Samarkand davlat universiteti
A) Ijtimoiy-maishiy xizmatlar, moddiy va natural yordam
Download 3.33 Mb.
|
A) Ijtimoiy-maishiy xizmatlar, moddiy va natural yordam:
- shoshilinch xizmat va shoshilinch moddiy yordam; - og’ir kasal, nogiron bolalari bo’lgan oilalarga yordam; harakat qilishga qiynaladigan, birovning qaroviga, oziq-ovqatlar, dori-darmonlarni olishda boshqalar yordamiga muhtoj oilalarga va alohida fuqarolarga yordam; - beg’arazlik asosida yoki muayyan to’lov hisobiga aholidan buyumlar (kiyim-kechak, poyafzal va boshqalar)ni qabul qilish; - xayriya va insonparvarlik yordamini taqsimlash (tovarlar va oziq-ovqatlar va boshqalar); - etim bolalarga, ota-ona qo’arovisiz qolganlarga, vasiy oilalarga ijtimoiy yordam; - adresli ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun mablag’lar topishda tadbirlar tashkil etish; - muassasalar qoshida buyumlar fondi, yolg’iz onalarning voyaga etmagan bolalariga va boshqa kategoriyada muhtojlarga bolalar buyumlari fondini tashkil etish; - ishga joylashtirish (shu jumladan, vaqtincha) va kasbga ega bo’lish (mutaxasislik olishda) yordam berish; - bolalarning teatrlar, ko’rgazmalar va boshqa madaniy tadbirlarga borishini tashkil etishga yordam berish; - bolalar uchun xayriya ziyofatlari, yozgi dam olish, sanatoriya-kurort davolanishlarni tashkil etish; - juda muxtojlarga oziq-ovqat va maishiy xizmatlarni tashkil etishda yordam berish; - pul mablag’lari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanitariya-gigiena vositalari, bolalarga qarash uchun vositalar, birinchi navbatda zarur bo’lgan kiyim-kechaklar, poyafzallar va boshqalar, pul yordamlari, imtiyozlar, qo’shimcha to’lovlar, tovonlarni ajratishda yordam berish; - xat, arizalar yozishda, xujjatlarni, shu jumladan vasiylik hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishda yordam berish; - mehnatga noqobil kam ta`minlangan oilalarga uyda ijtimoiy maishiy xizmat ko’rsatish; - nogiron bolalarga uy mehnatini tashkil etish va ularning keyinchalik ishga joylashtirishni tashkil etish; - markaz qoshida o’smirlar va ishsizlar uchun ustaxonalar va tsexlar tashkil etish; - nogiron bolalarni davolash, dam olish joylariga etazish, hujjatlarni rasmiylashtirishda ko’mak berish. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling