Samarkand davlat universiteti
IX. Ijtimoiy ish xodimining professional majburiyatlari
Download 3.33 Mb.
|
IX. Ijtimoiy ish xodimining professional majburiyatlari
Ijtimoiy ish xodimi quyidagilarga majbur: ijtimoiy-tibbiy, yuridik, psixologik-pedagogik, moddiy va boshqa yordamga, ma`naviy, jismoniy va psixik salomatligining muxofazasiga muxtoj oilalar, bolalar va alohida shaxslarni aniqlash; ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar, bolalar va katta odamlarning xayot sharoitlarini o’rganish hamda ularning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasini uyushtirish; mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va zarur bo’lgan hollarda qo’shimcha xizmat olish uchun boshqa tashkilotlarga yuborish; tibbiy va ta`lim muassasalariga joylashishga, moddiy, ijtimoiy-maishiy va boshqa yordam olishda ko’mak berish; mijozlarda yuzaga kelgan kiyinchiliklarni, nizoli vaziyatlarni belgilash, ularga bu qiyinchiliklar, nizolarni hal qilishda ko’maklashish va ijtimoiy himoyalash; mijoz/mijozlar bilan ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyasi va modellarini qo’llab, mijozning kuchli tomonlariga urg’u berish va uning atrofidagi imkoniyatlarni izlagancha ularning muammolarini hal qilish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri ish olib borish; ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni joylashtirish bo’yicha ishlarni uyushtirish va uyg’unlashtirish (masalan, bola qilib olish yoki bolani tutingan oilaga joylashtirish va hokazo); mijozlar (ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan shaxslar, institutsional va ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiyaviy muassasalarni bitirayotganlar)ning ijtimoiy moslashuvi va reablitatsiyasi yuzasidan ishlarni uyushtirish va uyg’unlashtirish; mijozlarni ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasi va yuzaga kelgan hayotiy qiyinchiliklarni mustaqil hal qilishlari uchun zaruriy hayotiy ko’nikmalarga o’rgatish; mijozlarga bolalarning oiladagi farovonligini yaxshilash uchun bolalarning ehtiyoji va yoshga oid rivojlanishi, bolalar bilan shafqatsiz va beparvo munosabat va h.k. masalalari yuzasidan ota-onalar malakasini rivojlantirish bo’yicha maslahatlar berish; mijozlarni istalmagan axloqni o’zgartirish va ijtimoiy maqbul axloqni egallash masalalari bo’yicha maslahat berish; oilalarga bolalar, bemoralar va keksa odamlarni parvarish qilish qoidalari hamda malakalarini o’rgatishda yordamlashish va uni tashkil etish; odamlarning zaif guruhlariga nisbatan mavjud stereotiplarni susaytirish maqsadida ta`lim dasturlari va OAV orqali jamiyatning xabardorligini oshirish hamda professional ijtimoiy ishni targ’ib qilish. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling