Samarkand davlat universiteti
Ijtimoiy ish xodimining professional moyilligi (iste`dodi)
Download 3.33 Mb.
|
Ijtimoiy ish xodimining professional moyilligi (iste`dodi)
Ijtimoiy ishdagi professionallik mutaxassisda professional moyillik bo’lishini talab qiladi. Professional moyillik doim ijtimoiy shartlanganlikni ko’zda tutadi. SHu nuqtai nazardan professional moyillik ob`ektiv omil bo’lib, bu iste`dodning egasi nuqtai nazaridan (ijtimoiy xizmatning konkret xodimi) – professional iste`dod xodim ichki olamining sub`ektiv omili, komponentidir. Bo’lajak ijtimoiy ish xodimida shaxs shakllanishi jarayonida ijtimoiy ishga, professional faoliyatga alohida munosabat yuzaga keladi. Bu munosabatlar asta-sekin yuzaga keladi: birinchidan, – «ijtimoiy ish» kasbi mohiyatini tushunish va qabul qilish asosida; ikkinchidan, shaxsning faqat o’z lavozimi majburiyatlarini bajarishda emas, balki sotsiumdagi ham, oiladagi, shaxsiy hayotidagi burchlarini bajarishda xatti-harakatlari sifatida bosqichma-bosqich shakllanadi. Ijtimoiy xodim faoliyatining maqsadga muvofiqligi aholini ijtimoiy himoya qilishning faqat strategik vazifalari bilan belgilanib qolmaydi. Bu aholi ijtimoiy ish turli kategoriyalarining qayg’u va og’riqlariga refleksiyadir. SHu bilan birga shaxsning professional iste`dod hayotning mushkul vaziyatiga tushib qolgan kishilar bilan ishlashga genetik moyilligiga xam bog’liq. SHunday qilib, professional iste`dod – ob`ektiv – sub`ektiv hodisadir. Ijtimoiy ish xodimining professional iste`dodi – mutaxassis shaxsida kamol topgan fazilatlari majmua (kompleks) sining murakkab ko’rinishi, ijtimoiy ish faoliyatlarini bajarishga, axoliga ma`lum turdagi ijtimoiy va turli xizmatlar, ijtimoiy – maishiy, ijtimoiy – tibbiy, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy huquqiy, ijtimoiy– iqtisodiy xizmat ko’rsatishga ichki ijtimoiy psixologik tayyorgarlikdir. Ijtimoiy eksklyuziyalarga, ijtimoiy deviatsiyalarga va ijtimoiy xizmtning turli kategoriyadagi mijozlarining ehtiyojlariga bunday refleksiya tug’ma bo’lishi mumkin emasligi tushunarlidir, u insonning butun hayoti davomida ijtimoiy ish xodimining kasb iste`dodi, avlodlarni tayyorlash va tarbiyalashdagi rivojlangan tizimi (maktabgacha, maktab, oliy ta`lim, oliydan so’nggi tarbiya), etuk individual fazilatlar etarli bo’lganda shakllanadi. Ijtimoiy ishda ijtimoiy xodimning fazilatlari juda muhimdir, bular unga ijtimoiy xizmatlar mijozlari bilan qulay aloqalar o’rnatishga va ijtimoiy xizmat iste`molchilari bilan ularning muammolari to’liq xal etilgunga empatiyali munosabatlarni tutib turishga, o’z professional vazifalarini bajarishdan katta quvonch olishga imkon beradi. Kishilar bilan ishlashga moyillik professional iste`dodda muxim o’rin egallaydi. Professional iste`dod komponentlari tizimida konkret ijtimoiy xodim uchun o’z qobiliyatini amalga oshirish imkoniyati ham katta rol o’ynaydi. Professional iste`dod strategik va taktik vazifalarni anglashni mo’ljallaydi. Ijtimoiy – iqtisodiy va ijtimoiy – psixologik vaziyatga mvofiq ijtimoiy ish xodimlarining va ijtimoiy xizmatning boshqa mutaxassislari oldida ijtimoiy himoya sohasida dolzarb va istiqbol vazifalar vujudga keladi. Bunda, bir tomondan, ular ishi yo’nalganligining birinchi galdaligi va ustivorligi aniqalanadi, boshqa tomondan, ular mijozlarning xuquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ma`lum maqsadlarga erishishiga intiladilar1. Yana bir jihat muximdir. Umum da`vat ijtimoiy xizmat va ular xodimlarining, birinchi navbatda ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassislarning asosiy vazifalarini belgilab beradi. Aholini ijtimoiy himoyalash sohasidagi istiqbol vazifalarni anglash bu vazifalarni amalga oshirishning umum uchun zarurligini shart qilib qo’yadi. Ijtimoiy xizmat xodimlari umumda`vat fazilatlarini tarqatuvchilaridir. SHunday qilib, ijtimoiy va professional iste`dodning oqilona uyg’unlashuvi shakllanishi mumkin. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling