Samarkand davlat universiteti
-mavzu: IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY eTIKASI
Download 3.33 Mb.
|
3-mavzu: IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY eTIKASI
Reja: 1. Faoliyat turi sifatida ijtimoiy ish yuzaga kelishining tarixiy shart-sharoitlari. 2. G’arbiy Evropa va AQSHda ijtimoiy ishning kasb sifatida qaror topishi. 3. XX asrda ijtimoiy ishning rivojlanishi Jamiyatning rivojlanganlik darajasi odatda jamiyatdagi keksalar va bolalarning ahvoliga, ularning o’zini qanday his etishiga, yordam va qo’llab- quvvatlashga muhtoj bo’lgan barcha odamlar toifasiga davlatning qanday munosabatda bo’lishiga qarab belgilanadi. Ijtimoiy zaif kishilarga, ya`ni keksalar, nogironlar, yolg’iz, nochor kishilar va aholining boshqa toifalariga yordam berish jamiyatning yuksak ma`naviyati va madaniyligidan dalolat beradi. Yaqinlariga yordam berish, hamdard bo’lish va xayr-ehson qilish azaldan turli mamlakatlar xalqlariga xosdir. Ushbu fazilatlar O’zbekiston xalqiga ham xos bo’lib, milliy qadriyatlar, an`analar va urf-odatlarning asosini ifodalaydi. Ularni esa asrash va rivojlantirish zarur. Bu odamlar, ayniqsa yoshlar ongida insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi bilan uzviy bog’liq yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish bosqichiga chiqqan bir pallada ayniqsa muhimdir. Mamlakatni isloh qilish, bozor munosabatlari qaror topayotgan sharoitlarda jamiyatdagi har bir kishining munosib hayot kechirishini ta`minlash sifatida tushuniladigan milliy-davlatchilik manfaatlari ustuvorligi milliy mustaqillik mafkurasi shioriga aylanmoqda. Jamiyatning barcha qatlamlari ijtimoiy birdamligi va javobgarligi bunga erishishning zarur omili hisoblanadi. Ijtimoiy ishni kasb va akademik fan sifatida o’rganish mazkur holatda nihoyatda muhim va foydalidir. Mamlakatimizda yangi «Ijtimoiy ish xodimi» kasbiga ehtiyojni shakllantirish aholi ijtimoiy zaif qatlamlarining u yoki bu toifalariga nisbatan ijtimoiy ish amaliyoti bilan shug’ullanadigan, ularga har tomonlama yordam ko’rsatadigan muassasalar, xalqaro va jamoat tashkilotlarining keng tarmog’i tashkil etilishi bilan izohlanadi. Dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida ijtimoiy ish instituti yuz yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat olib bormoqda va jahonning etakchi universitetlari bunday tayyorgarlikni amalga oshiradi. Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisa sifatida keng ma`noda ijtimoiy yordamning o’ziga xos modelini ifodalaydi. Buni jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot xususiyatlariga qarab aniq bir tarixiy davrda amalga oshiradi. Tor ma`noda ijtimoiy ish shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni engib o’tishda odamlarga, ijtimoiy guruhlarga yordam berishga yo’naltirilgan ijtimoiy zarur faoliyatdir. «Ijtimoiy ish» - butun jahonda qabul qilingan insonning insonga munosabatini, insonning jamiyatga moslashishini engillashtirish uchun qaratilgan faoliyatni anglatuvchi atamadir. Bu ish ming yillar oldin xayriya va insonlarning diniy burchi sifatida yuzaga kelib, XX asrda maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan kasbga aylandi. Kelajakni tadqiq etish xalqaro Akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan «Jahon mamlakatlari 2002-2010 yillarda - muammolar va echimlar» loyihasi ishtirokchilari taxmin qilayotgandek, XX asrda ishchi va oldingi asrlarda dehqon ommaviy kasb bo’lganidek, XXI asr ijtimoiy ish xodimi asri bo’lishi taxmin qilingan. Ijtimoiy ishning teran insonparvarlik manbalarini qayd etgan holda diniy xayriya bilan shug’ullanadigan kishilar va zamonaviy ijtimoiy ish xodimi o’rtasidagi farqni ko’rsatish zarur. Ma`naviy burch tuyg’usi va ko’rsatilayotgan yordamning kattaligi va uzoq muddatliligi bilai ulchanadigan ezgu ishlar qilishga intilish xayriya bilan shug’ullanadigan kishilarga kuch bag’ishlaydi. Ijtimoiy ish kundalik muammolarni hal qilishda yordam berishgagina emas, balki ehtiyojmandlarda qiyinchiliklarni engib o’tish xususiyatlarini va o’ziga-o’zi yordam berish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilganligi bilan filantropiya, xayr-sahovat va faoliyatning shunga o’xshash turlaridan farq qiladi. Buni istalgan hayotiy vaziyatda odamni o’z muammolarini o’zi faol hal qilishga o’rgatish deb aytish mumkin. Tarqoq, kam sonli yolg’iz kishilar tomonidan emas, balki kuchli davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan professional yordam eng samarali hisoblanadi. Ijtimoiy ish rivojlanishining dastlabki bosqichida bu ish bilan asosan XIX asrda sanoatning tez rivojlanishi va Evropa mamlakatlarida shaharlarining roli oshishi tufayli kelib chiqqan ijtimoiy muammolarning keskinlashishidan tashvishlangan turli filantropiya jamiyatlari shug’ullangan. Sanoat inqilobining sodir bo’lishi G’apb ijtimoiy tuzilmasida ulkan o’zgarishlarga olib keldi, bu esa inson va jamiyat o’rtasida munosabatlarning yangi tipini yuzaga keltirdi. Farbda yangi intellektual yo’nalish vakillari paydo bo’ldi, ularning qarashlari davlatning shaxs oldidagi javobgarligi va ma`naviy burchi to’g’risidagi tushunchalar paydo bo’lishiga ko’maklashdi. Ijtimoiy muammolarning keskinlashishi nochorlar muammosining kelib chiqishiga olib keldi, jamoatchilik fikri ushbu muammo barqarorlik va tartib-intizomiga xavf tug’diradi, deb hisobladi. Va bu holat, pirovardida, aholining turli guruhlarini empirik o’rganishga buyurtmalar paydo bo’lishida va ijtimoiy islohotlar o’tkazilishida, keyinchalik esa ijtimoiy islohotchilar tashabbusi bilan ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlashning turli shakllari paydo bo’lishida aks etdi. YAngi harakatning intensiv rivojlanishi, ixtisoslashtirilgan xizmatlarning tashkil etilishi natijasida nafaqat shoshilinch yordam ko’rsatishni nazarda tutadigan, balki profilaktik yoki oldini oluvchi xususiyatga ega ijtimoiy faoliyatning eng samarali modellari izlandi. Zamonaviy jamiyat misli ko’rilmagan texnik yuksalayotgan hozirgi davrda odam boshqarmaydigan axborot texnologiyalari joriy etilmoqda, aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimiga singib ketadigan ishchi kuchi ajralib chiqmoqda. Taxminiy hisoblarga ko’ra, hozirgi vaqtda AQSHda yollanma ishchi bo’lib ishlaydiganlarning deyarli 15 foizi oila, ta`lim, sog’liqni saqlash, qariyalar, ruhiy kasallar, bolalarga yordam berish singari amaliy ishlarda, axloq tuzatish muassasalarida ish bilan ta`minlangan. Bu ixtisoslikka eng umumiy yondashishdir. U tegishli sohadagi xodim turli sohalarda zarur bilimga ega bo’lishini talab qiladi. U yordam so’rab murojaat qiladigan odamlar haqida tasavvurga ega bo’lishi, foydalanilishi mumkin bo’lgan tashkilotlar va muassasalarni, amaldagi milliy qonunchilik- ni, moliyalashtirish manbalarini, ushbu sohada faoliyat olib boradigan boshka mutaxassislar faoliyatini va bunday holatlarda ko’rsatiladigan xizmatlarni bilishi kerak. Ijtimoiy ish xodimlari keng doiradagi muammolarga duch kelmoqda. Alkogolizm, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon muomalada bo’lish, er-xotinlar janjali, ruhiy va jismoniy kasalliklar, darbadarlik, jamiyatdan xoli yashash shular jumlasidandir. Bularning barchasi maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Ijtimoiy ish xodimlari tegishli bilim va ko’nikmalarga ega bo’libgina qolmay, balki kasbga doir axloqiy normalar va tamoyillarga rioya qilishga shaxsan tayyor bo’lishlari kerak. Bularning barchasiga va bo’lg’usi ijtimoiy ish xodimlarining bevosita faoliyatida zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarga oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitiladi. O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy ta`minot va sug’urta tizimi orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida to’g’ridan-to’g’ri amal qiladigan asosiy normalar va huquqlar mavjud. Mana shu huquq va normalar bazasida ijtimoiy qonunchilik rivojlangan. 1991 yilda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi Qonun imkoniyatlari cheklangan kishilarni davlat tomonidan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash milliy modeli shakllanishini boshlab berdi. O’zbekistonda bola, alohida ehtiyojlarga muhtoj shaxslar huquqlari va erkinliklari sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga qo’shildi va ularga muvofiq o’z siyosatini olib bormoqda. O’zbekistonda inson kamoloti bilan bog’liq ko’plab yo’nalishlar bo’yicha qo’yidagi muhim maqsadli ijtimoiy dasturlar amalga oshirilmoqda: oilani mustaxkamlash, sog’lom avlodni tarbiyalash, sog’liqni saqlashni isloh qilish, ayollarning oila va jamiyatdagi maqomi va rolini oshirish, nogironlarga, kam ta`minlangan oilalarga va bolali oilalarga aniq yo’naltirilgan ijtimoiy yordam ko’rsatish dasturlari shular jumlasidandir. Respublikada ijtimoiy ta`lim muassasalarini rivojlantirishga katta ahamiyat bsrilmoqda, ularda imkoniyati cheklangan bolalar tahsil oladi. Aholining kam ta`minlangan qatlamlariga mehr-muruvvat ko’rsatish va ularni maqsadli qo’llab-quvvatlash mamlakat hayotining ajralmas qismiga aylandi. Bundan tashqari, dasturiy xususiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar mavjud, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning oilani, ayollarni, bolalar, keksalar, nogironlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan barcha Farmonlarini ular qatoriga kiritish mumkin. Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan kishilarni ma`naviy va moddiy qo’llab-quvvatlash tizimi joriy etildi. O’zbekiston yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishi sharoitlarida aholining katta qismi murakkab ijtimoiy holatga tushib koldi. Bu holat mamlakatda bozor munosabatlariga o’tishning har bir bosqichi o’ziga xosliklarini hisobga olgan holda aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimi rivojlanishiga ko’maklashdi. Jumladan, agar bozor munosabatlariga o’tishning dastlabki bosqichida davlat butun aholini ijtimoiy himoya qilish yo’lidan borgan bo’lsa, hozirgi vaqtda esa haqikatdan ham muhtoj bo’lgan oilalarga yordam ko’rsatishga urg’u berilmoqda. Aholini aniq yunaltirilgan ijtimoiy himoya qilish mexanizmi ishlab chiqildi, qat`iy tabaqalashtirilgan yondashuv uning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi15. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi ijtimoiy institut sifatida tabora rivojlanib bormoqda. Ijtimoiy himoya odamlar ijtimoiy hatti-harakatining barqaror shakllarini belgilovchi tamoyillar, ijtimoiy me`yorlar, ijtimoiy muassasa va tashkilotlar majmui bilan tavsiflanadi. Uning shakllanishi va rivojlanishi ko’p jihatdan jamiyatdagi mavjud ijtimoiy jarayon va hodisalar mazmunga, yo’nalishiga, shakllari va metodlarini belgilovchi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ahloqiy-psixologik omillarga bog’liqdir. Qaysi yilga qanday nom berishdan qat`iy nazar – bu oila yoki ayollar masalasi bo’ladimi, sog’lom avlod tarbiyasi, mahallalarimizni obod qilish yoki qariyalarni qadrlash bo’ladimi, onalik va bolalikni muhofaza etish yoki jamiyatimizda mehr-muruvvat, insonparvarlik ruhini kuchaytirish bo’ladimi – bularning barchasini birlashtiradigan umumiy bir mezon bor. U ham bo’lsa, inson, uning hayoti, orzu-niyatlari dardu tashvishlarini davlat e`tibori markaziga qo’yib, odamlarning og’irini engil qilishga qaratilgan intilishlari misolida yaqqol namoyon bo’lmoqda. O’tgan davr mobaynida ma`lum bir nom berilgan har qaysi yil o’zida mujassam etgan ma`no-mazmuni, o’z oldiga qo’ygan maqsadlari, dolzarbligi va ahamiyati bilan hayotimizda mavjud bo’lgan muammolarni echishda bir yillik muddat bilan chegaralanib qolmasligini ta`kidladi. Shularning barchasini, eng avvalo, xalqimizning kayfiyat va ehtiyojini, orzu va intilishlarini hisobga olgan holda, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan – 2014 yil «Sog’lom bola yili» deb e`lon qilindi. Qisqa qilib aytganda, davlat byudjetimizning ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan umumiy xarajatlari 2006 yilda 51 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2007 yilda 54,1 foizni tashkil etadi. Kam ta`minlangan, yosh bolali oilalarga ijtimoiy nafaqalar uchun mo’ljallangan xarajatlar miqdori esa 2007 yil byudjetida 7 foizni tashkil etdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining Respublikamiz Prezidenti tomonidan ko’rsatib berilgan «O’zbek modeli»ning 5 ta asosiy tamoyillari: Iqtisodiyotning siyosatning ustuvorligi Qonun ustuvorligi Davlatning olib borilayotgan islohotlarda tashabbuskorligi Aholining kuchli ijtimoiy himoyasi Islohotlarning bosqichma-bosqichliligi Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling