Qadriyatlar - tashkilotda hukmron bo’lgan qadriyatlar tashkilotda nimani muhim deb hisoblashni belgilab beradi. Amerikalik tadqiqotchilar T.Piters va R.Uoterman mehnat jamoasi madaniyati va uning muvaffaqiyati o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganib, turli mehnat jamoalarining muvaffaqiyatini ta`minlovchi bir qator qadriyatlar tizimini asoslab berganlar (2-chizma).
2-chizma.
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tashkilotlar tashkiliy
madaniyati qadriyatlari
II. Me`yorlar - bu odamlarga o’zini qanday tutish kerakligini va ulardan nima kutilayotganligini bildirib turuvchi xulq-atvor qoidalaridir. Xulq-atvor me`yorlari mehnat jamoasi foliyatidagi ba`zi holatlar, halollik va qonunchilikka rioya etish, ijtimoiy adolat tamoyillarini buzmasligi, manfaatlar to’qnashuvi paytidagi xulq-atvor, boshqa tashkilotlar haqida axborot olish va h.k. ni ifoda etadilar.
IV. Xulq-atvor - ish davomida odamlar boshqalar bilan birga harakatga kirishgan paytda va ish jarayonida amalga oshiradigan kundalik harakatlar (odatlar, rituallar, shuningdek, muomala madaniyati);
V. Psixologik muhit - guruhning ichki sohalarining mustahkam tizimi bo’lib, u emotsional kayfiyatda, jamoa fikrida va faoliyat natijalarida namoyon bo’ladi. Tashkilotdagi muhit - bu odamlarning mehnat jamoasidagi madaniyatni qabul qilishlari va bu haqdagi o’y-fikrlari hamda tuyg’ularidir. Guruhdagi, jamoadagi munosabatlarni o’rgangan holda unga baho berish mumkin.
SHunday qilib, ijtimoiy ish xodimlari birlashgan tashkilot madaniyati - u yoki bu tashkilotdagi barcha xodimlarning xatti-harakatini belgilab beruvchi umumiy qadriyatlar, e`tiqodlar, munosabatlar yig’indisidir. Ular aniq ifodalangan bo’lmasligi mumkin, ammo to’g’ridan to’g’ri ko’rsatmalar yo’q paytda odamlarning xatti-harakatlari va o’zaro aloqalarini ma`lum ma`noda belgilab beradi va sezilarli darajada umumiy ishni bajarish jarayoniga hamda tashkilotning hayotiy faoliyati xususiyatiga ta`sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |