Samarkand davlat universiteti


Fakul’tet Ilmiy kengashi raisi R.I.Mirzaev


Download 3.33 Mb.
bet2/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Fakul’tet Ilmiy kengashi raisi R.I.Mirzaev


SamDU Ukuv-uslubiy boshkarma boshlig’i A.Xalxo’jaev


Kirish
“Ijtimoiy ishchining etik - professional qadriyatlari” kursining dolzarbligi. Ushbu kurs talabalarni ijtimoiy ish amaliyoti asoslari bilan tanishtiradi va kasbiy bilim va ko’nikmalarni egallashlarini ta`minlaydi. Ijtimoiy xizmat xodimlari jamiyatda bajaradigan oliyjanob maqsad, vazifa va funktsiyalari jamiyatda umuminsoniy qadriyatlar va tamoyillarning amal qilishi hamda ijtimoiy adolatsizning barcha turlarining kelib chiqishiga to’sqinlik qiladi. Shu bilan birga, maxsus axloq kodeksining mavjudligi ham ushbu kasbning o’ziga xosligidan dalolat beradi. Ushbu kurs axloq kodeksining yaratilish tarixi, ijtimoiy ishning bevosita va bilvosita amaliyotini bajarishda hamda ijtimoiy xizmat xodimining kasbiy mahoratining shakllanishida ushbu kodeksning tutgan o’rni va rolini o’rganishga bag’ishlangan.
“Ijtimoiy ishchining etik - professional qadriyatlari” kursining ahamiyati. “Ijtimoiy ishchining etik - professional qadriyatlari” kursi ijtimoiy ish fakul’teti talabalari uchun mo’ljallangan maxsus kurslardan biri hisoblanadi. Ushbu kursni o’zlashtirish talabalarga ijtimoiy ishning axloqiy tomonlari bilan tanishib, ijtimoiy ish asoslanadigan nazariya va yondashuvlarni o’rganish, amaliyotda vujudga keladigan axloqiy ikkilanish(dilemma)lar echimini topish, kamsitishlarga qarshi amaliyot asoslari bilan tanishish imkonini beradi. SHuningdek, bu kurs talabalarga ijtimoiy ishning dunyo amaliyotidagi litsenziyalash va sertifikatsiyalash, o’qitish va amaliyot standartlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishiga xizmat qiladi.
Fanning maqsad va vazifalari
Ijtimoiy ishchining etik - professional qadriyatlari fanini o’qitishdan maqsad talabalarni:

    • Ijtimoiy ish xodimi uchun axloqiy bilimlarni;

    • hayotiy faoliyatning turli qatlamlari bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish;

    • etik qadriyatlarni;

    • sir saqlay bilishni;

    • aholi qatlamlari bilan ishlashda insonparvarlik tamoyillariga amal qilishni;

    • mijozlar manfaatini o’z manfaatidan ustun qo’yishni;

    • milliy va xalqaro kodekslarni;

    • mijozlar bilan ishlaganda xushmuomal bo’lishni;

    • belgilangan ishni bajarishda ma`suliyatli bo’lishni;

    • ijtimoiy xizmat ko’rsatish jarayonida etik qadriyatlardan foydalanishni;

    • xizmat uchun xaq talab qilmaslik kabi amaliy faoliyatlarni nazariy va amaliy jihatlarini o’rgatishdan iborat.

Fanning vazifasiga talabalarni yuqorida ko’rsatilgan ijtimoiy xizmat ko’rsatish faoliyati bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish, tizimli va mustaqil fikrlashga, jamiyatda barcha insonlarga yordam ko’rsatish tamoyillarini targ’ib etishga o’rgatishdan iborat.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling