Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet99/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137

Ijtimoiy ish kasbgina emas, balki ruhiy holat hamdir. Ba`zi bir mutaxassislar unga, bu ishga tegishlilik va sadoqatlilik hissiyotlarini beradigan sifat kabi qaraydilar, usiz azob chekayotgan odamlar bilan, ba`zida echilmaydigan muammolar bilan, o’zining hayotida ko’p narsalarni yo’qotgan odamlar bilan muloqot qilish mumkin emas yoki juda qiyin.


SHaxsning kasb cho’qqilari sari o’zini-o’zi harakatlantirishi beshta asosiy bosqichlarni (E. Zeer bo’yicha) o’z ichiga oladi:

  1. optatsiya - kasbiy va shaxsiy niyatlarni shakllantirish, shaxsiy-psixologik xususiyatlarni inobatga olgan holda kasbni ongli ravishda tanlash;

  2. kasbiy tayyorgarlik – kasbiy yo’naltirilganlik, kasbiy bilimlar va ko’nikmalar tizimini shakllantirish, kasbiy vaziyatlar va vazifalarni nazariy va amaliy echish tajribasini orttirish;

  3. kasbiy moslashish – kasbga kirishib ketish, yangi kasbiy rolni o’zlashtirish, kasbiy o’z-o’zini belgilash, shaxsiy va kasbiy sifatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni mustaqil bajarish tajribasini to’plash;

  4. professionallashuv – kasbiy mavqeni shakllantirish, shaxsiy va kasbiy muhim xossalarni va bilimlarni biriktirish va mustahkam tarkibiy shaklda uyg’unlashtirish, kasbiy faoliyatni malakali mutaxassis sifatida bajarish;

  5. kasbiy mahorat - kasbiy faoliyatda shaxsiyatni namoyon qilish, o’zini-o’zi ro’yobga chiqarish.

II. Ijtimoiy ish xodimi faoliyatining asosiy mazmuni

  • shaxslar, oilalar, guruhlar va hamjamiyatlarga yordam berish (ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy profilaktika);

  • zarur ijtimoiy muhofaza va aholini himoya kilish bo’yicha turli davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda muassasalari faoliyatining integratsiyasiga ko’maklashish;

  • ijtimoiy va psixoijtimoiy muammolarni o’rganish;

  • aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj guruhlari muammolarini hal qilish bo’yicha ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bu dasturlarning samaradorligini baholash.


Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling