Samarkand davlat universiteti


Ijtimoiy haqqoniylik va insonparvarlik


Download 3.33 Mb.
bet111/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137
Ijtimoiy haqqoniylik va insonparvarlik
Ijtimoiy haqqoniylik va insonparvarlik ijtimoiy ishning asos soluvchi tamoyillari va qadriyatlari hisoblanadi. Bu qadriyatlar bilan bog’lik ravishdagi tamoyillar quyidagilarni anglatadi:

  • Ijtimoiy ish xodimining insonlarning asosiy extiyojlarini qondirish maksadida teng huquqlar xamda imkoniyatlar va vositalarni haqqoniy hamda teng huquqli taqsimlashni ta`minlash bo’yicha faoliyati, davlat va jamoatchilik tashkilotlari imkoniyatidan foydalanishning teng kafolatlangan imkonini yaratish va amal qilish bo’yicha faoliyati.

  • Ijtimoiy ish xodimlari ijtimoiy noxush ahvoldagi odamlar chaqiradigan ijtimoiy sharoitlar va qiyinchiliklarni aniklashga ko’maklashadi, ijtimoiy siyosatning shakllanishi hamda uni amalga oshirish mexanizmlarini yaxshilashga ta`sir ko’rsatadi.

  • Ijtimoiy ish xodimlari kamsitishning har qanday, jumladan, jins, yosh, u yoki bu madaniyatga mansublik oilaviy holat, ijtimoiy-iqtisodiy maqom, irqiy va diniy mansublik belgilari, jismoniy tavsifnoma va jinsiy yo’nalishni kamsitish kabi turlari bilan kurashishlari zarur.

  • Ijtimoiy ish xodimlari o’z faoliyatida ijtimoiy xaqqoniylik tamoyiliga amal qilgancha odamlar orasidagi ijtimoiy-madaniy farklarni inobatga oladi, tan oladi va hurmat qiladi.

  • Ijtimoiy ish xodimlari faoliyati inson stigmatizatsiyasi, ajralib qolishini uyg’otadigan va uni ijtimoiylashuv jarayoniga jalb etadigan ijtimoiy sharoitlarni tenglashtirishga yo’naltirilishi darkor. Ijtimoiy ish xodimining amaliy faoliyati ijtimoiy xakqoniylik tamoyillariga amal qilish maqsadida ijtimoiy farovonlikni yaxshilash va o’z-o’zini aniklash, o’z-o’zini ijobiy ro’yobga chiqarishga ko’maklashadi.

Sodiqlik va vijdonlilik
Odamlarga xizmat qilish va vijdonlilik jamiyat e`tiborini ijtimoiy muammolarga jalb qiladigan, ochiq hamda o’ziga xos ishonch uyg’otadigan tarzda odamlarga yordam ko’rsatishni nazarda tutadi. SHu qadriyatlar bilan bog’liq ravishda tamoyillar quyidagilarni anglatadi:

  • Ijtimoiy ish xodimlarining boshqa odamlar manfaatlari va jamoatchilik farovonligiga erishish bo’yicha faoliyati shaxsiy, moddiy yoki moliyaviy foydani kutmaydi.

  • Mijoz va uning ijtimoiy atrofidagilar manfaatlari, mijozning qiziqishlari va ijtimoiy ish xodimining shaxsiy qziqishlari, umuman olganda, ijtimoiy ish xodimining vijdonliligi vositasida mijoz manfaatlari, professional hamjamiyat va jamiyat manfaat­lari muvozanatini ta`minlash. Birlarining manfaatlari boshqalarining manfaatlaridan yuqori qo’yilmasligi, qay birigadir zarar etkazilmasligi lozim.

  • Ijtimoiy ish xodimlari tomoni­dan ijtimoiy ish missiyasiga professional faoliyat, uning qadriyatlari va axloqning etik standartlari sifatida rioya qilishi.

  • Ijtimoiy ish xodimlari tomoni­dan mijoz bilan ishlashda maxfiylikka amal qilinishi, uni ta`minlash uchun choralar qo’llanishi darkor. Ijtimoiy ish xodimi mijozni u yoki bu axborot uning ruxsati bilan qaror qabul qilish uchun boshqa tashkilot, ijtimoiy xizmatga berilishi mumkinligi xaqida o’z vaqtida xabardor qilishi lozim. Maxfiylik mijoz yoki boshqa shaxslar xayoti uchun xavfli bo’lgan sharoitda buzilgan bo’ladi.

  • Ijtimoiy ish xodimi yordam uchun murojaat kilgan mijozni muammoni hal qilish uchun uning manfaatida qo’llanadigan harakatlar haqida to’liq va ochiq xabardor qiladi.

  • Ijtimoiy ish xodimining etik tamoyillarni qo’llab-quvvatlash uchun sharoitni vijdonan va mas`uliyat bilan yaratish hamda ko’maklashish faoliyati.


Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling