Samarkand davlat universiteti


X. Hamkasblari va boshqa tashkilotlar hamda xizmatlar bilan o’zaro harakat qilish


Download 3.33 Mb.
bet104/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   137
X. Hamkasblari va boshqa tashkilotlar hamda xizmatlar bilan o’zaro harakat qilish: hamkasblari, aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy ta`minlash tizimiga aloqasi bo’lgan turli kasblarning vakillari (psixologlar, yurist, pedagog, tibbiyot xodimlari, ijtimoiy muhofaza organlari ish xodimlarii, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimalri va h.k.) bilan hamkorlik.
Ijtimoiy ish xodimi:

  1. hamkasblari bilan ochiq hamkorlikda ishlaydi va ularga hurmat bilan munosabatda bo’ladi;

  2. axoli va boshka kasb vakillarida murakkab xayotiy vaziyatda bo’lgan boshqa odamni to’g’ri anglash va tushunishga yordamlashadi;

  3. mijoz bilan uning eng yaxshi qiziqishlariga amal qilish sharoitida ishlashga jalb etilgan mutaxassislar bilan axborot almashadi;

  4. manfaatlar nizosini vujudga keltirishi mumkin bo’lgan munozarali masalalar haqida ma`lumot beradi;

  5. raxbariyat yoki tegishli mas`ul to’zilmalarni axolining turli toifalarini qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy yordamni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan amaliy qiyinchiliklar yoki imkoniyatlar to’g’risida habardor qiladi;

  6. ijtimoiy ximoya bo’yicha o’zini faoliyatini bajarishga etarli darajada tayyorlanmagan yoki layoqatsiz deb xis qilgan rahbariyat yoki yuqori tashkilotlardan yordam so’raydi;

  7. rahbariyat yoki boshqa mas`ul tashkilotlarni xamkasblari tomonidan xavfsiz amaliyotni qo’llash, xizmat kursi ish standartlarini suiste`mol qilish xolatlari haqida habardor etadi.

XI. Ijtimoiy ish xodimi kasbining xususiyatlari
Ijtimoiy ish xodimi o’z kasbiy faoliyatining hususiyatlaridan kelib chiqib, xabardor qilingan va supervayzer yoki raxbar yordamida uddalashi zarur bo’lgan qator qiyinchilik va muammolar bilan to’qnashadi:

  • psixoxissiy va jismoniy toliqishda, xissiy ta`sirchan ish boshlanishining pasayishi, empatiyaning zaiflashishi professional motivatsiyaning kamayishida namoyon bo’lishi professional "kuyish" sindromi;

  • ishda etik dilemmalar bilan tez-tez to’qnashish va har bir aniq vaziyatda qaror qabul qilish zaruriyati;

  • mijozning salomatligi va hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar bilan to’qnashish;

  • mijozlarning real vaziyatlari va ularning muammolarini hal qilish uchun vaqt hamda vositalarining tanqisligi;

  • aniq muammo bo’yicha tezkor qaror qabul qilish zarur bo’lgan sharoitda axborotning tanqisligi yoki informatsion to’kislik.


Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling