Samarkand davlat universiteti
V. Ijtimoiy ish xodimining professional bilimlari
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI. Ijtimoiy ish xodimining professional ko’nikma va malakalari
- VII. Ijtimoiy ish xodimiga zarur bo’lgan shaxsiy-professional sifatlar
V. Ijtimoiy ish xodimining professional bilimlari
Ijtimoiy ish xodimi quyidagi bilimlarni egallagan bo’lishi zarur: O’zbekistan Respublikasi ijtimoiy siyosatining asosiy tamoyillari, ijtimoiy siyosat sohasida davlat ijtimoiy dasturlari va yo’nalishlari to’g’risida; kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish haqida; ijtimoiy ishning kasbiy-etik me`yorlari va qadriyatlari haqida; ijtimoiy ishning zamonaviy nazariy modellari va bu sohadagi tadqiqotlar haqida; ijtimoiy muammolar echimi, baholashni olib borish, interventsiya, ijtimoiy reabilitatsiya va profilaktikaning turli usullari haqida; insoniy axloq va rivojlanishi haqida, jamoatchilik muxitining rivojlanishi madaniyat, din, shuningdek, shaxsiy ishonch va shaxsiy yo’l tutishning ta`siri to’g’risida; aholini ijtimoiy muxofaza qilishning xalqaro-huquqiy va milliy-davlat me`yorlari (onalik va bolalik muhofazasini, bolalar, alohida extiyojli odamlar huquqlarini boshqaruvchi oila, mehnat, turar-joy qonunchiligi me`yorlari, jinoiy, ma`muriy, fuqarolik va oilaviy huquqlari asoslari) haqida; vasiylik, xomiylik, farzand qilib olish, patronat oilaga joylashtirish, imtiyoz va nafaqalarni rasmiylashtirish, ishga joylashtirish, tibbiy va ta`lim muassasalariga joylashtirish va h.k.larni tashkil etish xamda tartibi haqida. VI. Ijtimoiy ish xodimining professional ko’nikma va malakalari Ijtimoiy ish xodimi quyidagilarni uddalashi kerak: o’zining professional amaliy faoliyatida professional-etik me`yorlarga amal qilish; shaxslar, oilalar va uyushmalar bilan ishlashni uddalash; axolining turli guruxlari (bolalar, yoshlar, ayollar, keksa odamlar, nogironligi bulgan odamlar va h.k.) xususiyatlarini bilish va ularga yordam ko’rsata olish; muloqot malakasi (mijozlar, bolalar, hamkasblari va boshqa mutaxassislar bilan shaxslararo muloqot ko’nikmalari, verbal va noverbal muloqot mahorati)ga ega bo’lish; baholash va rejalashtirish malakasiga ega bo’lish (to’la baholash uchun axborotlarni yig’ish va tahlil qilish, mijozlar vaziyatini baholash asosida aniq rejalar va bitimlar tashkilotda o’rnatilgan talablarga mos keluvchi aniq va yakdil qaydlarni olib borish); o’z-o’zini boshqarish malakasiga ega bo’lish (shaxsiy ishi va vaqtini uyushtira olish, o’zining kuchli va zaif tomonlarini bilish); rahbar yoki ancha tajribali hamkasbining superviziyasi bilan ishlashga layoqatli bo’lish va o’rganishga tayyor turish; amaliyotda nazariyani qo’llashga qodirlik (ijtimoiy ish nazariyasini bilish va tushunish, amaliy faoliyat uchun munosib nazariyani tanlay va qo’llay olish; ma`lumotlarni yig’ish va tahlil qilishning miqdoriy xamda sifatli usullarini qo’llagancha tadqiqotlar o’tkazish mahoratidan foydalanish; zamonaviy tadqiqotlarning ma`lumotlarini qo’llagancha dalillarga asoslanib, amaliyotni qo’llash; aholining ijtimoiy himoyasini ta`minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmidan foydalanish; komandada o’z hamkasblari va boshqa mutaxassislar bilan ishlay olish (samarali ish xodimi munosabatlarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, g’oyalar va axborotlar bilan bo’lishish qobiliyati); o’z tashkiloti manfaatlarini tushunish va ifodalash (tashkilotning siyosatini, uning protsedurasi, maqsad va vazifalarini bilish va tushunish, tashkilot nomidan vakil bo’la olish); o’zining professional vakolatliligini oshirishga ko’maklashish. VII. Ijtimoiy ish xodimiga zarur bo’lgan shaxsiy-professional sifatlar Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling