Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Ijtimoiy ish xodimi faoliyatining asosiy mazmuni
Ijtimoiy ish kasbgina emas, balki ruhiy holat hamdir. Ba`zi bir mutaxassislar unga, bu ishga tegishlilik va sadoqatlilik hissiyotlarini beradigan sifat kabi qaraydilar, usiz azob chekayotgan odamlar bilan, ba`zida echilmaydigan muammolar bilan, o’zining hayotida ko’p narsalarni yo’qotgan odamlar bilan muloqot qilish mumkin emas yoki juda qiyin.SHaxsning kasb cho’qqilari sari o’zini-o’zi harakatlantirishi beshta asosiy bosqichlarni (E. Zeer bo’yicha) o’z ichiga oladi: optatsiya - kasbiy va shaxsiy niyatlarni shakllantirish, shaxsiy-psixologik xususiyatlarni inobatga olgan holda kasbni ongli ravishda tanlash; kasbiy tayyorgarlik – kasbiy yo’naltirilganlik, kasbiy bilimlar va ko’nikmalar tizimini shakllantirish, kasbiy vaziyatlar va vazifalarni nazariy va amaliy echish tajribasini orttirish; kasbiy moslashish – kasbga kirishib ketish, yangi kasbiy rolni o’zlashtirish, kasbiy o’z-o’zini belgilash, shaxsiy va kasbiy sifatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni mustaqil bajarish tajribasini to’plash; professionallashuv – kasbiy mavqeni shakllantirish, shaxsiy va kasbiy muhim xossalarni va bilimlarni biriktirish va mustahkam tarkibiy shaklda uyg’unlashtirish, kasbiy faoliyatni malakali mutaxassis sifatida bajarish; kasbiy mahorat - kasbiy faoliyatda shaxsiyatni namoyon qilish, o’zini-o’zi ro’yobga chiqarish. II. Ijtimoiy ish xodimi faoliyatining asosiy mazmuni shaxslar, oilalar, guruhlar va hamjamiyatlarga yordam berish (ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy profilaktika); zarur ijtimoiy muhofaza va aholini himoya kilish bo’yicha turli davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda muassasalari faoliyatining integratsiyasiga ko’maklashish; ijtimoiy va psixoijtimoiy muammolarni o’rganish; aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj guruhlari muammolarini hal qilish bo’yicha ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bu dasturlarning samaradorligini baholash. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling