Ijtimoiy ish xodimi quyidagi shaxsiy-professional sifatlarga ega bo’lishi, ularni rivojlantirishi va namoyish qilmog’i zarur:
har bir odamning qadriyatlarini shaksiz qabul qilish, uning huquqlarini hurmatlash;
odamlarning individual farqlariga bahosiz munosabat, insonparvarlik;
rivojlangan o’z-o’zini anglash va o’z-o’zini baholash, tanqidiy tafakkur;
empatiya (hamdardlik va xayrihohlik qobiliyati);
refleksiya (fikrlash, mulohaza yuritish qobiliyati);
odamlar bilan aloqa o’rnatish va ishonchli munosabatlarni shakllantirishni uddalay olish;
odamlarning hissiy holatiga sezgirlik va ta`sirchanlik, hissiy vazminlik va chidamlilik;
murakkab vaziyatlarni hal qilishdagi kat`iyatlilik va izchillik;
xavotirlilikning maqbul darajasi, ruhiy tushkunlik holatiga moyillikning yo’qligi:
yordam ko’rsatilayotgan odamlar va oilalarning kuchli tomonlarini ko’ra bilish va rivojlantirish mahorati;
stressli va hissiy murakkab vaziyatlarda ishlash ko’nikmasi: o’z-o’zini nazorat qilish, bir holatdan boshqasiga o’tish, o’z hissiyotlari va axloqini boshqarish qobiliyati.
VIII. Ijtimoiy ish xodimlarining etik majburiyatlari
Ijtimoiy ish xodimi majburiyatlari:
ijtimoiy ish mijozlarining qiziqishlariga ko’maklashadi va huquqlarini himoya qiladi;
mijozlarda ishonch o’rnatish va uni saqlashga intiladi va maxfiylik qoidasiga amal qiladi;
xizmatdan foydalanuvchi mijozlarning mustakillikni egallashiga, o’z-o’zini aniqlashni rivojlantirishga ko’maklashadi;
xizmatdan foydalanuvchi mijozlarni xavfdan xamda ularga zarar kelishidan iloji boricha himoya qiladi;
o’z ishining sifati va o’z bilimlari, malakasini saqlash hamda yaxshilashga mas`ul bo’la oladi;
millati, yoshi, diniy e`tiqodi, oilaviy maqomi, aqliy yoki jismoniy xususiyatlari, imtiyozlari, shaxsiy tavsifnomalari va boshqalarga asoslangan kamsitishning xar qanday shakllarini namoyon etishni rad etadi va to’sqinlik qiladi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |