Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet88/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137
birinchi bo’limda “Ijtimoiy ish xodimining xulq-atvori va qiyofasi”ga oid;
ikkinchi bo’limida “Ijtimoiy ish xodimining o’z mijozlari oldidagi ahloqiy majburiyatlari”;
uchinchi bo’limida “Ijtimoiy ish xodimining o’z hamkasblariga nisbatan munosabatiga oid ahloqiy majburiyatlari”;
to’rtinchi bo’limida “Ijtimoiy ish xodimini ishga olgan tashkilot va ish beruvchilarga nisbatan ahloqiy majburiyatlari”;
beshinchi bo’limida “Ijtimoiy ish xodimining o’z kasbiga nisbatan ahloqiy majburiyatlari”;
oltinchi bo’limida “Ijtimoiy ish xodimining jamiyat oldidagi ahloqiy majburiyatlari” qayd etiladi.
YUqoridagi xujjatdan tashqari har bir davlat o’z ijtimoiy-siyosiy hayoti tuzilmasi va ma`naviy qadriyatlari, qonunchilik xujjatlari doirasida o’z ahloq Kodekslariga ega. Jumladan O’zbekiston Ijtimoiy ish xodimlari Milliy jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan “O’zbekistonda ijtimoiy ishchining kasbiy va etik Kodeksi” ham fikrimizning isbotidir. Albatta bu Kodeks ham […] “Ijtimoiy Ishchilar Xalqaro Federatsiyasi (IFSW)ning 2004 yil oktyabrida Adelaida (Avstraliya)da o’tkazilgan Ijtimoiy Ish bo’yicha Maktablar Xalqaro Assotsiatsiyasi va Ijtimoiy Ishchilar Xalqaro Federatsiyasining umumiy uchrashuvida tasdiqlangan “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar Deklaratsiyasi” hujjatini o’z ichiga olgan tavsiyalari asosida ishlab chiqildi. Ushbu Kodeksni tuzishda ijtimoiy ishchilarning Britaniya Assotsiatsiyasi, AQSH ijtimoiy ishchilari Milliy Assotsiatsiyasi kodekslari hamda Rossiya ijtimoiy ishchilari va ijtimoiy pedagoglari etikasi Kodekslaridan ham foydalanildi83.
O’zbekistonda ijtimoiy ishchining kasbiy va etik Kodeksi”ga ko’ra Ijtimoiy ishni amalga oshirishda quyidagi qadriyat va tamoyillarga asosangan holda ish tutiladi:

  • Inson huquqlari va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilish – insonning mustaqil tanlov va o’z­o’zini aniqlashi huquqini tan olish; insonning ijtimoiy­madaniy xususiyatlarini hurmat qilish; antidiskriminatsion yondoshish (insonni uning kelib chiqishi belgilari, yoshi, irqiy va ijtimoiy mansubligi, jinsi, diniy e`tiqodi, ideologiyasi, millati, sog’ligining holati yoki boshqa har qanday tafovutlaridan qat`i nazar qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish, kamsilmaslik); inson, guruhlar, jamoalarning kuchli tomonlari va imkoniyatlariga tayangan holda ularning hayotini o’zgartirishga ko’maklashish; odamlar qadr­qimmatini himoyalash, ularning xavfsizligini ta`minlash, ularning shaxsiy farovonlikka erishishida yordamlashishda insonni uning individual, oilaviy, jamoatchilik xususiyatlari bilan bir butunlikda qabul qilish.

  • Ijtimoiy haqqoniylik va insonparvarlik – insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida teng huquqlar hamda imkoniyatlar va vositalarni haqqoniy hamda teng huquqli taqsimlanishini ta`minlash; kamsitishning har qanday, jumladan, jins, yosh, u yoki bu madaniyatga mansublik, oilaviy holat, ijtimoiy­iqtisodiy maqom, irqiy va diniy mansublik belgilari, jismoniy tavsifnoma va jinsiy yo’nalishni kamsitish kabi turlari bilan kurashish; odamlar orasidagi ijtimoiy­madaniy farqlarni inobatga olish, tan olish va hurmat qilish; inson stigmatizatsiyasi, jamiyatdan ajralib qolishini oldini olish, bartaraf etish va uni ijtimoiylashuv jarayoniga jalb etadigan ijtimoiy sharoitlarni tenglashtirish; ijtimoiy farovonlik va xotirjamlikning ta`minlanishi va mijozning o’zligini, mavqe`ini aniqlashi, o’zini ijobiy ro’yobga chiqarishiga ko’maklashish.

  • Sodiqlik va vijdonlilik – mijoz manfaatlari, kasbiy hamjamiyat va jamiyat manfaatlari muvozanatini ta`minlash, birlarining manfaatlari boshqalarining manfaatlaridan yuqori qo’yilmaydi; mijoz bilan ishlashda maxfiylikka amal qilinishi, uni ta`minlash uchun choralar qo’llanishi darkor; muammoni hal qilish uchun uning manfaatida qo’llanadigan harakatlar haqida yordam uchun murojaat qilgan mijozni to’liq va ochiq xabardor qilishi lozim.

  • Kasbiy vakolatlilik – kasbiy majburiyatlarni sifatli bajarishga yo’naltirilgan ijtimoiy ishchining munosib va mas`uliyatli axloqi; kasbiy tamoyil va standartlarga zid bo’lmagan axloq; mijozlar, tadqiqot ishtirokchilari, talabalar, hamkasblar bilan muloqotda xatar va ekspluatatsiyani kamaytirish va ularning oldini olish uchun aniq kasbiy chegara o’rnatish; o’z bilimi, malakasi va mahoratidan samarali foydalana bilish; muntazam ravishda o’z kasbiy malakasini oshirish, ishda yangi yondoshuvlar va usullarni qo’llash; tadqiqotchilik faoliyatida ishtirok etish va uning natijalarini keng targ’ib qilish; o’sib kelayotgan yosh mutaxassislarni egallangan shaxsiy kasbiy tajriba bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy salohiyat va sifatga erishishlariga ko’maklashish; o’z kasbiy imkoniyatlari va salohiyati chegarasini tan olish, zaruriyatda tegishli mutaxassis ko’magini tashkillashtirish.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni ta`kidlash joizki, bu xujjatlarning barchasi ijtimoiy ish xodimining faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablarni belgilagan. Tabiiyki, bundan tashqari, o’zbek xalqi va jamiyatining madaniyati an`analari, mintalitet xususiyatlari, shuningdek mamlakatimizdagi ijtimoiy himoya tizimi tarixiy rivojlanishi davomida egallangan ma`naviy-madaniy qadriyatlar, ijtimoiy ish amalga oshirilishi bilan bog’liq mahalliy ilmiy-nazariy hamda amaliy tajriba yutuqlari ham inobatga olinishi zarur.
Ijtimoiy ish xodimi o’z kasbiy faoliyatida yuqorida keltirilgan har bir kasbiy sifat va fazilat, bilimdonlik va salohiyatlilik talablariga muvofiqlikni talab etadi. Zero, himoyaga muhtoj bo’lgan mijozlarning shaxsiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash yo’lida u nafaqat baxtli hayotini ta`minlash, oilani saqlab qolish, balki jamiyatda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, adolatli jamiyatni qurish kabi sermashaqqat va savobli faoliyatni amalga oshiradi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling