Ijtimoiy Ish buyicha Maktablar Xalqaro Assotsiatsiyasi/Ijtimoiy Ish xodimlari Xalqaro Federatsiyasi.
Ijtimoiy Ish Ta`rifi 2001 yil 27 iyunida hamkorlikda muvofiklashtirilgan. Kopengagen.
2-qism. IJTIMOIY ISHNING QADRIYAT VA TAMOYILLARI
§1. Ijtimoiy ishning xalqaro shartnomalari va xalqaro standartlari
Xalqaro shartnomalar
Inson huquqlarini muhofaza qilish sohasida turli davlat va tashkilotlarning faoliyatini belgilovchi xalqaro deklaratsiya va konventsiyalar ijtimoiy ish xodimining ushbu professional hamda etik kodeksi asosida turadi.
Ijtimoiy ish mohiyatini odamlarning farovonligini ularning shaxsiy imkoniyatlari va ijtimoiy yaqin odamlari imkoniyatlaridan eng yuqori darajada foydalanish hamda ularga imkoniyat berish orqali yaxshilash maqsadidagi amaliy faoliyat sifatida tushunish ijtimoiy ishning etik tamoyillarini quyidagi xalqaro shartnomalar asosida ko’rishni ko’zda tutadi:
Inson xuquqlarining umumiy deklaratsiyasi, 1948 y.
Fukarolik va siyosiy huquqlar hakidagi Xalqaro pakt, 1966 y.
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risidagi Xalqaro Konventsiya, 1965 y.
Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risidagi Xalqaro konventsiya, 1976 y.
Bola xuquqlari haqidagi Konventsiya, 1989 y.
Nogironligi bo’lgan odamlar huquqlari to’g’risidagi Konventsiya, 2006 y.
Ijtimoiy ishning xalqaro standartlari
Ijtimoiy ish xodimining professional va etik kodeksining ijtimoiy ishning qadriyatlari va tamoyillariga bag’ishlangan ushbu qismi 2004 yil oktyabrida Adelaida (Avstraliya)da qabul qilingan. Ijtimoiy ish buyicha maktablar xalqaro assotsiatsiyasi va Ijtimoiy ish xodimlari xalqaro federatsiyasining “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar Deklaratsiyasi” umumiy hujjati asosida ishlab chiqildi
Bu hujjatda ijtimoiy ish xodimlarining o’z faoliyatlarini etik tomonlari haqida xabardor bo’lishi professional amaliyotga muhim qismi, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga amal qilish tamoyillari esa ijtimoiy ish faoliyati uchun belgilovchi hisoblanishi ta`kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |