Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet12/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   137
Internet manbalari

xttp://aupam.narod.ru/pages/sozial/modeli_invalidnosti/oglavlenie.xtml


xttp://www.library.tver.ru/
xttp://vitaportal.ru/psixologiya/sotsialnaya-model-invalidnosti.xtml
xttp://mioby.ru/novosti/socialnaya-model-invalidnosti/


1-mavzu: “Ijtimoiy ishda etikani axamiyati. Fanning maqsad va vazifalari
Reja:

    1. Ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari” fanining ob`ekti, predmeti.

    2. Ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari” fanining maqsadi va vazifalari.

    3. Ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari” fanining boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi.

    1. Ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari fanining predmeti va mazmuni

Ijtimoiy ish - bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal kilish va jamiyatdagi ijtimoiy o’zgarishlarda ko’maklashishga yo’naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko’rsatish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy ish keng ma`noda ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamning o’ziga xos modelidir. Uni jamiyatning aniq bir tarixiy davrida ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishining xususiyatlariga mos ravishda ruyobga chiqaradi. Tor ma`noda esa ijtimioy ish ijtimoiy zaruriy faoliyat bo’lib, odamlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni engishda yordam berishga qaratilgan.
“Ijtimoiy ish” – butun dunyoda qabul qilingan ibora bo’lib, u insonning insonga gumanistik munosabatini bildiradi.
Jamiyatning rivojlanish jarayoni, jamiyatda yashayotgan insonlarga nisbatan ijtimoiy munosabat orqali belgilanadi. Ayniqsa, davlatning yordamga muxtoj bo’lgan odamlar qatlamiga e`tibori, ijtimoiy zaif kishilarga, ya`ni keksalar, nogironlar, yolg’iz, nochor kishilarga yordam berishi, ana shu jamiyatning yuksak ma`naviyati va ijtimoiy moddiy jihatdan barkamolligidan dalolat beradi. Jahon tajribasida o’z yaqinlariga yordam berish, og’irini engil qilish, hamdard bo’lish, xayr-ehson qilish azaldan turli ko’rinishlarda amalga oshirib kelingan. Ayniqsa, bu fazilatlar diniy qatlamlar orasida keng rivojlangan bo’lib, o’ziga xos ko’rinishlari bilan namoyon bo’lib kelgan. Tarixan o’z in`ikosini topgan bu insoniy fazilat ming yillar mobaynida xayriya, insonlarga yordam berish orqali diniy burch sifatida yuzaga kelgan bo’lib, XIX-XX asrlarga kelib, alohida mazmun va mohiyat kasb etuvchi professional kasbga aylandi. Bu davrlarga kelib, insonparvarlik tamoyillariga suyangan diniy xayriya bilan shug’ullanuvchilar bilan zamonaviy ijtimoiy xodim orasidagi farq yuzaga keldi va o’z shaklu-shamoyillari bilan rivojlanib kelmoqda. Ijtimoiy ishni professional kasb sifatida, alohida fan yo’nalishida o’rganish, bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Dunyoning rivojlangan davlatlarida ijtimoiy ish instituti yuz ellik yil mobaynida faoliyat olib bormoqda va etakchi oliy dargohlarda kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladi. Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamni o’ziga xos modeli sifatida hayotga tadbiq qilinmoqda.
Ijtimoiy ish faqatgina kundalik insonlar orasidagi muammolarni hal qilish borasida yordam berish bilan cheklanmay, balki ehtiyojiy qiyinchiliklarni engib o’tish xususiyatlarini va o’ziga o’zi yordam berish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilganligi bilan, xayr-saxovat va ana shu faoliyatning shunga o’xshash turlaridan farq qiladi. Bu hodisani istalgan hayotiy vaziyatda odamni o’z muammolarni o’zi hal qilishga o’rgatish deb tushunish mumkin. Ijtimoiy ish bilan shug’ullanuvchi kasb egalari bugungi kunda keng doiradagi muammolarga duch kelmoqdalar. Alkogolizm, giyohvandlik, mulkchilik huquqlarining bo’zilishi, bolalarga yomon muomalada bo’lish, oilaviy janjallar, ruhiy va jismoniy kasalliklar, darbadarlik, jamiyatdan ajralgan holda yashash shular jumlasidandir. Bularning barchasi maxsus tayyorgarlik talab qiladi. Bunga yuzaki yondoshish mumkin emas. CHunki ijtimoiy ish xodimlari tegishli bilim va ko’nikmalarga ega bo’libgina qolmay, balki, shu kasbga doir axloqiy normalar va tamoyillarga rioya qilishga tayyor bo’lishlari kerak.
Ijtimoiy ish xodimlarining xizmat turlari mijozlarning yoki guruhlar muammolarining mazmuni, ya`ni yordam va qo’llab-quvvatlashning talab darajasi, faoliyat turlaridan kelib chiqib tasniflanadi. Ijtimoiy xizmat xodimlarining faoliyati me`yoriy huquqiy xujjatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Qoidalarga ijtimoiy xizmat tashkilotining maqsad va vazifalari, moliyalashtirish manbasi, xodimlarning ish majburiyatlari, ish jarayonida amal qilinishi lozim bo’lgan axloqiy tamoyillar aks etishi lozimdir.
Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o’zgarishlarga insoniy munosabatlar muammolarini hal qilishga, shuningdek, odamlarning farovonligini oshirish uchun imkoniyatlarning taqsimlanishiga va ozod bo’lishiga ko’maklashadi. Insoniy xulq-atvor va ijtimoiy tizimlar haqidagi nazariyalardan foydalanib, ijtimoiy ish odamlarning atrofidagilar bilan o’zaro aloqadorlikka kirishgan joylarda yuzaga keladi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ishning asosi bo’ladi (2001). Ijtimoiy ish xodimlari insonparvarlikka, halollikka xizmat qilish yo’li bilan inson qadr-qimmatini hurmat qilishga, ijtimoiy adolatni ta`minlashga ko’maklashishi kerak.
Fan sifatidagi ijtimoiy ishning predmeti alohida shaxs, muayyan ijtimoiy guruh yoki shaxs hayotiga bevosita aloqador bo’lgan ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy hodisalar, ularning psixologik-pedagogik, iqtisodiy va boshqaruv omillari ta`sirida o’zgarish tamoyillaridir.
Ijtimoiy ish fanining predmeti, o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida uni boshqa fanlar predmetlari, avvalo sotsiologiya, psixologiya, konfliktologiya, ijtimoiy tarix predmetlari bilan qiyoslab so’z yuritish mumkin.
Ijtimoiy ish ko’proq amaliy xususiyatga ega. U faqat nazariyadan iborat emas, balki o’z tarkibiga uzviy ravishda muayyan amaliy tajribaning ma`lumotlarini ham qamrab oladi. xayot bilan, aholi turli guruhlari va qatlamlari hayotining muayyan shart-sharoitlari bilan mustahkam aloqa ijtimoiy ish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshirishdagi muhim shartdir.
Ijtimoiy ishning eng muhim tizim tashkil qiluvchi elementlaridan biri ijtimoiy ishdagi voqea va hodisalar mohiyati o’rtasidagi mustahkam, takrorlanib turuvchi ob`ektiv aloqadorlikni ifodalaydigan qonuniyatlardir. Ijtimoiy ish qonuniyatlarini nazariy asoslash va eksperimental jihatdan tasdiqlash hozirgi zamon olimlari va tadqiqotchilari oldida turgan asosiy vazifalardan biri.
Hozirgi kunda quyidagi qonuniyatlar to’g’risida so’z yuritish mumkin:

  1. ijtimoiy ish jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga odamlarning ehtiyojlari, muayyan vaziyat talablari asosida ta`sir o’tkazish bo’yicha faoliyat turi bo’lib, u barcha odamlarning manfaatlariga, ularning ma`naviy yuksalishlariga va ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga, ijtimoiy salomatlikning saqlanishi va reabilitatsiya qilinishiga xizmat etadi;

  2. individning shakllanishi “ijtimoiy dastur” bo’yicha – shaxsning o’z rivojida o’zining faolligi hal qiluvchi rol o’ynaydigan ijtimoiy muhit ta`sirida yuz beradi;

  3. ijtimoiy xizmatlarning shakllanish va iste`mol qilish manbalari ijtimoiy determinatsiyalashga (lotincha determino- aniqlayman) xususiyatga ega, ya`ni ular jamiyat ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lib uning taraqqiyotidagi tamoyillarni aks ettiradi.

Ijtimoiy ish sub`ektlari:
1) ijtimoiy yordam ko’rsatayotgan ijtimoiy xizmatchilar, ijtimoiy pedagoglar;
2) boshqalarni ijtimoiy ishga o’rgatayotgan professor-o’qituvchilar tarkibi;
3) ijtimoiy ish rivojlanish holatini qayd etayotgan, to’plangan materialni umumlashtirayotgan va tizimlashtirayotgan, uning rivojini prognozlashtirayotgan tadqiqotchilar;
4) mamlakatdagi ijtimoiy siyosatni shakllantiradigan va amalga oshiradigan ma`muriy-boshqaruv xizmatchilari.
Turli shakllar va nomlar bilan ataladigan ijtimoiy ishchi kasbi turli tarixiy va turli madaniy-tarixiy davrlardan buyon ma`lum. Ijtimoiy ishning birinchi marta tilga olinishi eramizdan avvalgi 1750 yilga taalluqlidir. Bu vaqtda Bobilda adolat kodlari – fuqarolik aktlari yaratilgan bo’lib, ular odamlarni o’z yaqinini sevishga, kambag’allar to’g’risida qayg’urishga chorlaydi. qadimgi Gretsiyada ijtimoiy ish “filantropiya1” sifatida ma`lum bo’lgan, Rimda esa– “xalq an`anasi” sifatida. qadimgi inklar yordam berish jarayonini “minka” deb, ma`jusiy slavyan qabilalari “slepnya” deb ta`riflaganlar. Rossiyada ijtimoiy ish 1864 yildagi er islohotlarini o’tkazish davrida paydo bo’ldi, lekin u paytda bu nom bilan atalmagan edi. Ijtimoiy xizmatchilarning e`tiborini ko’zi ojizlarga, kambag’allarga, qarovsiz bolalarga, boshpanasiz odamlarga qaratish bo’yicha funktsiyalarni maxsus vakillar bajarganlar. Bu faoliyatning muvaffaqiyati, boshqa istalgan har qanday faoliyatdagi kabi, odamlarning bilimlariga, hayotiy tajribasiga va kasbiy mahoratiga bog’liq edi.
Ijtimoiy ish xodimlarini kasbiy tayyorlashning birinchi dasturlari XIX asr oxirida Amsterdamda, keyin Berlinda, Londonda paydo bo’ldi, bu ijtimoiy ishning kasbiy darajaga o’tishini anglatardi; bunda ijtimoiy tashxis qo’yishda va ijtimoiy ish usullari va vositalarini tanlashda umumiy axloqiy mezonlarga emas, balki ilmiy asoslangan kasbiy yondashishga amal qilinadi. Ijtimoiy ko’mak natijasi insonning o’zini ham, ijtimoiy muhitning ham o’zgarishlari hisoblanadigan tadbirlar majmui hisoblana boshladi. Butun XIX asr davomida ijtimoiy xizmatchilar tomonidan asosiy tezis, ya`ni insonning ijtimoiy xastaliklarini davolash uchun shaxsning imkoniyatlari va uning ijtimoiy muhitini, eng avvalo uning oilasini erkinlashtirish va rivojlantirish, yuksaltirish kerakligi haqidagi bosh tezis qaror topdi.



Jahon amaliyotidagi zamonaviy yondashish ijtimoiy ish ijtimoiy o’zgarishlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan faoliyat shakllaridan biri ekanini aniq-ravshan tushunishda. SHu nuqtai nazardan ijtimoiy ish jamiyatdagi ijtimoiy kataklizmlarni va ziddiyatlarni qat`iy to’xtatib turadigan vosita hisoblanadi va unga jamiyat va davlat qanchalik ko’p mablag’ ajratsa, u shunchalik samaraliroq bo’ladi.
Ijtimoiy ish keng ma`noda ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy yordamning o’ziga xos modelidir. Uni jamiyat aniq bir tarixiy davrda ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanishining xususiyatlariga mos ravishda ruyobga chiqaradi. Tor ma`noda esa ijtimoiy ish ijtimoiy zaruriy faoliyat bo’lib, odamlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni engishda yordam berishga qaratilgan.
Ijtimoiy ish tushunchasi – butun dunyoda qabul qilingan ibora bo’lib, u insonning insonga gumanistik munosabatini bildiradi.
Ijtimoiy ish filantropiya, xayriya va boshqa faoliyatlardan shu bilan farqlanadiki, u nafaqat kundalik muammolarni echishda yordam berishga, balki muhtoj kishilarga qiyinchiliklarni engish texnikasini o’rgatadi.
Ijtimoiy ishning tarkibiy qismlarini ketma-ketlikda qarab chiqishda tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy ishning sub`ektlar o’z muhimligiga qaramasdan ob`ektlarning ham hosilasi va etakchisidir. Ijtimoiy ish ob`ektlari u yoki bu jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, hatto siyosiy sharoitlari ta`sirida shakllanadi. Sub`ektlari esa xuddi shu ob`ektiv sharoitlar ta`sirida yuzaga kelsalar-da, shu bilan birga siyosiy va boshqa ijtimoiy institutlar tomonidan, ustqurmaviy jihatdan shakllantiriladi.
Ob`ektlarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, ob`ektlar vujudga kelgan muammolardan kelib chiqib, hal etish kerak bo’lgan masalalar darajasi bilan aniqlanadi. Sub`ektlar esa (ijtimoiy xizmatlar) ana shu asosda shakllanadi, tashkil topadi. Ijtimoiy ishning tarkibiy qismlari «ob`ektlar-sub`ektlar» nisbatida qarab chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy ish sub`ektlari tavsifini uning barcha jihatlarini hisobga olgan holda, xususan amaliy va ilmiy hamda o’quv predmeti sifatida qarab chiqish lozim. Chunki ular ijtimoiy hayot fenomenining bir-biri bilan zich bog’langan va bir-biri bilan aloqador faoliyat turlari hisoblanadi.
Ob`ektni sub`ekga, uning predmetli-amaliy faoliyatini bilish deb izohlash mumkin.U ob`ektiv voqe`likka shunchaki o’xshash emas, balki sub`ekt bilan o’zaro aloqa va ta`sir qiluvchi qismdir.
Sub`ekt – predmetli-amaliy faoliyat va bilishning ifodalovchisi (individ, ijtimoiy guruh) bo’lib ob`ektga qaratilgan faollik manbaidir1.
Ijtimoiy ishda ob`ektlar va sub`ektlarni tushunishda 3 ta muhim bo’lgan jihatni ta`kidlash lozim: birinchidan, ularning o’zaro farqlari; ikkinchidan, ularning organik o’zaro aloqasi va ta`siri; uchinchidan, ularning joy almashish imkoniyatlari.
«Ob`ekt» hamda «sub`ekt» tushunchalari o’zaro bog’liqlikda bo’lishi mumkinligini hamda nazarda tutish kerak. Ob`ektli-sub`ektli munosabatlar ijtimoiy ishni asosan amaliy faoliyat sifatida tavsiflaydi.
Ijtimoiy ishni fan sifatida o’rganishimizda ob`ektli-predmetli munosabatlar bilan ish ko’ramiz. Agar ob`ekt ijtimoiy ishning amaliy muayyan bir turi sifatida qabul qilinsa, predmeti esa shu ob`ektning (mijoz-individ, oila, jamoa, ijtimoiy guruh) tomonlarini tashkil etadi. Ta`bir joiz bo’lsa buni ijtimoiy ish qonuniyatlari deb ham hisoblashimiz mumkin.
Ijtimoiy ishni o’quv fani sifatida (aniqrog’i o’quv jarayoni) tahlil qilinganda, tinglovchilar, talabalar ob`ekt, sub`ektlar esa – o’qituvchilar tarbiyachilar hisoblanadi. SHu bilan birga bu erda ob`ekt-sub`ekt munosabatlari haqida gap ketganda, ayniqsa (tinglovchilar) talabalar mustaqil ilmiy tadqiqot va boshqa faoliyati (shu jumladan amaliy) jonli misol bo’la oladi.
Ijtimoiy ishning ob`ekti keng ma`noda izohlanganda barcha odamlar hisoblanadi. Bu aholini barcha qatlamlari va guruhlarining hayotiy faoliyati ko’p jihatdan jamiyat taraqqiyotining darajasi, ijtimoiy sohaning ahvoli, ijtimoiy siyosatning mazmuni, uni amalga oshirish imkoniyatlari bilan aniqlanadigan shart- sharoitlarga bog’liqdir. Umuman aholini ijtimoiy himoya instituti doirasida ijtimoiy ish ob`ekti va sub`ekti masalasi yanada yorqinroq namoyon bo’ladi. Bu esa ijtimoiy siyosatni yanada oydinlashtiradi. CHunki har bir inson o’z hayotining har qanday davrida o’zning istak, ehtiyojlari, hatto qiziqishlarini to’laroq qondirilishiga intilishini ham nazarda tutish kerak. SHu bilan birga odam hayot faoliyatining har bir sohasida istak-ehtiyoj bir xil qondirilmasligi mumkin. Oddiy qilib aytganda har bir inson u yoki bu darajada jamiyat tomonidan qo’llab-qo’vvatlanishga, yordamga, himoyaga muhtojlikni anglatadi. Hatto boy odamning ham qattiq hayojonga soluvchi vaziyatlar bilan bog’liq tashvishlari, tinchroq vaziyatda o’z sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga muxtoj bo’ladi. Ba`zan sog’lom odam o’zining turli niyatlarini amalga oshirishga imkoniyati bo’lmay, omadsiz, hatto qashshoq bo’lishi mumkin yoki har qanday oilada er-xotin yoki ota-ona bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi kabi jarayonlarda ko’rish mumkin.
Aholi turli xil tabaqa, qatlamlarga mansub bo’lib ularning ba`zilari hayotning qiyin, murakkab vaziyatiga duch kelganda o’zining ijtimoiy muammolarini hal etolmaydigan darajada bo’litshi mumkin. Ijtimoiy huquq1 aynan aholining ana shu guruhlari, qatlamlariga alohida e`tiborni qaratishni nazarda tutadi.
Umuman tabaqalashtirilgan yondashuv, ya`ni ularni klassifikatsiyalash (tasniflash) guruhlashtirish quyidagi shakllarda namoyon etish mumkin:

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling