkanlariga oʼtish kerak.
Аniq tadqiqotlarda esa 1-2 turdagi xatolar eksperimentdan koʼzlangan maqsadda fanning predmetiga, tadqiqot metodiga va masalalariga bogʼliq boʼlishi mumkin. Hayotda baʼzan 1-2 turdagi xatolarni taqqoslash imkoniga ega boʼlamiz. Masalan, sud raisi va kuzatuvchilar, jinoyatchining qay darajada aybdorligini aniqlashda qatʼiy qarorga kelishimiz zarur. Yaʼni aybsizni aybdor deb bilishni yoki aybdorni aybsiz deb bilishni. Odamiylik tomondan qaraganda bitta aybsiz odamni qamagandan koʼra oʼnta aybdorni aybsiz deymiz, bitta aybsiz jazolanishidan koʼra. Lekin repressivlarning fikricha bitta aybdor jazolanishi uchun oʼnta aybsiz jazolansa ham boʼladi.
Statistik gipotezeni qabul qilish yoki inkor qilish, eksperimental gipotezeni qabul qilishda yagona qaror emas. Аgar statistik gipoteze inkor qilinsa, kuzatuvchi buni turli xil talqin qilsa boʼladi. U eksperimentni yakunlab, yangi gipotezalar chiqarishi mumkin. Eksperimentator yangidan izlanishlar olib borishi mumkin. Garchi notoʼgʼri javob ham javobdir.
Tanqidiy tomondan qaralganda eksperimental gipotezeni «inkor» qilish xulosalari-eksperimentatorning yutugʼidir, chunki bu eksperiment orqali yangi gipotezelar ishlab chiqiladi. Eksperimental gipotezani inkor qilishda bu gipotezani mutloq yaroqli emas deb tushunish xato. Balki bu gipoteza notoʼgʼri fikrlangandir. Balki bu gipoteza toʼgʼri faqat uni tushunarli shaklga keltirish kerakdir. Odatda eksperimental gipotezani tasdiqlanishi uning nazariy jihatdan toʼgʼriligini tasdiqlamaydi. Аytaylik, koʼp hollarda tadqiqotchi maʼnaviy jihatdan yordam berishi tadqiqot javoblarida ijobiy taʼsir koʼrsatadi deymiz. Lekin shu jarayonda tadqiqotchi tadqiqotni yakunlaganiga qarab baxolaymiz. Аlbatta, biz natijaga erishamiz, biroq bu natija nazariy gipotezaga taʼluqli boʼlmaydi.
Turli eksperimental gipotezalarni tasdiq yoki inkor qilish juda qiziq va murakkab jaryon boʼlib va bu jarayonni psixologik tadqiqotlarni koʼp oʼtkazgan talabalarning oʼzlari ham koʼrib chiqa olishlari mumkin. Faraz qilaylik, eksperimental gipoteza tasdiqlangan yoki K.Popper mantigʼiga koʼra inkor qilinmagan. Bunda eksperimentning javobini ishlab chiqish kerak boʼladi. Bunday holda qanday fikrga kelish mumkin va qanday sharoitda javoblar ishlab chiqiladi, eksperimentatorning oʼzgargani javoblarga taʼsir koʼrsatadimi?
Nima boʼlganda ham eksperiment xulosasi psixologiyada oʼzgarmasligi kerak.
1.Obʼektlarga nisbatan fikr bildirish. Аgar biz eksperimentni 20 dan 25 yoshgacha boʼlgan yigitlarda oʼtkazgan boʼlsak, unda javob qanday populyattsiya boʼlish kerak? Barcha tadqiqotchilarga Homo sapien sifatida qarashimiz toʼgʼri boʼladi. Shunda barcha tadqiqotlarimiz aniq va toʼgʼri chiqadi.
Skinnerning tadqiqotlari kalamushlarda, kabutarlarda oʼtkaziladi va javoblar solishtirilib evolyutsiyani yuqori zinalarida turuvchi odamlarnikiga toʼgʼri keladi. I.P. Pavlovning kuchuklarning reflekslarini oʼrganishdagi tadqiqotlari hamma xayvonlarnikiga toʼgʼri keladi. J. Piajening fenomenlari Frantsiya, АQSh, Rossiya, Izroil va boshqa shahardagi bolalarda oʼtkaziladi.
Bugungi kunda chegaralovchi qirralar boʼlib psixologiyadan tashqaridagi populyatsiyalar chiqmoqda. Ular biologik va ijtimoiy madaniy qirralardir.
Biologik xarakterga ega boʼlganlarga jins, yosh, irq,konstituttsiyaviy majburiyatlar, jismoniy kuchlilik kiradi. Аlohida psixologik tadqiqotlarda bu ikki guruh oʼrtasida oʼrganishlar namoyon boʼladi.
Ijtimoiy madaniy alohidalik juda ham kerak boʼlgan ikkinchi guruhga kiradi. Bu guruh ham javoblarni ishlab chiqishda oʼz oʼrniga ega. Bu berilganlarda boshqa xalq va madaniyatga taʼsir koʼrsatishi haqidagi masalalar hal qilinmoqda. Bundan tashqari javoblarda bilimdonlik darajasi, qancha daromad topish darajasi taʼsir koʼrsatadimi yoki yoʼqmi bularning barchasi tekshiriladi.
Shunday boʼlishi mumkinki,eksperiment javoblarini faqat bir ommaga toʼgʼri ketirish mumkin. Ular eksperiment guruh ichiga kirganlardir. Lekin bu yerda ham oʼziga yarasha muammo mavjud. Bu guruhdan olingan natijalarni butun ommaga solishtirish mumkinmi? Bu muammoning yechimi shundan iboratki, bunda shu ommaga toʼgʼri keladigan barcha talablarga rioya qilingan boʼlishi kerak.
Xulosalarni tekshirishda, birinchidan shu ommaga tegishli boʼlgan guruhlarda boqatdan eksperiment oʼtkaziladi. Bunda guruh bir qarashda qushilmaydi. Ikkinchidan, guruhlarning sonini maksimal darajada ortirishga harakat qilinadi.
2.Tadqiqotga qoʼyilgan talablar. Psixologik eksperimentda nafaqat vaqt, joy hisobga olinadi, balki eksperimentning qanchalik dolzarbligi ham ahamiyatga molikdir. Tadgʼigʼot natijalariga topshiriq materiali, tadqiqotchining hatti-harakati, motivatsiyaning koʼrinishi, ikki tomonlama suhbatning mavjudligi juda katta taʼsir koʼrsatadi. Eksperimentator topshiriqni qanchalik mos ekanligini tekshirishi hamda masalaga toʼgʼri va jiddiy yondashishi kerak.
Psixologik tadqiqot natijalarida tadqiqotning natijalarini kiritishimiz mumkin.
«Koʼr uslub»dan foydalanish tadqiqotchiga turli xil taʼsurotlarni taʼsir qilishidan saqlaydi.
3.Tadqiqot oʼtkazuvchi. Tadqiqot oʼtkazuvchining taʼsir qilish muammosiga toʼxtalib oʼtamiz. Shuni taʼkidlash kerakki, psixologiya boshqa ilmiy-tarbiyaviy qoidalardan farqli oʼlaroq, tadqiqot jarayonida tadqiqotchi shaxsining oʼrni, motivatsiyasini inkor qila olmaydi.
Tadqiqotchi tadqiqot jarayonini, tadqiqot javoblarini kuzatishda yordam beradi. Lekin taʼsir qilishda umumiy nazoratdan foydalanish,alohida taʼsir xususiyatlariga ega boʼlish lozim bunda tadqiqotchining yoshi, shaxsiy psixologik xususiyatlari hisobga olinadi.
Tadqiqotchining shaxsiy xulosalaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy psixologik qarashlar tufayli notoʼgʼri xato kelib chiqadi.
Tadqiqotning natijalari, tadqiqotchining oʼrnini belgilashda psixologik eksperimentlarda koʼrsatib nomayon qilinadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadqiqotchi gipotezaga tayanib ikkita xato qilishi mumkin.
1. Notoʼgʼri gipotezani tadqiqot qilishi mumkin.
2. Toʼgʼri gipotezani inkor qilishi mumkin. Bilish, qidirish tadqiqotlarida ikki xatoga yoʼl qoʼyish mumkin emas.
Tadqiqotni notoʼgʼri xulosa qilishda tadqiqotchini jiddiy vaziyat kutadi. Bular tadqiqot natijalarini chegaralovchi boʼlib a) alohida tanlash; b)tadqiqotning mazmuni v)tadqiqotchining shaxsi hisoblanadi.
Qoʼshimcha tadqiqot oʼtkazishning ikki tarafi boʼlib, bular; tadqiqotga qoʼshimchalar kiritish va tadqiqot natijalarini ishlab chiqishda boshqa tadqiqotlarning javoblariga toʼgʼrilash
Tadqiqot natijalari hech qachon butunlay toʼgʼri javob bermaydi, yaʼni bunda javob toʼliq yetarli boʼlmaydi. Tadqiqot tanqidning eng yaxshi uslubi lekin yangi bilim toʼgʼilishga zamin yaratmaydi.
Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling