Samarkand davlat universiteti


-rasm. Ijtimoiy ish etikasi bilan aloqador fanlar


Download 3.33 Mb.
bet16/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137
1.2-rasm. Ijtimoiy ish etikasi bilan aloqador fanlar

Jamiyat va ma`naviy – axloqiy muhitni sog’lomlashtirish masalalari qadimdan o’rganilib kelingan. Bu jarayonni shartli ravishda to’rt bosqichga bo’lish mumkin:



  1. Qadimgi davrdan VIII asrgacha bo’lgan davr;

  2. O’rta asrlar davri (VIII – XIX asrlar)

  3. Milliy uyg’onish davri (XIX asr oxiri – XX asrning 1-choragi)

  4. Ilmiy o’rganish davri (XX asrning 30-yillaridan to hozirgi davrigacha)

Birinchi davrga oid “Avesto” kitobida jamiyatni ma`naviy-axloqiy takomillashtirishda ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu (amal) axloqni shaxsda shakllantirish tamoyiliga asoslanish lozimligi uqtiriladi.6 Bu davrda nisbatan dunyoviy axloq muomala odobi ustuvor darajada ko’zga tashlanadi.
Ikkinchi davr Islom davri bo’lib, unda dunyoviy axloq normalariga diniy axloqiy fazilatlarni qo’shish xarakterli xususiyatdir. Bu muammo Qur`oni Karim, Hadisi SHarif va mutafakkirlarning asarlarida tahlil qilingan. Jumladan, Abu Nasr Farobiy jamiyatning ma`naviy-axloqiy darajasini fozil fazilatlar va johil xususiyatlar tashkil qilishini ilmiy tahlil qilib bergan.7
Uchinchi davrga yangilanish (jadidchilik) xos bo’lib, unda jamiyatda ijtimoiy-axloqiy faol bo’lgan kishilarni voyaga etkazish masalasi kun tartibiga qo’yilgan. Bu davrda M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy va shu kabi olimlar shaxsni vujud, aql va axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan jamiyatda ma`naviy-axloqiy uyg’onishni yuzaga keltirish mumkinligini asoslab barganlar.8
To’rtinchi davr muammoni ilmiy tahlil qilish davri bo’lib, I.Mo’minov, M.Xayrullaev, e.YUsupov, J.Tulenov, O.Fayzullaev, X.SHayxova, I.Karimov, K.Xonazarov, M.Xolmatova, Q.Nazarov, X.Aliqulov, G.Tillaeva va V.Karimovalarning tadqiqotlari muhim o’rin tutadi. Istiqlol yillarida O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mutlaqo yangi bo’lgan milliy modeli ishlab chiqildi. Bu modelning negizini bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish tashkil qiladi. YAngi davlatchilik va jamiyatni barpo etish ijtimoiy fanlarni, ijtimoiy ish etikasi oldiga ham yangi vazifalarni qo’ymoqda. CHunki, O’zbekistonda “ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi”9. SHu ma`noda hozirgi davlatchilik va jamiyatimizda qo’yidagi to’rt masala ustuvorlikka ega:

  • inson hayoti;

  • inson huquqlari;

  • inson erkinligi;

  • inson manfaatlari.

Bu masalalarni ro’yobga chiqarish uchun jamiyat hayotida boshqa kasb sohalari ahamiyatini inkor etmagan holda ijtimoiy ish kasbi xodimlarining ham jamiyat hayotidagi roli va o’rni hamda ma`naviy – axloqiy fazilatlarini rivojlantirish lozim bo’ladi.
Ham kasb va ham fan sifatida ijtimoiy ish integral xususiyatga ega. Ijtimoiy ish paydo bo’lgan davrdan boshlab bu ish bilan pedogoglar, psixologlar, tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar shug’ullandilar, ijtimoiy ish faoliyati turli ilm sohalari tutashgan joyda yuzaga keladi.
Ijtimoiy ish faoliyati psixologlar, sotsiologlar, pedagoglar, tibbiyotlar xodimlari, huquqshunoslar, faylasuflar, shuningdek, ehtiyojmandlarga yordam ko’rsatishning turli jihatlarini tadqiq qiladigan boshqa soha vakillari sa`y-harakati tufayli yuzaga keladi. Jumladan, ushbu faoliyatda psixologlarni inson shaxsi muammolari, pedagoglarni ularning tarbiyasi muammolari, sotsiologlarni ijtimoiy tuzilma muammolari, huquqshunoslarni muhtojlarga yordam ko’rsatishning qonuniy asoslari, faylasuflarni esa uning eng umumiy muammolari qiziqtiradi10. Boshqacha qilib aytganda, u kompleks dasturlarni hal qilishda turli soha vakillari o’rtasidagi hamkorlikni nazarda tutadigan sohalararo faoliyatni nazarda tutadi.
Ijtimoiy ish sohasiga xos alohida holat shunda-ki, u to’liq inson huquqlariga bag’ishlangan kasb ekanligi ta`kidlangan. Ayni vaqtda ta`kidning o’zi ham to’liq emas, ijtimoiy ish kasbi bilan inson huquqlari mavzusi o’rtasidagi aloqadorlikka taaluqli adabiyotlarning etishmasligi mazkur mavzuning aniq yoritib berilmaganligini ko’rsatadi. Ushbu holat ijtimoiy ish xodimlari o’z amaliyotlarida inson huquqlari mavzusini tatbiq etishga harakat qilayotganlarida o’z mushohadalarining boshlang’ich nuqtasini topishga qiynalayotganliklari tufayli yuzaga kelayotgan bo’lishi mumkin. Agar ijtimoiy ish to’laligicha inson huquqlariga bag’ishlangan kasb bo’lsa, ijtimoiy ish xodimlari inson huquqlarini ta`minlash tamoyilini amaliyotning qaysi qismida qo’llashni boshlaydilar?
Amaliyotda inson huquqlari bilan ishlar ekanlar, ijtimoiy ish xodimlari inson huquqlari Kontseptsiyasini tushunishlari va mos hujjatlar, xususan Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr) to’g’risida bilimga ega bo’lishlari lozim. Biroq, ushbu hujjatlardan tashqari ijtimoiy ish xodimlariga o’z kasblarining inson huquqlari bilan aloqadorligini yaxshiroq tushunishlariga ko’maklashuvchi boshqa hujjatlar ham bor.
Ijtimoiy ish xodimlari Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilingan Axloq Kodeksi shunday hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatning ko’p bo’limlari induvidial xulq-atvorga, masalan konfedentsiallikka amal qilish mijoz bilan shaxsiy aloqadorlik tamoyili va boshqalarga taaluqli bo’lsa, boshqa bo’limlari inson huquqlari bilan ishlashga taaluqli ko’plab misollarni o’zida mujassamlashtiradi. AQSHdagi ijtimoiy ish xodimlarining katta qismi mazkur Kodeksdan qo’llanma sifatida foydalanadilar. Ushbu Kodeks ularga o’z kasblarini inson huquqlari bilan bog’lashda boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi.
Kodeksni insonning mos huquqlariga amal qilishga nibatan qo’llab, AQSHda ijtimoiy ish xodimlari o’z kasblarining asosiy vazifasini bajaradilar. Kodeksda aks etgan bo’limlar ijtimoiy ish xodimlarini o’z mijozlaring huquqlariga amal qilishga chaqiradi. Garchi Kodeksning o’zida bir marta ham “inson huquqlari” atamasi ishlatilmasa-da, uning tili baribir inson huquqlariga doir asosiy hujjatlar, ayniqsa, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining uslubini eslatadi. Kodeksni inson huquqlariga doir xujjatlar bilan aynan mos kelishini, ijtimoiy ish xodimlari nima uchun ularning kasblari inson huquqlari bilan mustahkam aloqada ekanligini yaxshiroq tushunadilar, hamda mazkur huquqlarga amal qilish tamoyilini amaliyotga yaxshiroq qo’llaydilar.
Tarixan ijtimoiy ish insonlar va insonlar guruhlari o’rtasidagi adolatsizliklar bilan ishlashga to’g’ri kelgan. Ijtimoiy ish insonparvarlik va demokratik g’oyalar asosida rivojlandiki, ularga amal qilish, uni kamsitishlar va resurslarning adolatsiz taqsimotiga qarshi kurash sari boshlaydi. Mazkur asosiy jihat – adolatsizlikka qarshi kurash va demokratik g’oyalarni ilgari surish – ijtimoiy ish xodimi Axloq Kodeksining bir qismini tashkil etadi.
Ijtimoiy ish insonga ham, uning ehtiyojlari qondirishga atrofdagilarning muhim amaliyot kasb etishini ehtiborga olgan xolda atrofdagilarga ham yo’naltirilgan bo’ladi. Ijtimoiy ish xodimlari nafaqat aloxida odamlarga ko’mak beradi, balki kengroq, global darajada ham o’zgarishlar yasashga intiladilar. Respublikamizda olib borilayotgan demokratik huquqiy davlat barpo etish siyosati o’z navbatida ijtimoiy ishchi xodimlariga bo’lgan talabni yuzaga keltiradi va buning mobaynida bu soxa vakillariga bir qator mashuliyatli vazifalarni yuklaydi. Bunday vazifalarga quyidagilarni misol tariqasida ko’rsatish mumkin:

  • ijtimoiy ish xodimlarining halol va madaniyatli inson bo’lishligining zarurligi;

  • himoyasidagi insonlarni millati, irqidan va dinidan qat`iy nazar barchasini baravar ko’rib muomalaga kirish;

  • ijtimoiy ish xodimi madaniyatining tamoyillariga amal qilish;

  • ijtimoiy ish xodimning qanday vaziyat bo’lishidan qathiy nazar, insonparvarlik xususiyatlarini amalga oshirishga kuch va g’ayrat topishligi;

  • ayniqsa mustaqil ravishda o’zini o’zi ximoya qilishga qodir bo’lmagan odamlarni, masalan, ishchi layoqatsiz bolalar va yoshlar hamda aqliy taraqqiyoti buzilgan yoki sekinlashgan kishilarni qabul qilingan mahnaviy sog’lom qonunchilik doirasida ximoyalashga doir ish olib borish;

  • turli etnik guruhlar va jamiyatdagi insonni asosiy huquqlariga qarama-qarshi bo’lmagan anhanalar, madaniyatlar, mafkuralar, ehtiqodlar va fanlarni hurmat qilish va ularga yordam berish.

Yuqorida qayd etilgan maqsadlarning barchasi ijtimoiy ish kasbining zaruriy omillari sanaladi va bu kasbning egasidan vijdonan yondashishlik talab qilinadi. Ushbu soha vakillarini respublikamizda mavjud huquqiy-me`yoriy xujjatlar ham qo’llab-quvvatlaydi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham o’zida xalqaro inson huquqlari borasidagi to’plangan ijobiy tajriba tamoyillarini muhrlagan. Bundan ko’rinib turibdi-ki, hozirgi zamon davlatlarining inson huquqlari masalasidagi faoliyatlariga asos bo’lib xizmat qiladigan tamoyillar, ham nazariy, va ham amaliy ahamiyatga molikdir, ularni qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin:
- inson huquqlari har bir insonga tavallud topishi bilan tabiiy ravishda uzviy taaluqli, mansub bo’ladi, shu bois ular tabiiy huquqlardir, ular bo’linmas va insondan ajralmas huquqlardir;
- inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanib, ularni hurmat qilish, himoya etish va ularga rioya etish xar bir davlatning majburiyatidir;
- inson huquqlari barcha odamlarning tengligiga asoslanadi va umumiy-uiiversal harakterga ega;
- inson huquqlari - ayni paytda hokimiyat ustidan nazorat qilishning vositasi hisoblanib, u davlat hokimiyati tomonidan sodir etilishi mumkin bo’lgan o’zboshimchaliklarni cheklab turadi, zero davlat inson huquqlari bilan belgilab berilgan erkinlik doirasidan chetga chiqishi mumkin emas;
- inson huquq va erkinliklarini ta`minlash - shaxsni u yoki bu belgiga asoslanib kamsitilishiga olib kelmasligi shart;
- inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish - boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga zarar etkazmasligi, buzmasligi shart;
- inson huquq va erkinliklari butun mamlakat xududida yagona bo’lishi kerak;
- insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari o’zaro tengdir, yahni huquqlar tizimida pog’onaviylik -ierarxiya bo’lmasligi lozim;
- kollektiv (jamoaviy) huquqlar individ (yakka shaxs) huquqidan ajralmasdir va ular o’zaro bir-biriga zid kelishi, shaxsning huquqiy maqomini cheklashi mumkin emas;
- inson huquqlari faqat qonun, yahni yuqori yuridik maqomga ega bo’lgan xujjat bilangina tartibga solinishi lozim;
- inson huquq va erkinliklari faqat qonun bilan, Konstitutsiya va boshqa xalqaro hujjatlarda ko’rsatilgan hollardagina cheklanishi mumkin;
Ta`kidlash lozimki, inson huquqlari masalasiga doir xalqaro amaliyot tayanadigan yuqorida zikr etilgan printsiplar qator nufuzli xalqaro hujjatlarda o’zining ifodasini topgan:
-1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi:
-1966 yilda qabul qilingan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt va va boshqa shu kabi hujjatlar.11
Bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida qo’lga kiritilgan olamshumul g’alabalar biri - inson huquqlari kategoriyasi rivojlanishidir. Inson huquqlari insoniyat taraqqiyotining mezoni sifatida mustahkamlanib, jahondagi barcha davlatlarida rivojlanib bormoqda. Muayyan bir davlatda inson huquqlari ta`minlanishi ushbu davlatning har tomonlama yuksalishi, turmush tarzining yaxshilanishi, iqtisodiy farovonlik darajasining o’sishi, xalqaro munosabatlarda mavqeining yuksalishiga xizmat qiladi. Zero, inson huquqlari kishilik jamiyatning barcha jabhalarini kamrab olib, ularni ta`minlagan davlat ijtimoiy inqiroz bilan bog’liq bo’lgan turli nomuvofiqliklardan xoli bo’lib, chinakam demokratik huquqiy davlat sifatida shakllanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganlaridek, “Inson huquqlariga asoslangan demokratik jamiyatining xalqaro miqyosda e`tirof etilgan tamoyillari bor. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqalar va millatlararo do’stlik, insonning o’z xoxish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko’pchilikka bo’ysinishi, barcha fuqarolarning teng huquqligi, davlatning asosiy idoralari saylanishi, ularning saylovchilar oldida xisobot berishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, tayinlash yo’li blan shakllanadigan davlat idoralarining saylovchi tashklotlar oldida javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi”12. Ma`lumki, inson huquqlari haqidagi g’oyalar kishilik jamiyatida davlat, davlatchilik, huquq kabi kategoriyalar paydo bo’lishidan mavjud bo’lib, ularning insonlar turmush tarziga kirib borishi 19 asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. 
Mazkur institut 20 asrning ikkinchi yarmidayoq umum ee`tirof etilgan qadriyat sifatida xalqaro-huquqiy hujjatlar asosida mustahkamlanib, davlatlarning amaliyotida singdirila boshladi. Xozirda zikr etilgan hujjatlarning o’ziga hos huquqiy poydevori - Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 90 ortiq davlatlarning konstitutsiyasida o’z ifodasini topdi, 180 ortiq mamlakatlar tomonidan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi Pakt ratifikatsiya qilindi. Bugungi kunda BMT tomonidan 70-yaqin, Ovro’po Kengashi tomonidan-160-tadan ziyod, YUNESKOda-70tadan ortiq, Ovro’poda xavfsizlik va xamkorlik tashkiloti tomonidan-30tadan ortiq turli mintaqaviy tashkilotlar tomonidan ham ko’plab inson huquqlari oid xalqaro shatnomalar, konventsiyalar, paktlar qabul qilindi. Darhaqiqat, professor A.X.Saidov e`tirof etishicha: “ Inson huquqlari-bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Inson huquqlari-har bir davlatning demokratik taraqqiyoti darajasini ko’rsatuvchi muhim mezondir. SHuning uchun ham, inson huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o’rin tutadi ”13.
Bundan ko’rinib turibdi-ki, inson huquqlarini ximoyalash doimiy ravishda butun jaxon diqqat markazida turadi. SHular bilan bir qatorda respublikamizda xam inson huquqlarini himoyalash jamiyatning asosiy maqsadi xisoblanadi. Respublikamizga yangi ijtimoiy ish xodimi kasbining kirib kelishi fuqarolik demokratik jamiyat qurilishiga katta xissa qo’shishi mumkin. Faqat buning uchun birinchi navbatda jamiyatimiz oldida bu soxa bo’yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash va xalqimizga bu soha bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish masalalari turibdi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling