Samarkand davlat universiteti


XII. Ijtimoiy ish xodimi faoliyatining natijalari


Download 3.33 Mb.
bet105/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137
XII. Ijtimoiy ish xodimi faoliyatining natijalari:
Ijtimoiy ish xodimi faoliyati va professional ijtimoiy ish instituti bunyodga kelganidan so’ng quyidagi natijalarga erishiladi:

  • jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy muammolarning hal qilinishi yoki pasaytirilishi (oilalar, bolalar, yoshlar, keksalar, nogironligi, OIV bo’lgan, alkagol’ va giyohvand moddalarga tobe odamlar, yordam, himoya va ko’makka muxtoj odamlar);

  • har xil turdagi ijtimoiy muammolarning yuzaga kelishini oldini olish;

  • ijtimoiy muammolarning paydo bo’lishi va ularning chuqurlashishini bartaraf etishga ko’maklashuvchi ijtimoiy himoya hamda qo’llab-quvvatlash tizimiga mablag’ kiritishning foydaliligi hamda iqtisodiy maqsadga muvofiqligi;

  • jamiyat, oila, aholi, shaxsning turlicha guruhlari, inson darajasida ijtimoiy muammolarning paydo bo’lishini prognozlash.

13-mavzu: BOLALARGA QARATILGAN IJTIMOIY ISHNING eTIK TAMOYILLARI
Reja:
1 Ijtimoiy ishning kasb sifatidagi noyob tavsifnomasi.
2 Ijtimoiy ishning qadriyat va tamoyillari.

O’zbekistonda ijtimoiy ish xodimining professional va etik kodeksi ijtimoiy ish bo’yicha Milliy komandaning respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Toshkent davlat madaniyat instituti hamkorligida BMTning O’zbekistondagi YUNISEF bolalar jamg’armasi ko’magida amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda “ijtimoiy ish” kasbini ilgari surish va ijtimoiy ish bo’yicha qayta tayyorlash dasturlarini tarqatish” loyihasi doirasida 2008 yilda ishlab chiqildi.


Ushbu kodeksda ijtimoiy ishning aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimidagi tashkilotlar va muassasalar xodimlari o’z professional amaliyotida qo’llashlari zarur bo’lgan asosiy bazali tamoyillari va qadriyatlari bayon etiladi.
Ushbu kodeks ijtimoiy soha mutaxassislarini mijoz (mijozlar)ga nisbatan etik amaliyotini (ular)ning eng yaxshi manfaatlariga amal qilish va (ular)ning ichki imkoniyatlarini hamda (ular)ning ehtiyojlarini qondirish va yuzaga kelgan muammolarini hal qilishda yordam ko’rsatish uchun atrofdagi kishilar imkoniyatlarini faollashtirish maqsadida yo’naltiradi.
Ijtimoiy ish xodimlarining majburiyatlarini bajarishlarida etik tamoyillar, professionallik, kamsitishga qarshi amaliyot yo’nalishiga rioya etishni, shuningdek, Kodeksni professional va shaxsan qabul qilishni ko’zda tutadi.
Ushbu Kodeks Ijtimoiy Ish xodimlari Xalqaro Federatsiyasi (IFSW) ning 2004 yil oktyabrida Adelaida (Avstraliya) da o’tkazilgan Ijtimoiy Ish bo’yicha Maktablar Xalqaro Assotsiatsiyasi va Ijtimoiy Ish xodimlari Xalqaro Federatsiyasining umumiy uchrashuvida tasdiqlangan “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar Deklaratsiyasi” xujjatini o’z ichiga olgan tavsiyalari asosida ishlab chiqildi. Ushbu Kodeksni to’zishda ijtimoiy ish xodimlarining Britaniya Assotsiatsiyasi, AQSH ijtimoiy ish xodimlarii Milliy assotsiatsiyasi kodekslari hamda Rossiya ijtimoiy ish xodimlarii va ijtimoiy pedagoglari etikasi Kodekslaridan xam foydalanildi.
Kodeks 3 qismdan, kirish va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Birinchi qismda “ijtimoiy ish” kasbining tavsifi va kasbning ta`rifi, shu jumladan, xalqaro ta`riflar beriladi. Ikkinchi qismning birinchi paragrafi ijtimoiy ish xodimlarining etik kodekslari tayanadigan xalqaro xujjatlar ro’yxatini o’z ichiga oladi; ikkinchi paragraf ijtimoiy ish xodimlari o’z ishida amal qilishi zarur bo’lgan etik qadriyatlar va tamoyillarni bayon etadi. Uchinchi qism o’zida “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar Deklaratsiyasi” xalqaro hujjatidagi parchalarni aks ettiradi va ijtimoiy ish xodimining professional axloqni ta`riflab beradi.
Ushbu ijtimoiy ish xodimlari va ijtimoiy sohadagi tutash fanlarning mutaxassislari ishi uchun umumiy orientir bo’lib xizmat qiluvchi dastlabki hujjat hisoblanadi. Ijtimoiy ish xodimi axloqning professional standartlarini batafsil ishlab chiqish O’zbekistonda “ijtimoiy ish” kasbini kelgusida ilgari surish bo’yicha keyingi vazifa hisoblanadi.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling