Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet108/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137
Qadriyatlar
Ijtimoiy ish o’z sarchashmasini insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan va demokratik ideallarda oladi, uning qadriyatlari tengliq har bir shaxsning qadriyati va har bir odamning qadr-qimmatini xurmat qilishga asoslanadi. Kasbning paydo bo’lishidan boshlab, deyarli bir yarim asr avval ij­timoiy ish amaliyotining diqqat-e`tibori umuminsoniy ehtiyojlar va inson imkoniyatining rivojlanishini ta`minlashga qaratilgan. Inson huquqlarini ta`minlash va ijtimoiy haqqoniylik ijtimoiy ish xodimlari faoliyati uchun motivatsiya va sabab bo’lib xizmat qiladi. “Zaif” ijtimoiy qatlamga xamfikrlik tufayli kasb faqirlikni engillatish, himoyaga muxtoj va ruhan ezilgan odamlarni jamiyat a`zosi sifatida faoliyat yuritishlarini faollashtirish uchun ozod qilishga intiladi. Ijtimoiy ish qadriyatlari professional milliy va xalqaro etik kodekslarda mujassamdir.
Nazariya
Ijtimoiy ish metodologiyasi muayyan kontekstlar uchun xarakterli bo’lgan lokal yoqlamalarni kiritgan holda amaliy faoliyatni baholash va tadqiqot o’tkazish yo’li bilan olingan isbotli asoslangan bilimlar tizimiga suyanadi. Ijtimoiy ish nazariyasi odamlar va ularning atrofidagi kishilar orasidagi o’zaro harakatning murak kabligini inobatga oladi va odamlarning ta`sirga duch kelganiday ularga bio-psixoijtimoiy omilni kiritgan holda ko’p sonli omillar ta`sirining o’zgarishini tan oladi. Professional ijtimoiy ish inson axloqi va rivojlanishi, majmuaviy vaziyatlari tahlili uchun ijtimoiy tizimlarni ham, in­dividual, tashkiliy, ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarga ko’maklashish nazariyasini ham o’zlashtirib oladi.
Amaliyot
Ijtimoiy ish jamiyatda mavjud bo’lgan to’siqlar, tengsizlik va noxaqlik bilan kurashga yo’naltirilgan. Ijtimoiy ish krizis va kritik holatga, shuningdeq kundalik shaxsiy va ijtimoiy muammolarga reaktsiya qiladi. Ijtimoiy ish shaxs va uning atrofidagi kishilarga majmuaviy va yaxlit yondoshuvga moslashtirilgan malakalar, usullar va ta`sirlarning turli-tumanligidan foydalanadi. Ijtimoiy ish harakatining spektri psixoijtimoiy jarayonlarning individual shaxsiy darajadagi mashg’ulotlardan tortib, ijtimoiy siyosatda ishtirok etishni, shuningdeq ijtimoiy loyihalash va rivojlanishni kabul qilishgacha yoyiladi. Amaliy faoliyat, maslahat berish, klinik ijtimoiy ish, guruhlar olib borish, ijtimoiy pedagogik ish, oilaviy terapiya, shu­ningdeq odamlarga jamiyatda mavjud bo’lgan xizmat va imkoniyatlarga erishishga yordamlashishga urinishdan iborat. Bundan tashqari, amaliy faoliyat jamoa tashkilotlari, agentliklarini boshqarish va ijtimoiy siyosat hamda iktisodiy rivojlanishga ta’sir ko’rsatish maqsadida jamoatchilik va siyosiy faoliyat mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy ish amaliyotining ustuvorligi davlatdan davlatga o’tishi va vaqt davomida madaniy, tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib tursa-da, ijtimoiy ishning majmuaviy yaxlit yondoshuvi universaldir.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling