Samarkand davlat universiteti
Ijtimoiy ish - bu quyidagi chiziqlar bilan xarakterlangan kasb
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishi uchun quyidagilar zarur
- Ijtimoiy ishning kasb sifatidagi noyob tavsifnomasi
- Ijtimoiy ish”ning xalqaro ta`rifi
Ijtimoiy ish - bu quyidagi chiziqlar bilan xarakterlangan kasb:
Ilmiy asoslangan bilim va nazariyalarga tayanadi; Dalillarga asoslangan amaliyotga tayanadi; Axloqning etik tamoyillari va standartlariga amal kiladi; Mijoz* va uning atrofidagi ishlar bilan o’zaro professional xarakatda amalga oshiriladi. * “Mijoz” atamasi individuum, odamlar guruxi, tashkilot va hamjamiyatlarni o’z ichiga oladi Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishi uchun quyidagilar zarur: Ijtimoiy ish buyicha bilim, ko’nikma va malakalarni, o’quv rejasi to’zilmasini (amaliyotni kiritgan holda) va bu bilimlar xamda axborotlarni ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyalari va modellariga muvofiq ravishda doimiy yangilash jarayonini ifodalovchi ta`lim standartiga asoslangan ta`lim jarayonini rivojlantirish; Ijtimoiy sohada rasman ishlash huquqini beradigan diplom yoki sertifikat ko’rinishidagi rasmiy vakolatlarning mavjudligi; Ta`lim jarayoni va amaliyotni nazorat qiladigan, tashkilotlardagi ijtimoiy ish xodimining standartlari va etik korxonasini ko’rib chiquvchi xamda rivojlantiruvchi professional assotsiatsiyalar va uyushmalarning mavjudligi. Ijtimoiy ishning kasb sifatidagi noyob tavsifnomasi: Ijtimoiy ish ba`zi kasblar diqqat e`tiborini alohida individuumlarga (masalan, psixologlar) yoki yaxlit holda jamiyatga (masalan, sotsiologlar yoki politologlar) qaratgan bir paytda insonni ijtimoiy muhitda ko’rib chiqadi. Ijtimoiy ish ibtidoni boshqa fan va kasblardan olgan nazariya va usullarning noyob majmuidan iborat. Ijtimoiy ishning rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar ishning turli usullari va yondoshuvlari uyg’unligi, mul’ti-darajali interventsiya xamda fanlararo yondoshuvning rivojlanishiga yo’naltirilgan. Ijtimoiy ish ijtimoiy ko’makka muayyan kat`iy yo’nalishga ega va aholining zaif qatlamiga alohida e`tibor qaratadi, u ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan. Ijtimoiy ish mijozlarning o’z-o’zini aniqlashiga alohida urg’u beradi, mijoz va ijtimoiy ish xodimi o’rtasidagi munosabat ochiqlik va o’zaro do’stlik bilan xarakterlanadi, bu esa muammoning maqbul echimi uchun imkon beradi. “Ijtimoiy ish”ning xalqaro ta`rifi Ijtimoiy ish xodimining professional faoliyati ijtimoiy o’zgarishlarga, insoniy o’zaro munosabatlar muammolarini hal qilishga ko’maklashadi; jamiyatda funktsional mavjud bo’lish qobiliyatining mustahkamlanishi va odamlarning farovonlik darajasini oshirish maqsadida ozod qilishga yordam beradi. Inson axloqi va jamoatchilik tizimi nazariyasidan foydalangancha ijtimoiy ish odamlarga ularning atrofidagi kishilar bilan o’zaro harakatda ko’maklashadi. Inson huquqlarining tamoyillari va ijtimoiy haqqoniylik ijtimoiy ish negizi hisoblanadi. Izohlar Ijtimoiy ish o’zining turli shakllarida odamlar va ularning atrofidagi kishilar o’rtasidagi ko’p sonli, murakkab aloqalar bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy ish faoliyatining maqsadi: barcha odamlarga o’z imkoniyatlarini to’la rivojlantirish, o’z hayotini boyitish va disfunktsiyani bartaraf etish imkoniyatini taqdim etadi. Professional ijtimoiy ish muammolarni hal kilish va o’zgarishlarga erishishga yo’naltirilgan. Ijtimoiy ish xodimlari jamiyatdagi va o’zlari xizmat qilayotgan individuum, oilalar va hamjamiyat hayotidagi o’zgarish agentlari hisoblanadilar. Ijtimoiy ish o’zida qadriyatlar, nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liq tizimini aks ettiradi. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling