Samarkand davlat universiteti


Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish


Download 3.33 Mb.
bet22/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137
Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish
Ijtimoiy siyosatning mohiyati, uning printsiplari va funktsiyalari.
Jamiyat va shaxsning manfaatlarini uyg’unlashtirishga yordam beruvchi, insonning manfaatlarini, huquq va erkinligini himoya qilishni kafolatlaydigan omillar ichida alohida o’rin tutuvchi davlatning ijtimoiy siyosati, aholining turli guruhlari bilan ish olib boruvchi butun infrastrukturasiga tegishlidir. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ishning dialektik o’zaro aloqasida kishilar ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish va amalga oshirishdagi umumiyligi va farqlari, ahamiyatlari oson ma`lum bo’ladi.
Umuman siyosat va uning qismi bo’lgan ijtimoiy siyosat deganda nimani tushunish mumkin?
Siyosat – bu:
- hokimiyatni egallash, uni saqlab qolish va mustahkamlash bo’yicha ijtimoiy guruhlar, sinflar, davlatlar o’rtasidagi munosabatlar;
- ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi faoliyat tizimi: iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada, ma`naviy hayotda, harbiy sohada va boshqalar;
- siyosiy kursni amalga oshirish; siyosiy maqsadlarga erishish bo’yicha amaliy faoliyat;
- hokimiyat munosabatlarida fuqarolar, siyosiy arboblar, ijtimoiy tashkilotlarning ishtroki;
- kishilar bilan ishlash, ularning manfaatlari, imkoniyatlari, psixologik va professional va boshqa sifatlarini hisobga ola bilish va ifodalay olish mahorati.
Siyosatning markaziy sub`ekti bo’lib davlat hisoblanadi.
Davlatning ajralmas atributi17 – kishilar hayot faoliyatiga, ularning jamiyatdagi hulq-atvoriga, mavqei, huquqi, zo’ravonlik vositasida muayyan ta`sir etishga imkoniyatini va qodirligini ta`minlovchi hokimiyatdir.
Har qanday ijtimoiy muammo agar uni hal etishda katta ijtimoiy guruh, sinflar manfaatiga daxldor bo’lsa, davlat hokimiyatidan foydalanish bilan bog’liq bo’lsa siyosiy xarakter kasb etadi.
Siyosat integratsiyaning shakli, ijtimoiy guruhlar yoki butun jamiyat irodasi va manfaatlarini umumlashtirish shakli sifatida namoyon bo’lishi, uning muhim asosiy belgisidir.
Ijtimoiy siyosat – davlat ichki siyosatining tarkibiy qismidir, bu uning ijtimoiy dasturlarida va amaliyotda mujassam etiladi, jamiyatdagi munosabatlarni aholining asosiy guruhlari manfaatlariga binoan va manfaatlari vositasida tartibga soladi2.
Har qanday ijtimoiy dasturlar, ma`lumki moddiy jihatdan mustahkamlangan, iqtisodiy jihatdan ta`minlanmagan bo’lsa shunchaki deklaratsiya bo’lib qoladi.
Bu ma`noda ijtimoiy siyosat iqtisodiyotga nisbatan mazmuni bo’yicha ham, masalalari va afzalliklari jihatidan ikkinchi darajalidir. Biroq, bu moddiy va ma`naviy madaniyatning rivojlanishiga, ijtimoiy taraqqiyotga ta`sir etishi va muhimligining ikkinchi darajali ekanini bildirmaydi.
Ijtimoiy sohada jamiyatning iqtisodiy, xo’jalik faoliyatining natijalari namoyon bo’ladi va baholanadi, uning kishilar manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishga qobilligi va samarasi tekshiriladi. Ijtimoiy sohada davlat siyosatining insonparvarligi darajasi namoyon bo’ladi va o’z aksini topadi, u qanchalik kuchli bo’lsa, ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishining gumanistik (insonparvarlik) mohiyati va gumanistik mazmuni shunchalik aniq bo’ladi.
Nihoyat, amaliy ijtimoiy siyosatsiz inson faoliyatida ijtimoiy taraqqiyot ishlab chiqarish kuchlarining, xo’jalik yutuqlarining bosh va markaziy elementi, ya`ni unsuri sifatida innovatsion, yaratuvchanlik boshlanmasini faollashtirish mumkin emas.
Ijtimoiy siyosat uni ishlab chiqish va amalga oshirishning mazmuni, shakllari va metodlariga bo’lgan talablar xarakterini ifodalovchi printsiplar tizimiga asoslangan:
- gumanizm, ya`ni insonparvarlik ijtimoiy adolat;
- tizimlilik, uzluksizlik, izchillik;
- ijtimoiy siyosat maqsadlari va amalga oshirish imkoniyatlarining muvozanatliligi (vaqt bo’yicha ham, zaruriy resurslar bo’yicha ham);
- oshkoralik (ijtimoiy siyosat masalalari bo’yicha jamiyatning barcha guruhlari va qatlamlari fikrlarining erkin ifoda etilishi - boshqarish organlarining omma bilan «qaytar aloqalarining» mavjudligi);
- ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda demokratizm (yirik ijtimoiy siyosiy qarorlar loyihalarni oshkora muhokama qilish; ijtimoiy o’zgartirishlarning asosiy masalalari bo’yicha jamoatchilik fikrini har tomonlama bilish);
- ijtimoiy siyosatning amalga oshirishda jamiyatning amaliy nazorati;
- aholini ijtimoiy himoya qilish choralarining yo’llanganligi, aholining zaif va kam ta`minlangan guruhlariga ijtimoiy yordamni kuchaytirish.
Ijtimoiy siyosatning mazmuni, uning maqsadi va vazifalari nisbatan mustaqil, lekin mahkam bog’liq bo’lgan siyosiy faoliyat turlarining funktsiyalari tizimida ochiladi. Ulardan muhimlari quyidagilardir:
- jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar va qatlamlar, alohida a`zolarining manfaatlarini ifodalash, himoya qilish, muvofiqlashtirish; ijtimoiy sohadagi ijtimoiy qarama-qarshiliklarni maqbul tarzda bartaraf etish, fuqarolar va davlat o’rtasida «dialog»ni amalga oshirish;
- aholining turli qatlamlarini integratsiyalash, ular manfaatlarini uyg’unlashtirish, yaxlit ijtimoiy tizimni, uning barqarorligi va tartibni saqlash;
- prognostik;
- aholini ijtimoiy himoya qilish;
- ijtimoiy jarayonlarni va boshqalarni boshqarish1.
Funktsiyalar yordamida ijtimoiy siyosatning muhim vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni uyg’unlashtirish ta`minlanadi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini boshqarish amalga oshiriladi;
Ijtimoiy siyosatda ikkita nisbatan mustaqil blokni ajratadilar:
1) jamiyat a`zolariga har tomonlama daxldor bo’ladigan, shu jumladan ularni tovarlar bilan, uy-joy va ijtimoiy infrastruktura xizmatlari bilan, ish joylari, maqbul pul daromadlari bilan ta`minlash bo’yicha qarorlar va tadbirlarni, aholining moddiy bazasining kengaytirish, mustahkamlash, sog’ligini muhofaza qilish va mustahkamlash, uning ma`rifati va madaniyatini rivojlantirish, fuqarolar hayot faoliyati uchun kafolatlangan ijtimoiy sharoitlar tizimini yaratishni qamrab oladigan keng ma`nodagi ijtimoiy siyosat;
2) asl ijtimoiy siyosat (uning element (unsur)lari bo’lib aholini himoya qilish sohasidagi siyosat va uning konkret turlari hisoblanadi: oilaviy siyosat, yoshlar siyosati, qariyalar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish siyosati). Ijtimoiy siyosat ayniqsa, inson mehnat faoliyatining xarakteri va sharoitlarida ro’y beradigan o’zgarishlarda ko’rinadi, vaholangki, aynan shunda uning gumanistik mazmuni namoyon bo’ladi.
Davlat ijtimoiy siyosatida oilani mustahkamlash masalalari juda muhim rol o’ynaydi. Jamiyatning bu yacheykasi, ya`ni qismi shaxsning shakllanishida sog’lom ahloqiy psixologik muxit, oila – nikoh munosabatlarining yuqori madaniyati, uning sog’ligini asrash va mustahkamlashning asosiy va muhim ijtimoiy instituti hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ijtimoiy adolatni ta`minlash masalalari muhim o’rin tutadi – bu amalda halq xokimiyati barcha fuqarolarning qonun oldida teng xuquqligi va tengligi, mehnat qobiliyatini yo’qotgan, kasal bo’lgan, nogiron bo’lgan va h.k. holda insonga ijtimoiy kafolat berishdir.
Hozirgi paytda ijtimoiy siyosatdagi juda dolzarb muammolardan biri qashshoqlik muammosi bo’lib qoldi.
Qashshoqlik – ko’p qirrali ijtimoiy iqtisodiy va psixologik ijtimoiy ko’rinish. Qashshoqlik muayyan jamiyatda mavjud bo’lgan hayot faoliyatining asosiy sharoitlarida aholi ma`lum qismining minimal ehtiyojlarni qondira olmaydigan holda vujudga keladi.
Qashshoqlik - faqat pul va mulk yo’qligidan emas, balki avvalo hayot faoliyatining muhim sharoitlariga erisha olmasligidadir – bular uy-joy, ta`lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va hokazo.
Ijtimoiy siyosat sub`ektlarining dolzarb vazifalaridan biri – cheklangan moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona foydalanishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdir. «Boqimandalik» sindromini bartaraf etish uchun fuqarolarning moddiy farovonligi va erkinligining kafolati sifatida, mehnat unumdorligini rag’batlantiruvchi omillarni faollashtirishni tashkil etishga ijtimoiy siyosat va ijtimoiy shuning ijrosini yo’naltirish zarur.
Ijtimoiy xizmat tizimi, ayniqsa, mehnatga noqobil va aholining boshqa muhtoj kategoriyalarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish, takomillashtirilishga muhtoj. Bunda xizmat ko’rsatish, ijtimoiy yordam va madad berishda differentsiatsiyalashtirishga (darajalash, tabaqalashtirish) yo’nalganlik printsiplar asosiy ahamiyat kasb etishi kerak.
Ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi – tashkiliy - iqtisodiy, ilmiy-texnik va axloqiy - huquqiy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo’li bilan ijtimoiy munosabatlarni uyg’unlashtirish, siyosiy barqarorlik va fuqarolar hamjixatligini ta`minlashdir.
Ijtimoiy himoya tizimi kadrlarining professionalizmi, ularning dolzarb muammolarni to’g’ri aniqlash, baholash va tahlil etish, ijobiy o’zgarishlar dasturini ishlab chiqishga qodirligi doimiy ahamiyatga ega.
Davlat ijtimoiy siyosati yo’nalishi, ijtimoiy ish uchun faqat mazmuniy emas, balki tashkiliy asos ham bo’ladi, ijtimoiy ish uchun muhim metodologik funktsiyani bajaradi.
Ijtimoiy siyosatni jamiyatda o’z ehtiyojlari va manfaatlarini amalga oshirishga intilayotgan kishilarning ijtimoiy xavfsizligini amalda tashkil qilish faoliyatining yo’nalishi va shakli bo’yicha sababli shartlangan, vaziyat, dinamik sifatida qarab chiqish mumkin. Qonun va qonunga oid me`yoriy –huquqiy aktlar kuchidan foydalanib, ijtimoiy siyosatni boshqarishning davlat organlari strukturasi hayot faoliyatining zamonda va makonda o’zgaruvchi sharoitlariga moslashishga zamin tayyorlashga harakat qiladi. Jiddiy siyosat aholiga ijtimoiy yordam va madad berishning konkret choralari bilan mustahkamlanmagan deklaratsiyalar va ishontirishlar bilan cheklanib qolishi mumkin emas. Bunday yondashish ijtimoiy siyosatni obro’sizlantiradi, ijtimoiy taraqqiyotining olg’a siljishishiga to’sqinlik qiladi. Mana nima uchun ijtimoiy siyosatning realligi muammosi kishilarning manfaatlari va ehtiyojlariga bevosita daxldor bo’lgan xolda, har bir kishining hayot faoliyati sharoitlarida va ularning taqdirida aks etib, o’zida faqat yaratuvchanlikni emas, balki vayron qiluvchi qudratni ham mujassalashtiradi.
Aholining ijtimoiy, professional, milliy, har xil jinsli, har xil yoshdagi guruhlarning manfaatlari va ehtiyojlarini inobatga olish – bu murakkab, qarama - qarshi jarayon ekanini amaliyot ko’rsatyapti. Aholi turli guruhlarining hayotiy ehtiyojlari, sharoitlari va ularni amalga oshirish imkoniyatlari qanchalik chuqur o’rganib anglanilsa, ular ijtimoiy siyosat vazifalarida shunchalik aniq va to’liqroq izoxlanadi va muvaffaqiyatli hal etiladi.
Ijtimoiy siyosat vazifalari va maqsadlarini bajarishga uni amalga oshirishning butun murakkab mexanizmi yo’naltirilgan, u struktura jihatdan quyidagicha taqdim etilgan:

  • ijtimoiy siyosatning sub`ekti – davlat, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan barcha organlari majmui bilan;

  • siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari;

  • ijtimoiy siyosatning ob`ekti – jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlar o’zining butun mazmuniy ko’p qirraligida namoyon bo’lishining turli shakllari;

  • ijtimoiy siyosat sub`ektlari va ob`ektlari o’rtasidagi o’zaro harakatlarni tartibga soluvchi me`yoriy huquqiy aktlar tizimi;

  • ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishning samarasiga baho berishni kiritgan holda turli bosqichlarda ijtimoiy siyosat masalalarini hal etish bo’yicha predmetli siyosiy faoliyat.

Konkret masalalarni hal etishda bu struktura ijtimoiy ishning boshqa element (unsur)lar bilan to’ldiriladi.
Amalga oshirishning bir necha texnologik davrlari mavjud:
- haqiqatan mavjud ijtimoiy vaziyatni ilmiy tahlil etish va o’rganish, uni har tomonlama va chuqur tahlil qilish, konkret ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishidagi ustun bo’lgan istiqbollarining bosh muammolari va asosiy qarama-qarshiliklarni aniqlash;
- ijtimoiy siyosatning konkret strategik va taktik maqsadlarini, ularga erishish metodlari va vositalarini aniqlash, bunda mavjud moddiy-moliyaviy, tashkiliy va boshqa imkoniyatlarni inobatga olish zarur;
- u yoki bu ijtimoiy muammoni hal etishning tanlangan variantni me`yoriy –huquqiy rasmiylashtirish - federal qonunlar, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatining boshqa me`yoriy huquqiy aktlari orqali;
- ijtimoiy siyosat yuritishning borishi va samarasini nazorat qilish va keyingi texnologik davrlarga muvofiq o’zgartirishlar kiritish1.
Ijtimoiy siyosatda ikkita o’zaro shartlangan, o’zaro harakat qiluvchi komponentlarni ajratish mumkin: ilmiy bilim va amaliy tashkiliy - amaliy2.
Ijtimoiy siyosatning ilmiy - bilish komponenti jamiyatda etilgan ehtiyojlarni, ijtimoiy jarayonlar rivojining tendentsiyalarini anglash va tahlil qilish, davlat ijtimoiy siyosatining oldingi yo’nalishini baholash va umumlashtirish natijasidir. U jamoatchilik fikri va kayfiyati, aholining turli qatlamlarining ijtimoiy barqarorligi darajasini aks ettiradi.
Bu tahliliy materiallarning hammasi davlat boshqarish organlariga ijtimoiy siyosat kontseptsiyasini ishlab chiqish, uning asosiy vazifalari va yo’nalishlarini izohlashga imkoniyat beradi.
Tashkiliy amaliy komponent – bu kontseptual nizomlar, uning strategik vazifalarini bevosita amalga oshirishdir. Bu erda davlat ijtimoiy siyosati vazifalariga buysungan, aholi bilan ijtimoiy ish yuritish, xizmat ko’rsatish tizimini boshqarishning davlat organlarining har tomonlama tashkiliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatning har tomonlama o’ylangan, ilmiy asoslangan, xalq manfaati bilan uyg’unlashgan ijtimoiy siyosati ijtimoiy ish mazmunining muhim asosini tashkil etadi, uning amaliy harakatlariga ishonch bag’ishlaydi.
Tashkiliy faoliyat - boshqarish organlarining boshqaruvchilik faoliyat, ularning maqsadi - qo’yilgan vazifani bajarishda mehnatni oqilona taqsimlash, topshiriqni o’z vaqtida va sifatli bajarishda kuchli rag’batlantirish vositalari va usullaridan oqilona foydalanish3. Ijtimoiy ishning tashkiliy darajasi bo’lgan holda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish quyidagi bo’yicha tashkiliy ishlarni ko’zlaydi:
- ijtimoiy siyosatning mazmunidan kelib chiqadigan vazifalarni chuqur aniqlab uni har tomonlama tahlil qilish va ularni hal etish sharoitlarini baholash;
- kadrlarni tanlash va joylashtirish, qo’yilgan vazifalarni hal etish niyatida tashkiliy strukturalarni yaratish yoki o’zgartirish;
- ijrochilarga topshiriqni etkazish, ularga funktsiyalari, vakolatlarini, ma`suliyatlarini belgilab berish, ixtiyorida mavjud bo’lgan resurslari va vositalarni ajratish;
- vazifani o’z vaqtida sifatli bajarishning ijtimoiy ahamiyati mazmunini, mehnatni rag’batlantirish usullarini tushuntirib berish;
- struktura bo’limlarining va konkret ijrochilarning harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish, ular faoliyatining maqsadli yo’nalishini ta`minlash;
- topshiriqlarning bajarilishini bosqichlar va natijasi bo’yicha tekshirish, ijrochilar faoliyatini baholash va keyingi faoliyat uchun xulosalar chiqarish va saboq olish1.
Ijtimoiy faoliyatda yuqorida keltirilgan ikki komponentga ajratish shartlidir. Tomonlardan birini mutlaqlashtirish yoki ularni qarama-qarshi qo’yish mumkin emas. Ilmiy bilish komponentini mutlaqlashtirish ma`lum akademizmga olib kelishi, uning ijtimoiy mazmuni siyqalashtirish, kishilar hayotiy ehtiyojidan uzoqlashuviga, deklarativlikka olib keladi. Tashkiliy amaliy tomonga haddan tashqari e`tibor berish tor amaliyotchilikka, ijtimoiy siyosatni tashkiliy xarakterdagi choralarga aylanib qolishiga, ijtimoiy ishdagi ijtimoiy tizimning buzilishiga olib keladi. Ijtimoiy siyosatning ikkita komponenti (tarkibiy qismi) ham faqat uzilmas yagonalikda, o’zaro aloqada, butun ko’rinishning ichki birikkan qismi sifatida qarab chiqishi kerak. Ilmiy – bilish komponenti ijtimoiy siyosatning avvalo ilmiy asoslanganlik darajasini tavsiflab, ijtimoiy tarmoq rivojining umumiy mazmunini va maqsadini, uning infrastrukturasini ifodalaydi. SHu yo’nalishdagi tashkiliy ishlarning strategiyasining yo’nalishini belgilaydi, shunday ekan jamiyatda ijtimoiy ishga munosabatan muhim metodologik funktsiyani bajaradi.
Biroq, ijtimoiy siyosatning ilmiy bilish komponentini metodologik funktsiyasi jamiyatda tashkiliy va ijtimoiy ishning mazmuni hamda xarakteriga ta`sirining bir tomonlamaligini bildirmaydi. Jamiyatning turli sohalarida va aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalarining keng tarmog’i bilan ijtimoiy ish o’zining boshqarish organlarining keng tarmoqli strukturasi bilan ijtimoiy siyosatga qaytuvchi faol ta`sir ko’rsatadi. CHunki ijtimoiy jarayonlarni boshqarish tizimida qaytuvchi axborot aloqasi rolini uynaydi. Siyosatning amalga oshishining muhim elementi (unsuri) bo’lgan holda, ijtimoiy ish davlat ijtimoiy siyosatining tashkiliy amaliy jihatini o’ziga olib ijtimoiy siyosatining realligini ta`minlaydi, uning hayotiyligini sinaydi. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish o’zaro ta`sirining dialektikasi shundaydir.
Ijtimoiy ish muvaffaqiyati hal qiluvchi darajada kadrlarning ijtimoiy yo’naltirilishiga bog’liq - bu umumlashtiruvchi ko’rsatkich bo’lib, ijtimoiy siyosiy mulohazaning barcha darajadagi ijtimoiy jarayonlarni bevosita, amaliy boshqarish ko’nikmalari bilan umumiyligini tavsiflaydi, davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga davlat boshqaruvi organlari xodimlarining javobgarligini, ijtimoiy hayotda ijtimoiy adolat printsipi tasdiqlanishini mo’ljallaydi2.
Kadrlarning ijtimoiy yo’nalganligining muhim tomoni inson ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ijtimoiy sohalar, uning infrastrukturasini rivojlantirish zarurligini tushunish hisoblanadi.
Ijtimoiy muammolarning hal etilmayotganligi, ayniqsa uy-joyga bo’lgan ehtiyojning qondirilmayotganligi ishchi kuchi qo’nimsizligini kuchaytiradi, mehnat faolligini pasaytiradi, iqtisodiyotga, kishilar farovonligiga salbiy ta`sir etadi. Ijtimoiy muammolarga e`tiborning pasayishi qishloq aholisining shaharga ketib qolish sabablaridan biridir.
Keyingi yillarda shaharlarda ham ijtimoiy muammolar keskin kuchaydi. Atrof rayonlardan ish kuchini jalb etish va ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashgan joylardan migratsiya hisobiga aholi zichligining oshishi transport, tibbiy, ishga joylashtirish, uy-joy va hokazo. muammolarini keskinlashtiryapti. ekologik vaziyat kundan kunga yomonlashyapti, jamiyatning demografik rivoji tendentsiyasi salbiy yo’nalish olyapti, jinoyatchilik ko’paymoqda.
Jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikning ko’p omilliligi butun davlat boshqarish tizimini ijtimoiy yo’naltirish muhimligini yana bir bor ta`kidlaydi.
Kadrlarni ijtimoiy yo’naltirish quyidagilarni nazarda tutadi:
- siyosiy madaniyatining asosiy tavsifi sifatida keng ijtimoiy siyosiy saviya va fikrlarning ijtimoiy yo’naltirilgani;
- vaziyatni ijtimoiy siyosiy tahlil qilish ko’nikmasi va shu asoslangan holda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, aholining turli kategoriyalari bilan ijtimoiy olib borishning ancha samarali vositalari, shakllari va metodlarini tanlash;
- ijtimoiy jarayonlarning rivojini prognoz qilish va oldindan ko’ra bilish hamda ularni amaliy faolyatda hisobga ola bilish maxorati;
- murosasizlik va kishilar bilan ishlash ko’nikmalari, insonning jismoniy, intellektual, psixologik va axloqiy yashirin imkoniyatlarini faollashtirib, ularni hayotga qaytara olish qobiliyati1.
Ijtimoiy yo’naltirilganlik – amaliy faoliyat jarayonida nazariy qoidalarni amalda konkret hayotiy vaziyatlarda aniqlash va rivojlantirish yo’li bilan ijtimoiy xodimning professionallik sifatlari shakllanadi.
SHunday qilib, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish o’zaro bog’liq, bu bog’liqlik dialektik xarakterli. Ijtimoiy ish ijtimoiy siyosatning shaklidir. Boshqa tomonda ijtimoiy siyosat ijtimoiy ishda namoyon bo’ladi. Biroq, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ishning birligi ularning aynan o’xshashligini bildirmaydi. Ijtimoiy ish o’z mazmuniga ko’ra ijtimoiy siyosatdan boyroq, jo’shqinroq, harakatchanrodir. SHu bilan birga ijtimoiy siyosat ijtimoiy ishga munosabatan belgilovchi bo’lgan holda ko’proq barqarorlikni saqlaydi.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling