Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ish insonlarga ko’maklashishga, va yordamga muhtoj kishilar, o’z muammolarini o’zlari hal qila olmaydigan va hattoki yashay olmaydigan kishilarga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Fenomen individ, shaxsda g’ayrioddiy, noyob hodisa yoki ko’rinish, nodir, kamdan-kam uchraydigan holat sifatida izohlanadi. SHu nuqtai nazardan odamlar hayoti faoliyatida uchraydigan, ro’y berayotgan turli og’ishlar, ziddiyatlar, kolliziyalar (qarama-qarshi fikr, manfaatlar to’qnashuvi), hayot to’qnashuvlari, konfliktlar hatto urushlar va ularning oqibatlarini hisobga oladigan bo’lsak, bularning barchasi insoniyat hayoti, taqdiri uchun xosdir. Ijtimoiy ishning shakllanishining o’zi ham g’ayrioddiy, o’ziga xos noyob sohadir.
Ijtimoiy ishning shakllanish va rivojlanish jarayonini professional – kasbiy faoliyat sifatida tahlil etish uchun uning tushunchalar tizimidagi o’rnini, jumladan, mehnat, uning mohiyati va xarakteri, mehnat turlari, kasb, ixtisoslashish va boshqalarni qarab chiqishimiz lozim84. Bular orasida ancha umumiy bo’lgan «mehnat» tushunchasi ham oddiy tushuncha emas. Mehnat – nafaqat inson faoliyatining asosidir, shuningdek mehnat jarayonida mehnat vositalari va uning yordamida odamzotning turli talab, ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan buyumlar, sharoitlar, xizmatlarni har birining o’ziga xos xususiyati, o’rinlarini ko’rsatmoq lozim. SHu o’rinda, mehnat insonning shakllanishi va taraqqiy etishida hal qiluvchi rol o’ynaganini eslatib o’tish joizdir. Mehnat jarayoni o’zida uchta tarkibiy qismlarni o’zida mujassam etadi: bular mehnatning o’zi (maqsadga muvofiq faoliyat), mehnat predmetlari (mehnatga yo’naltirilgan narsalar) hamda mehnat vositalaridir. Hozirgi vaqtda kishilik jamiyatida mehnatning turli xillari: qo’l mehnati, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan mehnat, oddiy va murakkab; aqliy va jismoniy mehnat; sanoat (industrial) va qishloq xo’jaligi; boshqarish (tashkiliy) va ijroviy kabi turlari mavjuddir. Ba`zi ma`lumotlarga ko’ra, jahonda 80 mingga yaqin kasb va ixtisosliklar mavjud85. Biroq mehnat taqsimoti va uning tarmoqlanishini, jumladan, uning ba`zi turlarini mutloq sifatida tushunmaslik kerak86. Olamda hamma narsa, shu jumladan mehnat taqsimoti jarayoni ham nisbiy tushunchadir. Qayd etilgan mehnat turlari, shubhasiz, nisbatan mustaqil turlaridir. SHu bilan birga, ularning har birida mehnat turlarining bir-biriga nomuvofiq, hatto qarama-qarshi unsurlari mavjudligini ham e`tiborga olmoq zarur. Masalan, aqliy mehnatda intelektual komponentlarning, jismoniy mehnatda esa jismoniy kuch sarflarning ustunligi, ba`zida ularda o’zaro uyg’unlik, muvofiqlik mavjudligi, ya`ni aqliy hamda jismoniy mehnat turlarida o’zaro uyg’unlik mavjudligini kurish mumkin. Boshqaruv (tashkiliy) va ijroviy (ijrochilik) mehnat turlari haqida ham huddi shunday fikrlarni aytish mumkin. Hozirgi zamonda professional-kasbiy faoliyat turlarining o’ziga xos xususiyatlari, ba`zida noprofessional-nokasbiy faoliyat turlarining o’zaro chalkashib ketish holatlarini ham kuzatish mumkin. Professional faoliyat turlari asosan oliygohlar va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitiladi, ularga oid bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlar singdiriladi. Kasb egallash jarayonida ustoz va shogirdlik odob axloqi, ular o’rtasida o’zaro g’amxo’rlik, muruvatlilik, mehr-oqibatlilik hislat va fazilatlar singdiriladi, tarbiyalanadi. Ijtimoiy tuzumlar o’zgarishi,almashishi bilan insonning mehnat faoliyati jarayoning tarkibiy qismlarida ham muntazam o’zgarishlar sodir bo’lib boradi. Mehnat predmetlari borgan sari turli-tumanlashgani, vaqt o’tishi bilan mehnat taqsimoti o’zida faqat tabiat ob`ektlarini emas, balki kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni jumladan, kichik va yirik hamda o’rta tadbirkorlik faoliyati ham o’z ta`sirini o’tkazayotganiligini qayd etish muhimdir. Zamonlar o’tishi bilan kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlardan biri bo’lgan yaqin kishilar, bolalar, kasallar, qariyalar umuman imkoniyati cheklangan guruhlar to’g’risida qayg’urish g’amxo’rlik qilish, himoyaga olish an`anasi shakllana bordi. Qadimda urug’ qabilalarda o’z urug’doshlari, qabiladoshlarning jismoniy va ruhiy darajasi haqida qayg’uruvchi kishilar – qohinlar, afsungarlar, shomonlar (zamonaviy ziyolilarning o’tmishdoshlari bo’lgan donishmandlari, o’qituvchilari, tarbiyachilari, tabiblari, shifokorlari) bo’lgani tarixdan bizga ma`lum. Ruhiy va ma`naviy sog’lomlik haqida, inson hayotini asrash va uzaytirish to’g’risida qayg’urish, ishlab chiqarish vositalarini insonga xizmat qildirish boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy ishning shakllanish va rivojlanish jarayoni – nafaqat kasbiy amaliy faoliyat sifatida, balki ijtimoiy hayotning noyob zarurati sifatida hamda shu soha bo’yicha ham ilmiy, ham o’quv amaliyoti sifatida taboro institutlashuvi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Avval eslatib o’tilganidek, ijtimoiy ish tom ma`nodagi kasbiy yoki bazaviy ma`lumotga ega bo’lmagan, ya`ni noprofessional bo’lishi mumkin. Bazaviy bilim, ma`lumotga ega bo’lmaganlar har qanday jamiyatda, shuningdek Rossiya jamiyatining ilk rivojlanish bosqichlarida ham ancha ham ko’proq bo’lishi mumkin. Bundan quyidagi umumiy xulosaga kelish mumkin: O’zbekistonda ijtimoiy ishning shakllanishi va rivojlanishi 1990-1991 yillarning oxirida emas, balki o’tmish ming yilliklarda ham uning o’ziga xos tarzda va ko’rinishda mavjud bo’lganligini qayd etmoq zarur. Mutaxassislarning e`tirof etishlaricha esa, ijtimoiy ishning shakllanish tarixi Vavilonda eramizdan oldingi ikki minginchi yillarda ham mavjud bo’lgan. Odamlarni nafaqat o’zaro yaqinlarini sevishga, kambag’al-qashshoqlar haqida qayg’urishga undaydigan fuqarolik hujjatlari tuzilgan. Ijtimoiy ish bo’yicha olib borilgan tarixiy tadqiqotlar haqqoniy tarzda O’zbekiston hududida shakllanishi va taraqqiy etishi bosqichlarini nisbiy darajada ajratib ko’rsatish mumkin. Jahon tajribasini hisobga olgan holda imkoniyati cheklangan, ya`ni muxtojlarga ijtimoiy yordam ko’rsatishning bir nechta filantropik87 shakllarini ko’rishimiz mumkin. Xayr-ehson tor ma`noda individ, shaxslar yoki guruhlar tomonidan aholining muhtoj qatlamlari, ijtimoiy guruhlariga beg’araz yordam ko’rsatishni bildiradi. Keng ma`noda esa imkoniyati cheklangan qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ijtimoiy guruh, qatlamning zaruriy ehtiyojlarini qondirish maqsadida moliyaviy, iqtisodiy, ya`ni moddiy va ma`naviy beg’araz yordam ko’rsatishni anglatadi. Demak, xayr-ehson qilish, sadaqa berish, ya`ni hatto – odamlarga insonparvarlik bilan qarashni namoyon bo’lishining eng qadimgi shakllaridan biri bo’lib, g’arib va nochorlarga moddiy yordam ko’rsatish insonga xos bo’lgan rahm-shavqatning ramzi sifatida ifodalanadi. Xayr-ehsonning o’ziga xosligi yana shundan iboratki, – u ko’proq rahmdil xayr-ehsonli bo’lish ko’proq individual xarakterga ega bo’lgan bo’lsa, asta-sekin ijtimoiy – jamaoviy tus ola boshladi. Xayr-ehsonning ijobiy jihatlari bilan birga ba`zi bir salbiy tomonlari ham mavjuddir. Xususan, doimiy saxiylik bilan berilgan sadaqa professional faqirlikning o’sishiga olib kelishi mumkin. Xayr-ehson va sadaqadan farqli o’laroq, ijtimoiy himoya, ijtimoiy ta`minot tizimi ayniqsa, davlat, ba`zida diniy muassasalar, hatto xususiy shaxslar tomonidan amalga oshirilish tartibiga o’tish evolyutsiyasi ham uzoq tarixiy jarayonni, bosqichlarni bosib o’tdi. Davlat, jamiyat tomonidan ijtimoiy himoya va ta`minotning ijtimoiy institut sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi zardo’shtiylikdan tortib islom dinigacha va undan keyingi ijtimoiy taraqqiyot tamoyillari, ayniqsa uning ijtimoiy sohaga bo’lgan e`tiborning zaruriy kuchayishi bilan xarakterlanadi. Xayr-ehson, sadaqadan farqli holda ijtimoiy himoya va ta`minot eng avvalo, tizimli bo’lib muhtojlar uchun davlat dasturi asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun ijtimoiy himoya tashkiliy tuzilmaga ega bo’lib, asosiy sub`ektlari davlat va jamiyatning boshqa ijtimoiy institutlari hisoblanadi. XX asrda ko’pchilik mamlakatlarda ijtimoiy ta`minotning kompleks tizimi shakllandi. Bu tizimning shakllanishi ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga g’amxo’rlik qilish darajasining o’sganligidan, ijtimoiy ish va xizmatning ijtimoiy hayotning noyob hodisasi sifatida rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Ijtimoiy ish va xizmatning tarixini o’rganish shundan dalolat beradiki, bu xayrli amaliy faoliyatning bir turi sifatida tabora rivojlanmoqda. Tabiiyki, ming yilliklar davomida garchi ijtimoiy ish deb ataluvchi muayyan tizim bo’lmagan bo’lsada, biroq bu faoliyatning elementlari qadimdan mavjud bo’lgan. Buni ikki sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, hech bir ijtimoiy tizim bo’shliqda paydo bo’lib qolmaydi. Dastlabki shart-sharoitlar taqozasi bilan u yoki bu sohadagi ijtimoiy tuzilmalar tizimlashtiriladi, qandaydir yaxlitlikka aylanadi, ya`ni nisbatan alohida mustaqil sohaga hatto mustaqil ilm, fanga aylanadi. Ikkinchidan, ma`lum bir tarixiy bosqichlarda aholining turli guruhlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy himoya amaliyoti turli shakllarda umumlashtiriladi, tizimlashtiriladi. Ijtimoiy ish insonlarga ko’maklashishga, va yordamga muhtoj kishilar, o’z muammolarini o’zlari hal qila olmaydigan va hattoki yashay olmaydigan kishilarga yo’naltirilgan faoliyatdir. XVIII asr, ayniqsa XIX asrdayoq G’arbda ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam ko’rsatishning turli shakllarini ilmiy-nazariy jihatdan anglashga o’rinishlar, jumladan uning xususiyatlarini o’rganishga harakat qilindi. Bu harakat odamlar ijtimoiy hayotiy muammolariga taaluqli kitoblar, asarlarda ham erkinlik, tenglik, adolatlilik qarashlari yo’nalishlarida o’z aksini, ifodasini topa bordi. Rivojlangan G’arb jamiyat va fuqarolik jamiyat haqidagi qarashlarda, qonun ustuvorligi, inson va shaxs erkinligi, ijtimoiy adolat, adolatsizlik, ijtimoiy tenglik va tengsizlik va boshqa g’oyalarda ijtimoiy ishning tarixi, nazariyasi shakllana bordi. Bu g’oyalar eng avvalo Tomas Mor, T. Kompanello, Morelli, Sen-Simon, Fur’e, Montesk’e, Didro va shu kabi mutafakkirlar ta`limotida o’z ifodasini topa bordi. Aholini ijtimoiy himoyalashning turli jihatlari iqtisodiy, psixologik, tibbiy tomonlari Evropa va Amerika olimlari asarlarida ko’proq yoritildi. Xususan, Z.Freyd, B.F.Skinner, K.Levina, J.Paje, A.CH.Kuli, F.Xaydera, D.Xaumans, A.Zander, R.Merton, M.Zald, R.Kantera va boshqalarning tadqiqotlarida tahlil etildi va keng qamrovda o’rganildi88. Ijtimoiy ishni nazariy umumlashtirish va amaliyotda tahlil qilishda D.SH.Louell, M.Richmond, D.Adams, B.Reynolds kabi olimlarning asarlari ham muhim rol o’ynaydi. Amaliyot jarayonida hamda nazariy izlanishlar ijtimoiy himoyaga muxtojlarga yordam berish bilan shug’ullanuvchi kishilar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari zarur degan (fikr) xulosaga olib keldi. XIX asrning 90 yillarida Buyuk Britaniyada London xayriya jamiyatining faoliyati bilan bog’liq ma`ruzalar tashkil etiladi, uning doirasida amaliy ishlar olib boriladi; 1893 yilda Amcterdamda ijtimoiy ish xodimlarni tayyorlash instituti tuzildi. XX asr boshlarida esa Evropa va Amerikada 14 ta ijtimoiy ish maktabi mavjud bo’lib, ular aynan, ijtimoiy ish sohasi bo’yicha faoliyat yuritgan. Inson hayotining zaruriy faoliyati bo’lgan ijtimoiy ishni institutlashuvi katta ijtimoiy g’alaba edi. Asta-sekin u amaliy, ilmiy va o’quv faoliyatini birlashtirgan tizimga aylandi va ko’pchilik mamlakatlar ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi bo’lib qoldi. Ijtimoiy ish xodimining ixtisosligi nuqtai nazaridan, (bugungi kunda ijtimoiy ish xodimlari 20 dan ortiq ixtisoslik yo’nalishlarida) ijtimoiy ish xodimlarning quyidagi guruhlarini ajratib ko’rsatish mumkin: ustivor ravishda boshqarish mehnati bilan band bo’lganlar (ijtimoiy xizmatlarda ijtimoiy himoya menedjerlari, ijtimoiy xizmat asosiy turlari doirasidagi kontaktli ijtimoiy ish bilan band bo’lganlar ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy maishiy) profilaktik va ogoxlantiruvchi profilaktik ishlar bilan band bo’lgan va boshqalar1. YUqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin: ijtimoiy ishdagi professionalizm bu kishilarga, ularning hayotiy muammolarini hal etishda malakali ko’makni ta`minlovchi, mehnatning yuqori sifatiga va natijalariga erishishda mutaxassisning doim yuqori darajada tutib turadigan bilimlari, maxoratlari va ko’nikmalaridir. Ijtimoiy ish xodimning professionalizmi unda quyidagilarning mavjudligi bilan tavsiflanadi: – professional moyillik; – mehnatni uning turli ko’rinishlarida bajarishga chuqur rag’bat; – ma`naviy-axloqiy sifatlar, kishilar bilan ishlash qobiliyati, inson bilan ishlashga ijtimoiy genetik moyillik, – professional mahorat; – o’z faoliyatiga ob`ektiv tanqidiy munosabat; – professional bilimlar va professional maxorat; – bir umr o’qish izlanish va o’zini namoyon etish qobiliyati; – shaxsning ijtimoiy psixologik holati sifatida professional g’urur; Ijtimoiy ish o’zida xam moyillikni, ham kasbni birlashtiradi, shuning uchun professionalizm bu tarkib etuvchilarning uyg’unlashish darajasi, ularning bir butunligi va tizimliligi bilan o’lchanadi. Ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalari xodimlarining professional tayyorgarligi nuqtai nazaridan, mutaxassislarga va nomutaxassislarga ajratish mumkin. Ijtimoiy xizmatlar mutaxassislari oliy va o’rta kasbiy ma`lumotga ega bo’ladilar – ixtisosli va noixtisosli. Nomutaxassislar, ya`ni yordamchi xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni uch guruxga bo’lish mumkin: malakali, yarim malakali va malakasiz xodimlar. Tajribaning ko’rsatishicha, ularning xammasi turli darajadagi professional malakaga, professional tayyorgarlikka va professional maxoratga egadirlar. Afsuski, shuni tan olish kerakki, ijtimoiy ishda mutaxassis lavozimida ishlaydigan ijtimoiy xizmatlar xodimlarining xammasi xam xizmat majburiyatini muvaffaqiyatli bajarmaydilar, ijtimoiy xizmat mijozlarining muammolarini muvaffaqiyatli hal etish uchun etarli professional mahoratga ega emaslar, ya`ni hammasi ham professional emasdirlar. Professionalizmning shakllanishi hamisha mutaxassislarni professional tayyorlash va tarbiyalashdan, ijtimoiy ish tizimida amaliy ko’nikmalar tizimini va professional maxoratni bosqichma-bosqich shakllantirishdan boshlanadi. Professional mahoratsiz mijozning hayotidagi mushkul vaziyatni xal etish maqsadida individual ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va uning yashashi uchun ijtimoiy psixologik uyg’unlikni ta`minlash mumkin emas. Professional shaxsiy shakllanish va ijtimoiy ish mutaxassisining kamol topishi professional moyillikni shakllantirishni, kasbiy ta`lim olishni, professional maxorat va ma`naviy-axloqiy fazilatlarning, shuningdek o’zini tartibga solish bilan o’zini nazorat qila bilish va o’zini mukammalashtirishni shakllantirishni ko’zda tutadi1. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling