Samarkand davlat universiteti


Ijtimoiy ish xodimining kasbiy, ma`naviy-ahloqiy qiyofasi


Download 3.33 Mb.
bet87/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137
Ijtimoiy ish xodimining kasbiy, ma`naviy-ahloqiy qiyofasi
Kasbiy bilimlar bilan bir qatorda ijtimoiy ish xodimi shaxsiy insoniy fazilatlarga, barqaror xarakterga, muloqotchanlik qobiliyati va qator ma`naviy-ahloqiy xususiyatlarga ham ega bo’lishi lozim. CHunki birgina yuqorida keltirilgan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishning o’zi kifoya qilmaydi. U muayyan kasbiy-ahloqiy me`yorlarga rioya qilishi, shaxsiy tayyorgarlikka ega bo’lishi lozim.
Ijtimoiy ish xodimi samarali faoliyat yurita olishi, o’z majburiyati doirasidagi vazifalarni hal qilishi uchun ijtimoiy ish xodimi eng avvalo, bilim va tajribaga; tarbiyalanuvchilar, ma`muriyat va pedagog-tarbiyachilar orasida o’z avtoritetiga; o’z mavqe`i (huquqlari)ga, tashkilotchilik, boshqaruvchilik, so’zomollik, muloqotchanlik, irodalilik, ma`suliyatlilik, tashabbuskorlik, hamfikrlilik, shahsiy maftunkorlik kabi shaxsiy va kasbiy fazilatlarga ham ega bo’lishi lozim.
Qiyin hayotiy vaziyatdagi mijoz bilan kasbiy amaliy ijtimoiy yordam ko’rsatilgunga qadar ijtimoiy ish xodimi o’z e`tiborliligi, hamdardligi, o’zgalar fikri va dardini sabr-toqatlilik bilan tinglay olishi, zarur va tegishli maslahatlarni berishni bilishi lozim. SHuni ta`kidlash joizki, ijtimoiy ish xodimi qaysi ijtimoiy maqomga ega bo’lgan, yoki boshqa so’z bilan aytganda “ijtimoiy vaziyatda bo’lgan” insonga ijtimoiy yordam va ko’makni tashkillashtirmasin, u eng avvalo insoniylik tamoyilidan kelib chiqishi zarur bo’ladi.
SHu jihatdan ijtimoiy ish xodimining intellektual, umummadaniy va ahloqiy salohiyatga egaligi uning o’z kasbini yuritishga loyiqligi mezoni sifatida xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan “Ijtimoiy ishchining professiogrammasi”da ijtimoiy ish xodimining shaxsiy-kasbiy sifatlariga quyidagi talablar qo’yiladi:
Ijtimoiy ishchiga zarur bo’lgan shaxsiy­kasbiy sifatlar81
Ijtimoiy ishchi quyidagi shaxsiy­kasbiy sifatlarga ega bo’lishi, ularni rivojlantirishi va namoyish qilmog’i zarur:

  • har bir odamning qadriyatlarini shaksiz qabul qilish, uning huquqlarini hurmatlash;

  • odamlarning individual farqliklariga baholashsiz munosabatda bo’lish, insonparvarlik;

  • o’zligini anglash va o’zini baholash darajasining rivojlanganligi, tanqidiy tafakkur;

  • empatiya (hamdardlik va xayrixohlik qobiliyati);

  • refleksiya (fikrlash, mulohaza yuritish qobiliyati);

  • odamlar bilan aloqa o’rnatish va ishonchli munosabatlarni shakllantirishni uddalay olish;

  • odamlarning hissiy holatiga sezgirlik va ta`sirchanlik, hissiy vazminlik va chidamlilik;

  • murakkab vaziyatlarni hal qilishdagi qat`iyatlilik va izchillik;

  • xavotirlilikning maqbul darajasi, depressiv holatga moyillikning yo’qligi;

  • yordam ko’rsatilayotgan odamlar va oilalarning kuchli tomonlarini ko’ra bilish va rivojlantirish mahorati;

  • stressli va hissiy murakkab vaziyatlarda ishlash ko’nikmasi: o’z­o’zini nazorat qilish, bir holatdan boshqasiga o’tish, o’z hissiyotlari va axloqini boshqarish qobiliyati.

Bunday sifatlarga egalik (yoki ularning shakllantirilishi) o’z kasbiy faoliyatini yanada samaraliroq amalga oshirish imkonini ta`minlaydi. Xususan, bu unga aholining turli ijtimoiy guruhlari va ularning xususiyatlari haqida xabardor bo’lishi; o’z xatti-harakatlari oqibatlarini oldindan ko’ra bilish; turli toifadagi insonlar bilan muloqot o’rnata olish; kasbiy-shaxsiy salohiyatga ega bo’lish (mijozlarda simpatiya uyg’otish, ularning ishonchini qozona bilish, kasbiy sirni saqlay olish, mijoz hayotining shaxsiy maxfiy masalalari borasida o’z odobi va xushmuomalaligini namoyon eta bilish va h.z.); ish jarayonidagi (mijoz va ma`muriyat yoki xodimlar orasida) turli xil nizo va kelishmochiliklarda, ishdagi omadsizlik va qiyinchiliklarda sabr, iroda, hissiy barqarorlikni saqlay bilishi, o’z majburiyatini sidqidildan bajarishi; mijozlar bilan muloqotda xotirjamlik, hayrihoxlik, e`tiborlilikni namoyish etishni uddalay bilishi va shu kabilar.
Maxsus adabiyotlarda ko’rsatilishicha, ijtimoiy ish xodimining shaxsiy sifatlari uch guruhga bo’linadi82.
Shaxsiy sifatlarning birinchi guruhiga kasbiy faoliyat doirasida ijtimoiy ish xodimining psixik jarayonlari (diqqat, idrok, xotira, hayol, tafakkur), psixik xolati (toliqish, apatiya, stress, xavotirlanish, depressiya), ong sohasi, hissiy (vazminlik, loqaydsizlik) va irodaviy sohasi (qat`iyatlilik, izchillik, sezgirlik) xususiyatlariga oid qo’yiladigan talablar kiradi.
SHaxsiy sifatlarning ikkinchi guruhiga o’zini nazorat qila olish, o’z ishiga tanqidiy munosabatda bo’la olish, o’z xatti-harakatlari va imkoniyatlarini adekvat hamda ob`ektiv baholay olish, shuningdek stressga nisbatan bardoshlilik va barqarorlik fazilatlari, ya`ni jismoniy chidamlilik, ixlos va o’zini ishontira olish, o’z hissiyotlarini boshqarish va yo’naltira olish kabi sifatlari kiradi.
Ijtimoiy ish xodimi shaxsiy sifatlarining uchinchi guruhiga muloqotchanlik (insonlar bilan tezda munosabat o’rnata olish); empatiylik (insonlar kayfiyatini fahmlay olish, ularning ustanovka va kutilmalarini tez va oson payqay olish, ularning muhtojliklariga hayrihox bo’lish); vizual xususiyatlar (shaxsning tashqi maftunkorligi, didlilik, orasta va takallufligi); so’zomollik (so’z va fikr bilan uqtirish, ishontira bilish, dunyoqarashning kengligi) kabi xislat va fazilatlar kiradi.
Yuqorida sanab o’tilganlarning barchasi “kasbiy etika” yoki “mehnat faoliyati etikasi” sifatida belgilanishi mumkin. Uning mohiyati shu kasb bilan shug’ullanuvchi ijtimoiy ish xodimining ahloqi va qadriyatlari sohasi, e`tiqodi va irodaviy fazilatlari hamda xulq-atvori xususiyatlari bilan birgalikda yaxlit kompleksi tarzda idrok etiladi.
Ijtimoiy ish bo’yicha jahon tajribasida, xususan chet el va mahalliy ijtimoiy ish sohasi mutaxassislari o’z kasbiy faoliyatida 1979 yilda AQSHda qabul qilingan “Ijtimoiy ish xodimlari Milliy Assotsiatsiyasining Ahloq Kodeksi”ga amal qiladilar. Mazkur hujjatda ijtimoiy ish xodimining kasbiy ahloqiy tamoyillari 6 asosiy yo’nalishlarda qayd etilgan bo’lib, ularda ijtimoiy ish xodimining xulq-atvori, kasbiy majburiyatlari sohasi, mijoz, hamkasblari, tashkilotlar, ish beruvchilar, kasbiy rivojlanishi, jamiyat oldidagi ahloqiy majburiyatlari tafsiloti beriladi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling