Samarkand davlat universiteti


Agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar


Download 3.33 Mb.
bet96/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137
Agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar:

  • ijtimoiy siyosatlari, metodlari va amaliyoti mijozlarga sifatli yordam ko’rsatish va kasbiy ijtimoiy ishni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan agentliklar va tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikda ishlang;

  • agentlik yoki tashkilotning nizomdagi maqsadlari va vazifalariga to’la mas`uliyat bilan munosabatda bo’ling;

  • ijtimoiy ishning eng yuksak andozalariga erishish maqsadida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatni, uning uslubiyoti va amaliyotini ishlab chiqishga o’z hissangizni qo’shing;

  • mijoz taqdiriga to’la mas`uliyat bilan munosabatda bo’ling;

  • ijtimoiy siyosatga, uning uslubiyoti va amaliyotiga zarur o’zgarishlarni tegishli agentliklar va tashkilotlar orqali kiriting;

  • barcha imkoniyatlardan foydalansangiz-u, biroq o’zgartirishlarni kiritishning imkoni bo’lmasa, unda yuqori tashkilotlarga yoki manfaatdor keng jamoatchilikka murojaat qiling;

  • mijozga yoki jamoaga ijtimoiy ish samaradorligi to’g’risidagi hisobotni mijozlar, agentlik va tashkilotlar oldida vujudga keladigan muammolarni davriy tahlil qilish, shuningdek, shaxsiy faoliyatingizni tahlil qilish shaklidagi kasbiy hisobot sifatida taqdim qiling;

  • ijtimoiy ish axloqiy tamoyillari harakati, protsedurasi va amaliyotiga zid bo’lgan harakatlarni qilmang.

Hamkasabalar bilan o’zaro munosabatlar:
- hamkasblaringiz va boshqa mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va amaliy faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo’ling;
- ularga ijtimoiy ish samaradorligiga erishishlarida qo’lingizdan kelgan yordamni bering;
- hamkasblaringiz va boshqa mutaxassislarning turlicha fikrlari va amaliy yondashuvlariga hurmat bilan munosabatda bo’ling;
- tegishli instantsiyalarda tanqidiy mulohazalaringizni to’la mas`uliyat bilan bayon qiling;
- hamkasablaringiz, boshqa mutaxassislar va ko’ngillilar orasida bir-birlarini o’zaro mukammallashtirish va o’zlarini namoyon qilish maqsadida bajarilayotgan bilimlar, ko’nikmalar va g’oyalarni olishga va tarqatishga bo’lgan harakatlarga ko’maklashing;
- mijozlar manfaatlari yoki axloq normalari buzilishi to’g’risidagi har qanday ma`lumotlarni tegishli idoralarga etkazing;
- hamkasblaringizni adolatsiz xurujlardan himoya qiling.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling