Samarkand davlat universiteti


Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar


Download 3.33 Mb.
bet8/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   137
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlarida talabalar o’tilgan mavzular bo’yicha o’zlaridagi bilim va ko’nikmalari hamda malakalarini amaliy jihatdan mustahkamlab boradilar.
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda darslik va uslubiy qo’llanmalar asosida bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali o’quv vositalarni tayyorlash tavsiya etiladi.
Seminar mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:

  1. Ijtimoiy ishning kasbiy ahloqiy asoslari. Fanning maqsad va vazifalari

  2. Etika axloq to’g’risidagi fan. Axloqning kelib chiqishi va asoslanishi masalasi

  3. Axloqiy ta`limotlar tarixi. Ahloqiy qadriyatlar va din

  4. Oliy ma`naviy qadriyatlar. Amaliy etika masalalari

  5. Kasbiy ahloqiy kodekslar: xalqaro tajriba. O’zbekistonda ijtimoiy ishchining kasbiy va ahloqiy kodeksi yaratilishi tarixi

  6. Ijtimoiy ishning deontologik asoslari

  7. Ijtimoiy ishchining kasbiy etikasi. Asosiy tushuncha va printsiplar

  8. Ijtimoiy ishchining etik - professional qadriyatlari da asosiy yondoshuvlar

  9. Iste`molchi huquqlari va kons’yumerizm

  10. Ijtimoiy ishchining o’zini tutish standartlari va kasbiy layoqatliligi

  11. Ijtimoiy ish amaliyotida etik ikkilanish(dilemma)lar muhokamasida qaror qabul qilish jarayoni

  12. Turli mijoz va guruhlar bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyoti etik masalalari

  13. Bolalarga qaratilgan ijtimoiy ishning etik tamoyillari

  14. Oila bilan ishlashning axloqiy tamoyillari

Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni.
“Ijtimoiy ishchining etik - professional qadriyatlari ” fanini o’rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va modernizatsiyalashgan jamiyatdagi zaif gurux va qatlamlar muammolarini echishda ko’nikma hosil qilish uchun mustaqil ta`lim tizimiga asoslanib, kafedra professor-o’qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo’shimcha adabiyotlarni o’rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar, esse, prezentatsiyalar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg’ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko’rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etiladi.

  • darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan mavzularini o’rganish;

  • tarqatma materiallar bo’yicha ma`ruzalar qismini o’zlashtirish;

  • komp`yuter texnologiyalari tizimlari bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo’yicha referat, esse, prezentatsiyalar va konspektlar tayyorlash;

  • talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan adabiyotlar, monografiya va ilmiy to’plamlarni chuqur o’rganish;

  • interaktiv va muammoli o’qitish jarayonida faol qatnashish;

  • masofaviy (distantsion) ta`limni tashkil etishda qatnashish.


Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling