Samarkand davlat universiteti
III. Ijtimoiy ish faoliyati sohasiga kiritilgan tashkilotlar
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Ijtimoiy ish xodimlarining mijozlari
III. Ijtimoiy ish faoliyati sohasiga kiritilgan tashkilotlar:
Ijtimoiy ish xodimi faoliyati odamlar bilan bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) darajada bo’lgani kabi tashkiliy-boshqaruv va ma`muriy faoliyat darajasida ham amalga oshirilishi mumkin. aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tashkilot va muassasalari (Muruvvat, Sahovat uylari, ijtimoiy ta`minot muassasalari va boshqalar), xalk ta`limi (Mexribonlik uylari, Vasiylik va homiylik organlari, umumta`lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktabgacha va maktab muassasalari, yordamchi ta`lim muassasalari va boshqalar), sog’likni saqlash (oilaviy poliklinikalar, maxsus tibbiyot muassasalari, reabilitatsion markazlar, tibbiy-pedagogik-psixologik komissiyalar va x,.k.), xokimiyatlar xuzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar, ixtisoslashtirilgan kasbiy-texnik kollej va litseylar va boshqalar; xalq ta`limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta`minot, mehnat va ijtimoiy himoya bo’yicha boshqarmaning viloyat, shahar va tuman organlari, ichki ishlar organlari; tuman, shahar va viloyat hokimiyatlari; mahalla; jamoatchilik tashkilotlari va uyushmalari. IV. Ijtimoiy ish xodimlarining mijozlari aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami, ko’mak, yordam, xizmat ko’rsatish va muxofazaga muxtoj bo’lgan odamlar hisoblanadi: bolalar va yoshlar: ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar, alohida ehtiyojli bolalar, OIV bilan azoblanayotgan bolalar, huquqiy xatar guruhdagi yoki qonun bilan nizoga kirgan bolalar, institutsional muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari, ixtisoslashtirilgan o’quv va o’quv-tarbiyaviy muassasalarning o’quvchilari va bitiruvchilari, nazoratsiz kolgan bolalar, shafqatsiz yoki sovuqqon munosabatni boshidan kechirgan, zo’ravonlikning guvohi bo’lgan bolalar, trafik, mehnatning eng yomon shakllari va barcha turdagi ekspluatatsiyaga tortilgan bolalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolardan azoblangan bolalar va boshqalar; oilalar va ayollar – kam ta`minlangan oilalar, ko’p bolali oilalar, ota-onasidan biri bo’lmagan oilalar, a`zolarining birida OIV bo’lgan oilalar, alohida ehtiyojli a`zosi bo’lgan oilalar, krizis vaziyatidagi (oila a`zolaridan birining o’limini, ajrashish, nizolar, uydagi zo’ravonlik, ko’chib o’tishni boshidan kechirgan va h.k.) oilalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolar, jabr tortgan oilalar, tutingan oilalar va bolalikka olgan oilalar; nogironligi bo’lgan odamlar va ularning oilalari; ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga muxtoj keksa odamlar, murakkab xayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar; ish, turar-joyini yo’qotgan, yaqin insonining o’limi yoki og’ir kasalligini boshidan kechirgan, surunkali kasalliklari bo’lgan odamlar va boshqalar; OIV bilan yashayotgan odamlar; spirtli ichimlik va yoki giyohvand moddalarga tobeligi bo’lgan odamlar; penitentsiar muassasalardan chikkan va yoki yopik muassasalarda jazoni ijro etib kaytgan odamlar va x-k. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling