Samarkand davlat universiteti
Agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamkasabalar bilan o’zaro munosabatlar
Agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar:
ijtimoiy siyosatlari, metodlari va amaliyoti mijozlarga sifatli yordam ko’rsatish va kasbiy ijtimoiy ishni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan agentliklar va tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikda ishlang; agentlik yoki tashkilotning nizomdagi maqsadlari va vazifalariga to’la mas`uliyat bilan munosabatda bo’ling; ijtimoiy ishning eng yuksak andozalariga erishish maqsadida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatni, uning uslubiyoti va amaliyotini ishlab chiqishga o’z hissangizni qo’shing; mijoz taqdiriga to’la mas`uliyat bilan munosabatda bo’ling; ijtimoiy siyosatga, uning uslubiyoti va amaliyotiga zarur o’zgarishlarni tegishli agentliklar va tashkilotlar orqali kiriting; barcha imkoniyatlardan foydalansangiz-u, biroq o’zgartirishlarni kiritishning imkoni bo’lmasa, unda yuqori tashkilotlarga yoki manfaatdor keng jamoatchilikka murojaat qiling; mijozga yoki jamoaga ijtimoiy ish samaradorligi to’g’risidagi hisobotni mijozlar, agentlik va tashkilotlar oldida vujudga keladigan muammolarni davriy tahlil qilish, shuningdek, shaxsiy faoliyatingizni tahlil qilish shaklidagi kasbiy hisobot sifatida taqdim qiling; ijtimoiy ish axloqiy tamoyillari harakati, protsedurasi va amaliyotiga zid bo’lgan harakatlarni qilmang. Hamkasabalar bilan o’zaro munosabatlar: - hamkasblaringiz va boshqa mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va amaliy faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo’ling; - ularga ijtimoiy ish samaradorligiga erishishlarida qo’lingizdan kelgan yordamni bering; - hamkasblaringiz va boshqa mutaxassislarning turlicha fikrlari va amaliy yondashuvlariga hurmat bilan munosabatda bo’ling; - tegishli instantsiyalarda tanqidiy mulohazalaringizni to’la mas`uliyat bilan bayon qiling; - hamkasablaringiz, boshqa mutaxassislar va ko’ngillilar orasida bir-birlarini o’zaro mukammallashtirish va o’zlarini namoyon qilish maqsadida bajarilayotgan bilimlar, ko’nikmalar va g’oyalarni olishga va tarqatishga bo’lgan harakatlarga ko’maklashing; - mijozlar manfaatlari yoki axloq normalari buzilishi to’g’risidagi har qanday ma`lumotlarni tegishli idoralarga etkazing; - hamkasblaringizni adolatsiz xurujlardan himoya qiling. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling