Samarkand davlat universiteti
-QISM. “IJTIMOIY ISH KASBINING TA`RIFI VA TAVSIFI”
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ish ta`rifi
1-QISM. “IJTIMOIY ISH KASBINING TA`RIFI VA TAVSIFI”
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng asosiy ustuvor yo’nalishlardan biri alohida ko’mak va e`tiborga muxtoj odamlarga manzilli yordam ko’rsatish bo’lgan ijtimoiy himoya va aholiga xizmat qilishning printsipial jihatdan yangi tizimi shakllandi. Bu sharoitda ijtimoiy sohada aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami bilan ishlashda bilim va ko’nikmaga ega bo’lgan yuqori malakali xodimlarga ehtiyoj va tegishli tarzda yangi kasbiy faoliyat – “ijtimoiy ish xodimi”ga zaruriyat yuzaga keldi. O’zbekistonda ijtimoiy ish instituti 90-yillar oxiriga kelib shakllanishni boshladi. Buning uchun 1980 yilda bilim va ta`lim sohasida davlat uchun yangi bo’lgan – “ijtimoiy ish”ning oliy ta`lim ixtisosliklari va yo’nalishlari Umumdavlat klassifikatoriga kiritilishi asos bo’ldi. O’zR Kasblar va lavozimlar Milliy klassifikatoriga “ijtimoiy ish” kasbi va “ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassis”lik kiritiladi. “Ijtimoiy ish” yo’nalishi bo’yicha ta`lim Tlshkent davlat madaniyat instituti va Samarqand, Farg’ona davlat universitetlarida olib boriladi. Toshkent davlat madaniyat instituti ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash sohasida etakchi oliy o’quv yurti hisoblanadi, unda bakalavriat va magistraturada talabalar tayyorlash amalga oshiriladigan dastlabki ijtimoiy ish fakul’teti ochildi. Bundan tashqari, 2007 yildan boshlab malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash fakul’teti qoshida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hamkorligida BMTning O’zbekistondagi YUNISEF Bolalar jamg’armasi ko’magida O’zR oliy o’quv yurtlaridagi ijtimoiy ish o’qituvchilari va bolalarni ijtimoiy himoyalash tashkilotlari hamda muassasalarning xodimlari uchun ijtimoiy ish bo’yicha 4 oylik qayta tayyorlash kurslari olib borilmoqda. Ijtimoiy ish ta`rifi Ijtimoiy ish - bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o’zgarishlarda ko’maklashishga yo’naltirilgan, ularning xayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko’rsatish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha kasbiy faoliyatdir89. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling