Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet92/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137
Professional mahorat
Professional maxorat ijtimoiy ishdagi professionalizmning tarkibiy qismi sifatida aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha mutaxassisning kompleks chora tadbirlarni amalga oshirishdagi malakasi, bilimlari va malakalari darajasini aks ettiruvchi quyidagi fazilatlari:
– maxsus tayyorgarlik va kasbiy mutaxassislik bo’yicha o’qigan o’qitishdan o’tgan, aholining turli kategoriyalari bilan ishlash sohasida barqaror ko’nikmalarga ega, ijtimoiy ish sohasida amaliyotda zamonaviy texnologiyalarni mahirona va samarali qo’llovchi xodimning yuqori malakasi;
– ijtimoiy xizmat ko’rsatish sohasidagi davlat standartlari talablariga harakatining muvofiqligi va yuqori bilimdonligi;
– ijtimoiy ish sohasida bilimlar va mahoratlardan individual qobiliyatlar bilan uyg’unlikda maksimal foydalanish;
– ishonchlilik (kompetentlik) va javobgarlik, jamiyatdagi ijtimoiy– iqtisodiy o’zgarishlarga munosib javob ta`siri;
– sotsiumdagi munosabatlarni uyg’unlashtirish uchun ijtimoiy fanlar va ijtimoiy texnologiyalar yutuqlaridan mahorat bilan foydalanishi;
– mijozlar va hamkasblar ishonchini qozona olish mahorati, rahmdillik, kishilarga ta`sir eta olish, mijozga va uning muammolariga refleksiv yondoshish1 majmuini namoyon etadi.
Boshqacha aytganda, professional mahorat – individning o’z ixtisosini, kasbini egallash darajasi; bu ijtimoiy xizmat xodimini ijtimoiy ishdagi professionalizm darajasini o’zlashtirish ko’rsatkichidir.
Ijtimoiy xodimning professional mahorati uning ma`naviy-axloqiy fazilatlarining etukligi darajasi bilan chambarchas bog’liqdir2.


Ijtimoiy ish xodimi faoliyatining professional etik (axloqiy) sifatlari, printsiplari va me`yorlari
Ijtimoiy ish xodimining gipotetik (farazi) modeli o’zida o’zaro bog’langan sifatlar va o’lchamlar (parametr) tizimining mavjudligini namoyon etadi. Bu mutaxassisning faoliyati bilan chambarchas bog’langan shaxsning asosiy komponentlari va tavsiflaridir: insonga insonparvarlik munosabatida bo’lish, kishilar bilan ishlashga moyillik, ijtimoiy xodim faoliyatiga chuqur turtki, professional ong va o’zini anglashning etuk strukturasi, ijtimoiy ishga psixologik tayyorgarlik. SHubxasiz, ijtimoiy ish sohasidagi professionalning nazariy modeli o’zida etik – axloqiy sifatlar, ijtimoiy xodimning etik – axloqiy kodeksi talablariga munosiblik, kamol topishga va o’zini kamol toptirishga moyillik va tayyorgarlik, jamiyatdagi o’zgarishlarga yaratuvchilik munosabatida bo’lish kabi omillarni mujassam etadi.
Amerikalik olimlar Djun G. Xopps va eleyn B. Pinderx’yus turli darajadagi ijtimoiy xodimlarni professional – nazariy tayyorlashning strukturasini taklif qilar ekanlar, amaliy faoliyatning malakaviy me`yorlari ro’yxatlarini keltiradilar, mutaxassisning professional javobgarligining ahamiyatini ijtimoiy ish etik – axloqiy me`yorlari va standartlari pozitsiyasidan turib ta`kidlaydilar. Ularning fikricha, o’zgaruvchi ijtimoiy jarayonlar ijtimoiy xodimlardan murakkablashayotgan vaziyatlarga munosib javob ta`siri qaytarishni talab qiladi. SHuning uchun ijtimoiy ish xodimlari qatorini qobiliyatli, tanqidiy fikrlashga qodir, yordam murojaatlariga javob bera oladigan, kishilar bilan ishlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan malakali kadrlar bilan to’ldirishi kerak1.
Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH Germaniya, Finlyandiya, Isroil va boshqa mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan ijtimoiy ish xodimiga berilgan professional – shaxsiy tavsif kasbning mohiyatini va unga bo’lgan zamonaviy talablarni chuqur anglashga imkon beradi.
1994 yil oktyabr oyida ijtimoiy ish xodimlarining Xalqaro federatsiyasi tomonidan qabul qilingan «Ijtimoiy ish etikasi: printsiplar va standartlar» xujjatida ijtimoiy ish xodimining professional bilimdonligi va axloqiy javobgarligi me`yorlari alohida qiziqish o’yg’otadi. Bu hujjatda bayon etilgan ijtimoiy etik – axloqiy me`yorlar ijtimoiy ish xodimiga bo’lgan talablar tizimini shart qilib qo’yadi, mutaxassislarning shaxsiy fazilatlarining axamiyatini ta`kidlaydi: «Etik – axloqiy bilimlar – ijtimoiy ish xodimi professional faoliyatining zaruriy qismi. Uning etik – axloqiy me`yorlarga muvofiq harakat qilish qobiliyati mijozlarga taklif etilayotgan xizmatlarning sifatini oshiradi»2. Mutaxassisning etik-axloqiy xulq-atvorining asosiy standartlari mohiyati bo’yicha ijtimoiy ish xodimining axloqiy-etik sifatlarining gipotetik modelidir.
Ijtimoiy ish xodimlarining professional etik – axloqiy sifatlari, funktsiyalari va rollari Moskva davlat ijtimoiy universiteti tomonidan ishlab chiqilgan ikki to’plamda ancha mufassal ko’rib chiqilgan. «Aholi ijtimoiy himoyalashning mo’ljalli adresli tizimini ta`minlash sharoitida ijtimoiy ish xodimlarining funktsiyalari va rollari» o’quv-metodik qo’llanmasida ijtimoiy ish xodimining professionalizmga tavsif berilgan, ijtimoiy ish xodimlari mehnatining samaradorligini baholash ko’rsatkichlari aniqlangan, ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kabi masalalari yoritilgan3. «Ijtimoiy ish xodimi professionalizmi» bobida sotsiologik tadqiqotlar materiallari asosida ijtimoiy ish xodimlariga qo’yilayotgan me`yoriy axloqiy – etik talablar bilan bu xodimlarda xaqiqatda mujassam bo’lgan professional axloqiy sifatlar o’rtasidagi qarama-qarshilik ko’rsatilgan: ko’pchilik ijtimoiy ish xodimlari aholini ijtimoiy himoyalashning zamonaviy tizimi, zamonaviy texnologiyalari, ijtimoiy ish etikasi haqida mavhum tasavvurga ega. Asosiy muammo shundaki, Rossiya Federatsiyasining ayrim hudud regionlarida ko’zatish natijalariga ko’ra ijtimoiy ish xodimlarining aksariyatida kasb majburiyatlarini bajarishga rag’bati, moyilligi yo’q, ular o’z qobiliyatlarini namoyon etish istagi bilan emas, balki turmush taqozosi bilan shu lavozimda ishlaydilar.
«Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat qilishning asoslari to’g’risida» qonuni ijtimoiy xodimlarda professionalizmning shakllanishida printsipial jihatdan muxim rol o’ynaydi. «Ijtimoiy xizmatlarni kadrlar bilan ta`minlash» qonunining 25-moddasida shunday deyiladi: «Ijtimoiy xizmatlar faoliyatining samaradorligini bajarilayotgan xarakteri va talablariga muvofiq keluvchi, professional ma`lumot, ijtimoiy xizmat sohasi bo’yicha ish tajribasi bo’lgan, o’zining shaxsiy fazilatlari bo’yicha ijtimoiy xizmat ko’rsatishga moyil bo’lgan mutaxassislar ta`minlaydilar». Bu moddada faqat huquqiy emas, balki axloqiy – shaxsiy xarakterdagi professionalizmning sifat ko’rsatkichlari ilgari surilgan.
Ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassislarning professional – etik – axloqiy sifatlarga bo’lgan talablar quyidagilar:
– zamonaviy jamiyat madaniyatining darajasi va uning ijtimoiy ishga va uning asosiy sub`ektlariga – o’zining falsafiy – axloqiy – etik tasavvurlariga, milliy mentaliteti va ijtimoiy an`analariga ega ijtimoiy xizmat xodimlariga bo’lgan munosabati bilan;
– ijtimoiy ish xodimi malakasiga bo’lgan xalqaro talablar bilan, bular ma`lum darajada SHvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Germaniya, Gollandiya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan;
– ijtimoiy xizmatlarning, ijtimoiy xizmat ko’rsatish qilishning kompleks, ko’p tarmoqli va ixtisoslashgan markazlarining shakllanish va rivojlanishining ob`ektiv extiyojlari bilan;
– ijtimoiy muammolarni xal etishning o’z tasdig’ini topayotgan ko’p variantligi, o’tish davri sharoitida ijtimoiy eksklyuzivlarni bartaraf etish, aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy rivojlantirishning samarali yo’llarini iqtisodiy islohotlar kontekstida emas, balki inson hayoti uchun izlash bilan belgilanadi.
Ijtimoiy ish xodimlarining professional faoliyatining turi va shakllari, mazmuni amalga oshirish yo’llari shu faoliyat xarakterini belgilab beruvchi muayyan tarmoqning faqat o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirib qolmasdan balki, jamiyatning, konkret xudud – regionning, aholi punkitining, ijtimoiy – iqtisodiy sohadagi vaziyatlarning xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Ijtimoiy ish xodimlarining professional – etik – axloqiy sifatlariga bo’lgan talablar ijtimoiy ishning vazifalarini bajarish sohasiga va aholini ijtimoiy himoyalash ob`ektlarining xususiyatlariga qarab o’zgaradi.
Qashshoqlik, uysizlik, sayoqlik, bolalar va o’smirlarning asotsial xulq-atvor, katta yoshdagilarning deviantli xatti-harakati, fohishabozlik, etimlik, ichkilikbozlik, nogironlik va boshqalar mutaxassis faoliyatining xarakteriga ta`sir etuvchi va zaruriy professional sifatlarning shakllanishini belgilab beruvchi muhim omillar hisoblanadi1.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling