Samarkand davlat universiteti


Ijtimoiy ishdagi professional xavf (risk) lar


Download 3.33 Mb.
bet94/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
Ijtimoiy ishdagi professional xavf (risk) lar
Ijtimoiy ishdagi professional xavflar avvalgidek dolzarb va kam o’rganilgandir. Ijtimoiy xodim mijoz bilan murakkab ijtimoiy o’zaro munosabat jarayonida duch keladigan doimiy stress vaziyatlari, mijozning ijtimoiy muammolarining doim tubiga kirib borishi, shaxsiy himoyasizligi va boshqa ma`naviy-psixologik omillar, o’ziga xos emotsional donor hisoblanadigan ijtimoiy ish xodimining sog’ligiga salbiy ta`sir etadi. Bu salbiy ta`sirning belgilari quyidagilar:
– emotsional horishni his etish;
– mijozlarga nisbatan adovat mavjudligini sezish;
– psixosomatik kasallikning mavjudligi;
– ishtahaning buzilishi,
– o’ziga-o’zi salbiy baho berish;
– yoshiga bog’liq qo’pollik va aybdorlik hissi va boshqalar1.
Bundan jamoatchilikning, xokimiyat organlarining va ijtimoiy xodimlarning o’zini professional kasalliklarni oldini olish, ogohlantirish, ijtimoiy xodimlarni reabilitatsiyalashga e`tiborni jalb etish zarurligi ko’rinib turibdi. Ijtimoiy xodimlar professional xavflarni, ularning ijtimoiy – psixologik va biologik tabiatini yaqqol tasavvur etishi, bunday kasalliklarning oldini olish, ogohlantirish usullari xaqida ma`lumotga ega bo’lishi zarur. Ijtimoiy xodim o’z faoliyatini u yoki bu bosqichida psixologik tanazzulning turli ko’rinishlarining paydo bo’lishi haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak. Ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi ijtimoiy xizmatlar va o’quv markazlariga qarashli boshqarish organlarining muhim vazifasi – ularning faqat professional kamol topishi va xizmat pog’onasidan yuqori ko’tarilishigagina emas, balki ijtimoiy ish xodimlariga sog’liqlarini saqlashda yordam berish, ularning professional kasalliklarning oldini olish, ijtimoiy ishdagi professional xavflar to’g’risida konsul’tatsiyalar ham o’tkazishdir. Ijtimoiy ish xodimlarining psixologik madaniyatini oshirish va ularning bilan psixologik treninglar, konsul’tatsiyalar o’tkazish ham juda muximdir. Ijtimoiy ish xodimlarining professional imkoniyatlari va cheklanmalarni yaxshi tasavvur qilishlari, o’z psixofiziologik va mehnat potentsiallarini doim hisobga olishlari zarur2.
Ijtimoiy ish xodimlari sog’ligi monitoringini tashkil etish – ijtimoiy xodimlar uchun va umuman ijtimoiy xodimlar harakat qilish tizimi faoliyatining muhim yo’nalishidir.
Ko’pgina funktsiyalarning asta-sekin davlatdan jamoatchilik tashkilotlari qo’liga o’tish sharoitida bu ijtimoiy xizmat xodimlari Assotsiatsiyasi ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy ish xodimlari Assotsiatsiyasi, ijtimoiy xodimlar Assotsiatsiyasi tashkilotlarining professional ijtimoiy ishning shakllanishida, ijtimoiy xizmatlarning barcha xodimlari ijtimoiy sog’lig’ini saqlashdagi rolini faollashtirish printsial ravishda muhimdir.
Assotsiatsiyalar mamlakatda ijtimoiy ish xodimlarini tayyorlash tizimlarini yaratishga faol yordam beradi. Bu tizim o’ziga ijtimoiy xizmatlar uchun mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlashni; ijtimoiy ish muammolari bo’yicha ilmiy va o’quv-metodik adabiyotlarni nashr etishni; ijtimoiy ish bo’yicha oliy-professional ta`limning davlat standartlarini ishlab chiqish va qabul qilishni; yangi tipdagi ijtimoiy xizmatlarni (kompleks, ko’p tarmoqli, ixtisoslashgan); shakllantirishni; ijtimoiy ishning xorij tajribasidan foydalanish va ijtimoiy ish sohasidagi xalqaro xamkorlikni rivojlantirishni kiritadi.
Professiogramma - bu mutaxassisning kasbiy faoliyatiga va sifatlariga jamiyatning umumlashgan talablarini o’zida mujassam etgan hujjatdir.
Shuni alohida ta`kidlash zarurki, professiogramma avvalo kasbning mutaxassisga nisbatan talabni o’zida aks ettirgani bois uni hisobga olmasdan turib uni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yakuniy maqsadlarini aniqlab bo’lmaydi. Kasbiy o’qitishning maqsadi esa kasbiy malakalilikni shakllantirish hisoblanadi. Kasbiy malakalilik esa o’z navbatida ijtimoiy ish xodimining ma`lum darajadagi kasbiy vazifalarni bajarishga tayyorligi va qobiliyatidir.
Umuman olganda, professiogramma o’z xususiyatiga ko’ra me`yoriy bo’lib, kasbiy malakalilik professiogramma asosida, mutaxassis imkoniyatlari va tajribasiga monand tarzda shakllanadi. Kasbiy malakalilik yo’nalishiga ko’ra integral, ya`ni jamlanma sifatdir. Bu umumiy ko’rinishda quyidagi holatda aks etadi.
O’z-o’zidan ma`lumki, ijtimoiy ish xodimi mijoz vaziyatini o’rganishi, qarorlar qabul qilishi, ularning oqibatlarini ko’ra bilishi, ularni amalga oshirishning noan`anaviy uslublarini va maqbul sharoitlarini topa bilishi, jamiyatda mavjud huquqiy va iqtisodiy me`yorlar tizimida yo’l topa bilish va h.k. zarur.
Ma`lumki, ijtimoiy ish kasbiy faoliyatning alohida turi bo’lib, ijtimoiy jarayonlarning boshqaruvchanligini ta`minlashga qaratilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda inson omili birinchi navbatda e`tibor qaratilayotgan davrda ijtimoiy ish sharafli soha bo’lib qolmoqda, zero uning markazida inson manfaatlariga qaratilgan kasbiy faoliyat yotadi. Ijtimoiy ish xodimi professiogrammasida ana shu kasbiy faoliyatning umumiy xususiyatlari o’z ifodasini topadi.
Mamlakatimizda qabul qilingan ijtimoiy ish xodimlari professiogrammasida ijtimoiy ish xodimlari uchun qo’yiladigan namunaviy talablarni yuqori darajada anglasa, o’z qobiliyatlari, imkoniyatlari va tajribasiga mos tushadigan o’z kasbiy malakasining ma`lum bir variantini shakillantirib borish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Aynan mana shu narsa ijtimoiy ish xodimining o’z kasbiy malakasini vujudga keltirishning faol sub`ektiga aylantiradi. SHundan kelib chiqib, u o’zini o’zi boshqarish va tartibga solish, kasbiy o’sish uchun motivatsiyaga ega bo’lishi, prefessionalizmning yuqori darajalariga intilishi kabi sifatlarini shakllantiradi. Umuman olganda ijtimoiy ish xodimi faqatgina yangi kasbiy bilimlar egasi bo’libgina qolmay, kasbiy shakllanish jarayonining sub`ektiga aylanadi.
Ijtimoiy ishning xalqaro axloqiy andozalari”da 5 guruh ko’rsatilgan:

  • axloqiy xulq-atvor andozalari;

  • mijozlar bilan o’zaro munosabatlar;

  • agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar;

  • hamkasblari bilan o’zaro munosabatlar;

  • kasbga munosabat.


Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling