Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet97/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137
Kasbga munosabat:

  • kasbning qadrini, bilimlar va metodologiyasini himoya qiling, ularni ommalashtirish va takomillashtirishga o’z hissangizni qo’shing;

  • ijtimoiy ishdagi professionalizmni ko’taring, uni har tomonlama takomillashtirishga harakat qiling;

  • kasbingizni o’rinsiz tanqiddan himoya qiling, kasbingiz zarur ekani to’g’risidagi ishonchni mustahkamlash uchun imkoni bor ishlarning barchasini qiling;

  • kasbingizni, uning nazariyalari, usullari va amaliyotini konstruktiv tanqid qiling;

  • yangi va mavjud bo’lgan ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ishning yangicha yondashuvlari va usullarini ishlab chiqishni har tomonlama rag’batlantiring.

Ijtimoiy xizmatchining majburiyatlari:

  • va`zxonlik qilmaslik, buyruq bermaslik, ta`qiqlamaslik;

  • mijoz shaxsining sha`ni va unikalligini hurmat qilib uni harakatga, tashabbusga, ijodga undash;

  • mijozga quloq tuta bilish, sabr-toqat ko’rsatish, muammo va vaziyatni tushunish, uning o’rniga o’zini qo’ya bilish, nazokat va odob ko’rsata bilish;

  • muloqotmand bo’lish, ochiq bo’lish, mijozni “gapirtira bilish”, birgalikda muammolarning echimini aniqlash;

  • atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bo’lish;

  • mijoz va uning atrofidagilar o’rtasida vosita, bog’lovchi xalqa bo’lish, mijozga ko’rsatilayotgan xayriya yordami orqali uning sha`ni pastga urilishiga yo’l qo’ymaslik;

  • mijoz bilan ishlashda norasmiy bo’la bilish, mijozning o’z muammolarini hal qilishda maslahatchi, ko’makchi vazifasini bajarish; o’zaro munosabatlarni tenglik asosidagi dialogga qurish;

  • doimo insonparvarlik va mehribonlik nuqtai nazaridan yondashish;

  • mijozni muhokama qilmaslik va unga tanbeh bermaslik;

  • shaxs yoki odamlar guruhiga g’ayriinsoniy va diskriminatsion yondashuvlarning oldini olish;

  • mijozni jismoniy yoki ruhiy o’ng’aysizlikdan, asabiylashishdan, xavfdan va haqoratlardan himoya qilish;

  • o’z xulq-atvorining yuksak axloqiy andozalarga mosligini saqlash, har qanday makrlar, birovlarni aldash, nopok hatti-harakatlarni istisno qilish;

  • doimo faqatgina mijoz manfaatlari yo’lida harakat qilish;

  • o’ziga ko’makchilarni topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlantirishda jamoatchilik ko’magini ta`minlash;

  • faqatgina o’zi vakolatli bo’lgan doirada ish yuritish, o’z ishining sifati uchun shaxsan mas`ul bo’lish;

  • tashqi ta`sir va bosimlarga berilmaslik;

  • mijozni qo’llanilayotgan tadbirlar, unga ko’rsatilayotgan yordam xarakteri, yozuvlar, to’planayotgan ma`lumotlar haqida xabardor qilish;

  • o’zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yo’lida foydalanmaslik;

  • vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan ishtirok etish;

  • mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni fosh etmaslik;

  • ko’rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish;

  • bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg’alar olmaslik;

  • kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish;

  • o’z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish;

  • kasbning obro’si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish;

  • kasbiy o’zaro munosabatlar va o’zaro ta`sir jarayonida hamkasblar ishonchiga hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash;

  • kim bo’lishidan qat`iy nazar, hamkasbi axloqqa zid harakat qilsa, unga qarshi choralar ko’rish.

Odatda, sovuqqonlik deb baholanadigan kasbiy me`yorlarni buzish yoki xatolar “beg’amlik, malakasizlik yoki oldindan o’ylangan niyat tufayli kasbiy me`yorlarni buzish” sifatida baholanadi. Ijtimoiy ish xodimlari maxfiylikni buzganlari, bolalar bilan yomon munosabatda bo’linayotgani haqidagi shubha to’g’risida xabar bermaganlari, suiiste`molliklar, so’z bilan haqoratlash yoki jismoniy zo’ravonlik tahdidi singari holatlarga befarqlik, hatti-harakatlar yordamida haqoratlash, davolash yoki axloq tuzatish muassasasiga xato natijasida yotqizish tufayli erkinlikni cheklagani uchun sud tomonidan ta`qib qilinishi mumkin.
Malaka tavsifi bilan belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun ijtimoiy ish xodimi o’zining quyidagi huquqlaridan keng foydalanadi:

    • mijozlarning manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati organlarida ifodalash va himoyalash;

    • maxsus ma`lumot to’g’risidagi diplom yoki sertifikat bo’lgani taqdirda davlat yoki xususiy ijtimoiy amaliyotni yuritish;

    • mijozlar ehtiyojlari bilan bog’liq ma`lumotlarni to’plash, aholi orasida sotsiologik so’rovlar, diagnostik tadqiqotlar o’tkazish;

    • mijozlarning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini hal qilish to’g’risidagi rasmiy so’rovlar va iltimoslari bilan jamoat tashkilotlariga, davlat muassasalariga murojaat qilish;

    • o’z faoliyati doirasidagi u yoki bu muammoning holati to’g’risida davlat idoralariga axborot berish;

    • ijtimoiy tashabbus va faollik ko’rsatganlari uchun ota-onalar, oilalar, ijtimoiy ish volontyorlarini taqdirlash to’g’risida korxonalar va muassasalar, tijorat tuzilmalari va jamoat birlashmalariga takliflar kiritish;

    • oiladagi tarbiya, ijtimoiy ishdagi tajribani ommaviy axborot vositalari yordamida targ’ib qilish uchun faol ish yuritish;

    • muayyan ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan jamoat tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish.

Ijtimoiy ishning asosiy maqsadi - farovonlik to’g’risida qayg’urish va shaxsning, oilaning, jamiyatning imkoniyatlari va qobiliyatlarini me`yordagi ijtimoiy faoliyatga yo’naltirishdir. Ijtimoiy ish xodimlari odamlar baxtli bo’lishi, o’zlarining hayotidan (oilasidan, ishidan, ma`lumotidan, sog’lig’idan, maoshidan, uy-joyidan, dam olishidan va sh.o’.) ko’ngli to’lishi uchun barcha zarur narsalarni bajaradilar.
Maqsadga erishish yo’lari:

  • mijoz bilan tanishish (jamiyat ham, ijtimoiy guruh ham, inson ham “mijoz” bo’lishi mumkin), vaziyatni baholash;

  • imkoniyatlarni aniqlash, muammolarni, muhtojliklarni differentsiatsiyalash;

  • muammolarni echishda yordam berish, imkoniyatlarni amalga oshirish;

  • kuzatish va g’amxo’rlik qilish.

  • ijtimoiy ishning o’ziga xos qadriyati:

  • yaqinlariga nisbatan muhabbat, qayg’urish, hamdardlik;

  • befarq bo’lmaslik;

  • mijozning ichki salohiyatiga, vaziyatni o’zgartirish imkoniyatiga ishonch;

  • yordam berish va qurbon berish istagi;

  • bilimlarni jamlash;

  • tajribaga ega bo’lish;

  • ijtimoiy ijod.

Ijtimoiy ish xodimi, ijtimoiy xizmatchi, mijozga yordam bera turib, quyidagi funktsiyalarni bajaradi (V. G. Bocharova bo’yicha):

  • tashxis qo’yish – mutaxassis “ijtimoiy tashxis” qo’yadi, psixologik va yoshga oid xossalarni, insonning qobiliyatlarini o’rganadi, uning manfaatlari olamiga, muloqot doirasiga, uning hayoti sharoitlariga kirib ketadi, nisbiy va salbiy ta`sirlarni, muammolarni aniqlaydi;

  • tashkiliy - mutaxassis u yoki bu faoliyatni amalga oshiradi, dam olishning mazmuniga ta`sir ko’rsatadi, ishga joylashishga, kasbiy yo’nalishga va moslashishga yordam beradi, o’smirlar va yoshlar tashkilotlari faoliyatini markazlashtiradi, mijozni tibbiy, ta`lim, madaniy, sport, huquqiy muassasalar va xayriya tashkilotlari bilan o’zaro ta`siriga ta`sir o’tkazadi;

  • prognostik - mutaxassis mikrorayon va ma`lum bir mikrosotsiumning ijtimoiy rivojlanish jarayonini dasturlashtirish va oldindan aytib berish bo’yicha ijtimoiy ishda qatnashadigan turli institutlarning faoliyatida ishtirok etadi;

  • ogohlantirish – profilaktik va ijtimoiy-terapevtik – mutaxassis salbiy ta`sirlar oldini olish va bartaraf etishning ijtimoiy-huquqiy, yuridik va psixologik mexanizmlarini harakatlantiradi va ularda o’zi ham qatnashadi, muhtojlarga sotsioterapevtik yordamni tashkil etadi, jamiyatda huquqlarning himoyasini ta`minlaydi, o’smirlarga va yoshlarga ijtimoiy va kasbiy o’zini-o’zini aniqlash davrida yordam ko’rsatadi;

  • tashkiliy-kommunikativ – mutaxassis ko’ngilli yordamchilarning, aholining ijtimoiy ishga, birgalikda mehnat qilish va dam olishga, xizmat bo’yicha va shaxsiy muloqotlarga kirishishiga ko’maklashadi, axborot to’playdi va turli ijtimoiy institutlar o’rtasida, ularning mijoz bilan ishlashida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yadi;

  • qo’riqlash-himoya qilish – mutaxassis mijozlarning manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy me`yorlarning barcha majmuini ishga soladi, mijozlar huquqiga nisbatan bevosita yoki bavosita g’ayri qonuniy harakatlarga yo’l qo’yayotgan shaxslarga nisbatan davlat tomonidan majburlash va yuridik javobgarlik choralari qo’llanilishiga yordam ko’rsatadi.

Ijtimoiy ishni tashkil etish va boshqarish sohasida band bo’lgan xizmatchi ijtimoiy yordamning turli xil muassasalari bilan ishlashi, turli ko’rinishdagi ijtimoiy ishlar olib borishiga to’g’ri keladi. Turli muassasalarda ijtimoiy yordam tashkilotchilarining ishida o’ziga xosliklar ham mavjud bo’lib.
Ular avvalo ijtimoiy ishning quyidagi yo’nalishlarida namoyon bo’ladi:
a) oilaga yordam berish;
b) ekstremal vaziyatlarda va “xatar guruhlari” bilan ishlash;
v) sog’liqni saqlash tizimida ishlash;
g) ta`lim sohasida ishlash;
d) bandlik xizmatlarida ishlash.
Tegishli xizmatlarning xodimlari sifatida, ijtimoiy xish xodimlari o’zlarini birinchi navbatda aholining ijtimoiy zaif guruhlarining himoyachilari deb his qilishlari kerak. O’zining vazifasini professional darajada amalga oshirish uchun ular odamlarning qanday rivojlanayotganlari, o’zaro ta`sir qilayotganlari, o’zgarishlari, o’qishlari, qiyinchilik va muammolarga munosabatlari, alohida odamlarga ijtimoiy shart-sharoitning ta`sir o’tkazishini bilishlari, shuningdek, ishontirish va majburlash usullarini ularning o’z faolliklarini rag’barlantirish yo’lida nozik biriktirishni bilishlari lozim.
Ijtimoiy ishdagi muhim jihat - biz ko’pincha boshqa odamlar uchun nima kerakligini hal qilish huquqiga ega emasligimizni anglashga, ularning o’zlari mavjud variantlardan eng maqbulini tanlashga izn berishimizga bo’lgan ishonch. Odatda, ularning mavjud muqobilliklarni anglab etishida, xulq-atvorning mavjud variantlaridan har biring qiyosiy ustunliklari va kamchiliklarini baholashda, qarorlarni ongli va oqilona qabul qilishda yordam kerak bo’ladi.
Bunday yondashuv davlat vakillari odamlarning o’zini qanday tutishlari lozimligini zo’rlik bilan tushuntirish, ularga yordam ko’rsatish xarakterini belgilashda o’zlarining tavsiyalarini tiqishtirish an`anasi bilan bog’liq avtoritar yondashuvdan keskin farq qiladi. Mushkul ahvolga tushib qolgan odamlarga o’zlarining his-tuyg’ularini ifodalash, tanglik holatidan chiqish yo’llarini topish, tegishli qaror qabul qilish va uni hayotga tadbiq etishda yordam berish uchun avtoritar ish usullaridan voz kechishdan tashqari har bir odam o’z hayotini o’zi muvaffaqiyatli tarzda tashkil etish huquqiga egaligi va layoqatliligiga chindan ishonish ham zarur.
Ijtimoiy ish kasbiy faoliyatini rivojlantirishda ijtimoiy ish xodimlarining kasbiy manfaatlarini ifodalaydigan, yagona kuchga birlashtiradigan hamda ularni o’rni, mavqei, huquqlari va mas`uliyatiga oshirishga ko’maklashadigan tashkilotlar tashkil etilishi juda muhimdir. SHunda ijtimoiy ish xodimlarining mehnat jamoasi, jumladan, tashkilotlari ham o’z madaniy namunalarini ishlab chiqadi. Bu tashkilot madaniyati deyiladi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, har qanday tashkilot yaxlit tizim sifatida amal qilishi uchun, u ikki asosiy vazifani bajarishi lozim:
1) muhitga moslashishi;
2) ichki integratsiya.
Tashkiliy madaniyat ana shu vazifalarning amalga oshishini ta`minlaydi. Tashkiliy madaniyat, mutaxassislar fikriga ko’ra, quyidagi qismlardan iborat:

  1. e`tiqod - odamning tashkilotda nima to’g’ri ekanligi haqida tasavvurlari;


  1. Download 3.33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling