O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi


Download 133.69 Kb.
bet1/2
Sana05.10.2023
Hajmi133.69 Kb.
#1692604
  1   2

13-Mavzu; B. Valixo’jaev hayoti va ijodi (“O‘zbek
adabiyotshunosligi tarixi” darsligi)
Reja:



  1. B.Valixo‘jayev SamDU akademigi. Benazr ustoz.

  2. Navoiyshunos olimlarning sardori

  3. O‘zbek adabiyotshunosligi tadqiqotchisi.

  4. “O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi” darsligi haqida


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи (X-X1X асрлар). T.: Ўзбекистон, 1993.

  2. Назаров Б. ва бошқалар. Ўзбек адабий танқиди тарихи. T. Чўлпон НМИУ. 2012

  3. Ўзбек мумтоз адабиётшунослиги. T.: ЎзМЭ. 2016

  4. Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т. TURON-IQBOL. 2011

  5. Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур.Т. Akademnashr. 2014.

  6. Internet materiallari. Xurshid Davron kutubxonasi….

Mavzuga oid qisqacha annotatsiya




Zakiy alloma Botirxon Valixo‘jayevning ko‘pqirrali faoliyatida Navoiy dahosiga sadoqat sermazmun sahifalarni tashkil etadi. O‘zbek navoiyshunoslarining o‘rta avlodi borasida gap ketganda, shubhasiz, ro‘yxat boshida bu zahmatkash olimning ham nomi tilga olinadi. Uning “Xamsachilik an’anasining ba’zi-bir xususiyatlari”, “Majolis un-nafois” tipidagi bir tazkira haqida”, “Navoiyning poetik miniatyuralar yaratish mahorati”, “Navoiy va Shayxim Suhayliy”, “Navoiy va uning izdoshlari ijodida tuyuq”, “Navoiyning mo‘‘tabar dastxati” kabi maqolalarida ulug‘ o‘zbek shoiri ijodining ko‘pgina masalalari yoritilgan. Professor B.Valixo‘jayevning ilmiy izlanishlari tufayli Alisher Navoiyning avtograf-dastxati topildi.
Samarqand adabiyotshunoslik maktabining yirik vakillaridan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, filologiya fanlari doktori, professor BOTIRXON VALIXO‘JAYEVdir. Ustoz o‘zining ibratli hayot yo‘li, barkamol insoniy qiyofasi, teran tafakkuri, chuqur ilmiy tadqiqotlari bilan qalblarda yashamoqda.
Botirxon Valixo‘jayev 1932 yil 1 aprelda Samarqand shahrining Qozi G‘afur mahallasida maorif ravnaqini ta’min etishga umrini bag‘ishlagan fidoiy inson, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, shoir Nabira- xo‘ja Valixo‘jayev - Xil’at (1894-1968) va badiiy qalam shaydosi Hafizaxon To‘raxo‘ja qizi (1897-1949) oilasida tavallud topdi. Oiladagi ma’rifiy suhbatlar, hofizxonligu navoiyxonliklar, kitobsevarlik bo‘lajak olimda adabiyotga o‘zgacha mehr uyg‘otgani shubhasiz. Botirxon domla ana shu tarzda adabiyotga muhabbatni ota-onasidan yuqtirdi, ilk saboqni oldi.
Adabiyotga, so‘zshunoslikka bo‘lgan muhabbat, qiziqish. tinimsiz o‘rganish va izlanishlar bo‘lajak olimning katta ilmiy dargohlarda tahsil olishiga zamin yaratdi. 1947 yil Samarqand shahridagi tojik pedagogika bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tugatgan Botirxon domla 1948- 1953 yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek davlat universiteti (hozirgi SamDU) filologiya fakultetida ta’lim olib, bu qutlug‘ dargohni ham imtiyozli diplom bilan bitirdi. Bo‘lajak olim ilmga tashnaligi, qalbining adabiyotga oshuftaligi bois 1953-1956 yillarda O‘zDU aspiranturasida tahsilni davom ettirdi.
Botirxon domla otasining tabarruk kasbi - sharafli va mashaqqatli bo‘lgan muallimlikni tanlab, umrining oxirigacha ulug‘ladi. 1956 yilda O‘zDU o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasining o‘qituvchisi sifatida oliy ta’lim- da pedagoglikni boshlagan ustoz umrining oxirigacha shu dargox (SamDU)da turli lavozimlarda faoliyat yuritdi: SamDU o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti (1961), professori (1971), o‘zbek va tojik filologiyasi fakulteti dekani (1971-1973), tojik tili va adabiyoti kafedrasining mudiri (1974-1985), o‘zbek va tojik filologiyasi fakulteti dekani (1986-1988), SamDU filologiya markazi direktori (1993-1996), SamDUning birinchi prorektori (1997-1998) hamda
O‘zining fidoyiligi, katta mehnat va sabru bardoshi bilan oddiy talabalikdan mas’uliyatli, yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilgan Botirxon Valixo‘jayev filologiya fanlari nomzodi (1960), filologiya fanlari doktori (1968), professor (1971), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1982), Sharqshunoslar jamiyatining a’zosi (1983), Kamol Xo‘jandiy akademiyasining a’zosi (1983), SamDU " ning faxriy professori (1994), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1994), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi (2000) kabi daraja va unvonlarga loyiq topildi.
«Samarqadning ilmiy vijdoni», «olimu fozillar botiri» kabi e’tiroflarga sazovor Botirxon Valixo‘jayevning idmiy asarlarida zakiy, keng qamrovli, chuqur mulohazali, odobi yuksak va o‘ta andishali komil inson va tadqiqotchining dilkash siymosi ko‘zga tashlanadi. Botirxon Valixo‘jayev butun umrini ilmu ziyoga bag‘ishlagan nafaqat o‘zbek balki fors-tojik adabiyotining dolzarb muammolari bo‘yicha keng qamrovli tadqiqot olib brogan zukko nuktadon olimdir. Uning tinimsiz ilmiy izlanishlari natijasida o‘ttizdan ortiq risola va monografiyalar, besh yuzdan ortiq ilmiy va ilmiy ommabop maqolalar yuzaga kelgan.Muhimi shundaki olim adabiyotshunoslik olamiga kirib kelgan paytlardayoq uch tilde o‘zbek, rus, tojik tillarida bir xil darajada ilmiy tadqiqot olib bordi. Uning qalamidan chiqqan har bir maqola adabiyotshunosligimiz ravnaqiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
Hamisha tadqiqot ishtiyoqida yonib yangilik ilinjida izlanish B.Valixo‘jayevni adabiy manbalar, hodisalarni O‘rta va Yaqin Sharq adabiyotining umumiy konteksti bilan uzviylikda qarash, ham matnshunoslik, ham adabiy-tarixiy yo‘nalish va o‘zaro aloqa masalalarini chambarchas bog‘liq- likda o‘rganish sari yetakladi. Shu o‘rinda olimning ayrim tadqiqotlarni e’tirof etsak. Domlaning dastlabki maqolasi Abdulla Qahhorning ijodiyotiga tegishli bo‘lib, «Qo‘shchinor chiroqlari» romani haqida ba’zi mulohazalar” nomi bilan 1953 yilda respublika matbuotida bosilib chiqdi. Shuningdek, 1954 yilda «Sharq yulduzi» oynomasida bosilgan maqolasi ozar adibi Samad Vurg‘on adabiy faoliyati haqida, 1962 yilda nashr etilgan «Nomi buzurgi bezavol» maqolasi ham ozar shoirlaridan Ali Akbar Sobir va uning adabiy merosi haqida bahs etadi. Ustoz fors-tojik ijodkorlari Abu Abdullo Rudakiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Sayfiy Buxoriy, Kamol Xo‘jandiy, Mavlono Kohiy, Muhammad Husayn Hatloniy, Sadriddin Ayniy, Orif Gulxaniy, Abdusalom Dehotiy, Jamol Ikromiy, Hoji Yusuf Mirfayozov, latish adibi Vilis Latsis, ozar shoiri Nasimiy, gruzin adibi Nodar Sitsishvili, qirgiz yozuvchisi Ch.Aytmatov haqida, ularning o‘zbek adabiyoti bilan qardoshlik aloqalari borasida maqolalar yozdi. Bu maqolalar olim ilmiy izlanishlarining qamrovi keng, dalillari ishonchli, mazmuni teran ekanligini namoyon etadi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotini yaxlit tarzda o‘rganish, ya’ni tadqiqotlarni mumtoz adabiyot va hozirgi zamon adabiyoti miqyosida mushtarak olib borishdek mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan bilimdon olim siymosini ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Abu Hafz Sug‘diy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Fazlulloh Abulaysiy Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Maxdumi Xorazmiy kabi allomalar haqidagi maqolalar, tadqiqotlar esa ustozni ziyrak manbashunos, tarixshunos, adabiyotshunos, so‘zshunos kabi bilimlar egasi ekanligidan dalolat beradi.
Olimning 1960 yilda akademik V.Abdullayev rahbar- ligida himoya qilgan «O‘zbekistonda adabiy-tanqidiy qarashlar taraqqiyoti tarixi (XU-X1X asrlar)» mavzusi- dagi nomzodlik dissertatsiyasi o‘zbek adabiyotshunosigida katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur tadqiqot o‘z muallifini ilmiy-adabiy jamoatchilikka yanada yaqinroq tanishtirdi, fanning chinakam fidoyisi, e’tirofga molik salohiyat egasi ekanligini namoyish etdi. Tadqiqot yaxlit, yakunlangan, chuqur xulosalarga boyligi bilan diqqatni tortadi. Olim ushbu mavzudagi tadqiqotlarini to‘xtatib qo‘ymadi, balki tinimsiz shug‘ullanib bordi, dililu ma’lumotlarni kengaytirdi. Ushbu tadqiqot «O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi» nomida «O‘zbekiston» nashri- yotida (Toshkent, 1993) bosilib chiqdi. Hozirga qadar mazkur asar oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakulteti talabalari uchun asosiy qo‘llanma vazifasini bajarib kelmoqda. Qo‘llanmada Davlatshoh Samarqandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Hasanxoja Nisoriy, Mutribiy Samarqandiy, Vola Dog‘istoniy, Rahmatulla Vozeh kabilarning adabiy-tanqidiy qarashlari yaxlit tarzda umumlashtirilgan, xulosalangan. Undagi ilmiy umumlashmalarning adabiy parchalar bilan yetarlicha dalillanishi olimning yuzlab qo‘lyozma manbalarga murojaat etganini, ilm ahliga havola etilgan fikrlarning naqadar teran asosga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ana shunday jabhada tadqiqot olib borish Botirxon domlaning ilmiy faoliyati mezonidir.
Ilmiy tadqiqotlarning dastlabki samarasi (nomzod- lik dissertatsiyasi) olimni keyingi katta yutuqlar sari chorlagani tabiiy. Ustoz bu yutuqlarga tinimsiz mehnati, teran ilmiy salohiyati bilan erishdi, ilmni «vositai joh» deb bilmadi. Qanoatni, kamtarlikni buyuk e’tiqod darajasiga ko‘targan domla hazrat Alisher Navoiyning quyidagi baytyni hayot mazmuniga aylantirdi:

Download 133.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling