Samarkand davlat universiteti


Professiogrammani va etik kodeksni M.X.Ganieva, M.X.Karamyan, L.E.Kim va A.V.SHubina ishtirokida ishlab chiqdilar


Download 3.33 Mb.
bet113/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   137
Professiogrammani va etik kodeksni M.X.Ganieva, M.X.Karamyan, L.E.Kim va A.V.SHubina ishtirokida ishlab chiqdilar.
Professiogrammani ishlab chikishdagi muxokamada ijtimoiy ish buyicha Milliy komanda a`zolari, Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining konsul’tantlari, shuningdek, SHima Barkin va Go’zal Kamalova (BMTning O’zbekistondagi Bolalar jamg’armasi YUNISEF ning "Bola himoyasi" Dasturi) ishtirok etdilar.
Professiogramma ijtimoiy ish bo’yicha loyihalar doirasida ishlab chiqildi: "Ijtimoiy ish bo’yicha qayta tayyorlash dasturini rivojlantirish" (O’zR Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi - Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi - Toshkent davlat madaniyat instituta - BMTning O’zbekistondagi Bolalar jamg’armasi YUNISEF - 2007), "O’zbekistonda "ijtimoiy ish" kasbini ilgari surish va ijtimoiy ish bo’yicha qayta tayyorlash dasturlarini tarqatish” (Toshkent davlat madaniyat instituti – Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi – YUNISEF, 2008), “O’zbekistonda bola himoyasi sohasida “Ijtimoiy ish”” (Toshkent davlat madaniyat instituti – Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi – YUNISEF, 2009).
14-mavzu: OILA BILAN ISHLASHNING AXLOQIY TAMOYILLARI


Reja:
1. Ijtimoiy ishchining ko’rinishi va xulq-atvori. Kompetentlik (chuqur bilimga egalik) va professional takomillashish.
2 Ijtimoiy ishchining mijozlarga nisbatan belgilangan axloqiy burchlari.
5 Ijtimoiy ishchining hamkasblariga nisbatan belgilangan axloqiy normalari.
4. Ijtimoiy ish xodimining kasbi oldidagi axloqiy burchlari.

XX asrning 90-yillarida Rossiyada “ijtimoiy ish” kasbining kiritilishi uchun poydevor sifatida boshqa mutaxassisliklar: tarbiyachilar, psixologlar, madaniyat, sog’liqni saqlash va sport, ijtimoiy ta`minot va tartibni muhofaza qilish organlari vakillarining ishlanmalaridan foydalanildi, ularda odamlarni ijtimoiy himoya qilishning turli modellari, amaliy ijtimoiy ish shakllari va usullari, ilmiy tadqiqotlar natijalari mujassamlashgan edi.


Rossiyada ijtimoiy ish shaklanishining o’ziga xosligi aynan mana shunda, o’zining davlat sifatida “tug’ilish” davrida bu ish ancha etuk holatda, boy salohiyatga, chuqur tarixiy ildizlarga, mehribonlik an`analari va jamoaviylik ruhiga, hamkorlik, ijtimoiy g’amxo’rlik va o’zaro yordam tajribasiga ega edi.
Mamlakatda ijtimoiy ishning paydo bo’lishidan to hozirgi kungacha ijtimoiy pedagogikaning etakchilik roli xos bo’lib, bu holat Rossiyaning ijtimoiy ish bo’yicha boshqa mamlakatlardan orqada qolishi tafovutini qisqartirishga, shuningdek, hozirgi kunda ko’pchilik mamlakatlardagi ijtimoiy ish modellarida etishmayotgan va jahon amaliyoti va “ijtimoiy ish” integrativ fani uchun tashvishli hol bo’lgan “ijtimoiy-pedagogik urg’u” berishga imkon yaratdi.
Rossiyada “ijtimoiy ish” kasbiga dastlabki yo’lni ochgan mutaxassislar ijtimoiy pedagoglar edi. Bu, avvalo, shuning uchun ham tabiiyki, har qanday ijtimoiy xizmatchi kasbiy vakolatliligi asosini axloqiy, psixologik, pedagogik xususiyatlar tashkil etadi.
Mamlakatda XX asrdagi ijtimoiy ish taraqqiyotida (V.G. Bocharovaga ko’ra) uch bosqich farqlanadi:
1) 60-yillar;
2) 70-80-yillar;
3) 80-yillar - hozirgi davr.
1-bosqich – 60-yillar tajriba to’plash, izlanish, ijtimoiy-pedagogik amaliyotda sotsiumdagi tarbiyaviy ishni tashkil etishga maxsus yo’naltirilgan xizmatchilar toifasi (maktabda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ish tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xizmatchilarining turli toifalari, boshqa idoralar: madaniyat, sport, uy-joy kommunal va ijtimoiy ta`minot, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kasaba uyushmalari tizimida, yotoqxonalarda va boshqa muassasalarda ishlaydigan) tashkilotchi-pedagog va tarbiyachilar shakllanishi davri edi.
2-bosqich – 70-80-yillar davomida ijtimoiy ehtiyoj, ijtimoiy ish, ijtimoiy tarbiyadagi ilg’or tajribalar muammoni echish mumkin bo’lgan yangi sifat bosqichiga olib chiqdi. Mamlakatda turli majmualar: ijtimoiy-pedagogik, ta`limiy-madaniy, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, qishloq maktab-majmualari va boshqalar tarmog’i rivojlana boshladi. Pedagogika fanida bu davr tadqiqotchilarning ijtimoiy pedagogika muammolariga bo’lgan e`tiborining kuchayishi bilan xarakterlanadi.
Biroq, ijtimoiy ishning rivojiga uning tashkiliy, kadrlar, moddiy-texnik va ilmiy-pedagogik tomondan etarli ta`minlanmagani to’siqlik qilib turardi. Bu jarayon yana ijtimoiy siyosat, ijtimoiy faoliyatning turli sohalari (ta`lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, ijtimoiy ta`minot va boshqalar)ni taqdim qiladigan institutlar faoliyatining o’zaro bog’lanmagani va funktsional pala-partishliklar tufayli; ikkinchi tomondan, eng ustuvor va murakkab soha – oilaviy-maishiy muhitdagi, katta yoshlilar va bolalar turar joyidagi ijtimoiy ish to’g’risida shaklangan an`naviy tasavvurlar, “jek” pedagogikasi tufayli qiyinlashib borardi. Ijtimoiy xizmatlarning maxsus tayyorlangan mutaxassislar bilan ta`minlanmaganligi boshqa bir qator kasblar (ayniqsa, maktablardagi pedagogik kadrlarning) o’ziga xos bo’lmagan funktsiyalar bilan shug’ullanishiga olib keldi. Bu ijtimoiy ishning samaradorligi, ta`lim muassasalarining pedagogik funktsiyalarini bajarishdagi va ayniqsa, bolalarning muloqot va kattalar bilan munosabatlar muhiti bo’lgan oila pedagogik ta`limida salbiy iz qoldirdi.
Sotsiumdagi ish oilani ijtimoiy faoliyatdan, ijtimoiy tarbiyadan begonalashtirish, uning funktsiyalarini turli davlat tuzilmalariga olib berishga intilish, bu sohaga maktab usullarini ko’chirishga urinishlar tufayli cheklanar edi. Tadbirlar pedagogikasi“ga aylanib qolgan maktab usullari ochiq muhitdagi bolalar va ularning mikroijtimoiy iqlimi intilishlari, ehtiyojlari, imkoniyatlarini etarli darajada hisobga olmas; ijtimoiy yordam mazmuni shakllari va usullarining muayyan adressizligi, bu shakl va usullarning ko’pincha tasodifiy omillar bilan belgilanishi shaxsga yo’naltirilmagan edi.
Tibbiy ijtimoiy xodimlarning yo’qligi tufayli sog’liqni saqlash tizimida ham murakkab vaziyat vujudga keldi, ularning vazifalarini qisman va nokasbiy darajada odamlarni davolashi lozim bo’lgan mutaxassis-vrachlar bajarisha boshladi.
Deviant (noijtimoiy) xulq-atvorli o’smirlar va “xatar guruhi”ga mansub oilalar bilan ijtimoiy ish masalalari mutaxassis ijtimoiy xizmatchilar yo’qligi tufayli uzoq davr davomida militsiya organlari zimmasiga yuklandi.
Nogironlar, qariyalar, ijtimoiy muhofazaga qattiq muhtoj bo’lgan odamlarning boshqa toifalari bilan olib boriladigan ijtioiy ish tizimi to’liq emas edi.
Biroq, qiyinchiliklar va ziddiyatlarga qaramasdan, bu bosqich ijtimoiy-pedagogik amaliyot va ijtimoiy ish sohasining boshqa tarmoqlari intensiv rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Turli idoralar faoliyatini integratsiyalash, idoralararo asosda ijtimoiy ish mazmunini muvofiqlashtirish, turli idoralarga tegishli muassasalar o’zaro ta`siri xususiyatlarini o’zgartirish singari tamoyillar ko’zga tashlana boshladi.
Jamiyatdagi chuqur inqiroz oilalar, aholi guruhlari katta qismining ijtimoiy qashshoqligini ochib qo’ydi va keskin kuchaytirdi, har bir shaxs manfaatlari va huquqlarining kafolati bo’lgan jamiyatni iqtisodiy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tubdan sog’lomlashtirish yo’llarini izlab topishni birinchi masala qilib qo’ydi.
3-bosqich – 80-yillar oxiriga kelib, mamlakatda ijtimoiy ish muammolarini davlat darajasida hal qilishga o’tish, ijtimoiy xizmatlarning keng infratuzilmaga ega bo’lgan yagona tizimini yaratish, uni retrospektiv ilmiy tahlil qilish, ijtimoiy ish sohasidagi jahon nazariyasi va amaliyoti rivojining etakchi tamoyillarini anglash asosida kadrlar bilan ta`minlashga o’tish uchun barcha shart-sharoitlar etildi. Ijtimoiy ishning o’z ichiga ko’plab mintaqalarga yo’naltirilgan, muayyan milliy-mintaqaviy va mahalliy sharoitlarda umumiy yondashuvlarni amalga oshirish usullari va vositalariga ko’ra farqlanadigan variantlarni qamrab oladigan kontseptsiyasi shakllandi. Ijtimoiy ishga turli xayriya tashkilotlari, ko’ngillilar jamiyatlari, uyushmalar, jamg’armalar, CHerkov faol qo’shildi.
Hozirgi kunda ijtimoiy ishning sof davlat tizimidan jamoat homiyligini ham qamrab oladigan tizimga o’tish yuz bermoqda. qaysidir darajada biz homiylikning inqilobgacha bo’lgan murvatlariga qaytmoqdamiz, ayni paytda sho’rolar davrida vujudga kelgan ba`zi elementlarni saqlab qolmoqdamiz.
Rossiya homiyligi tizimini qayta yaratish yo’lida ziddiyatlar va qiyinchiliklar bo’lishi muqarrar. Xatolarni chetlab o’tishda faqat hozirgi xorij tajribasinigina emas, balki o’z Vatanimiz tarixiy tajribasini o’rganish ham yordam beradi. Uni o’rganish quyidagilardan guvohlik beradi: muhtojlarga beriladigan ko’mak uni keng jamoatchilikni jalb etib nomarkazlashtirilganda samaraliroq bo’ladi; uning individual xususiyatini saqlab qolish lozim; jarayonda ishtirok etayotgan barcha tomonlar – xayriya, xususiy, jamoat tashkilotlari, CHerkov va davlatning yordamga muhtoj bo’lganlar to’g’risida axborot olishda ham, ularga yordam berishda ham o’zaro ta`sirini saqlab qolish zarur.
Davlat o’z zimmasiga xayriya muassasalari faoliyati, ulardan ba`zilari ishining qisman moliyalashtirish, eng muhimi muhtojlarga imtiyozlar, rag’batlar tizimi orqali yordam ko’rsatish bo’yicha qonunlarning yagona tizimini, me`yoriy asosini yaratish bo’yicha funktsiyalarni olishi zarur.
Homiylik ishlariga ommaviy axborot vositalari tomonidan doimiy e`tibor qaratish va jamoatchilik tomonidan nazorat qilish zarur.
Hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasida oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko’rsatishning bir necha moddellari tashkil etilib ishlayapti. Ularni davlat yordamida moliyalashtirishni nazarda tutib, quyidagicha tasniflashtiramiz.
- davlat ijtimoiy xizmatlari;
- aralash xizmatlari;
- mustaqil yoki xayriya fondlari, diniy va ijtimoiy tashkilotlari qoshida ish yurituvchi tajorat xizmatlari.
Davlat xizmatining ustun modeli – oila va bolalarga xizmat ko’rsatishning xududiy markazlaridir. Ijtimoiy xizmat ko’rsatishning boshqa muassasalaridan farq qilgan holda ularning faoliyati va xizmatlari turli-tuman bo’lib, o’z kuchlari bilan oila muammolarini echishga, hayotning turli sohalarida yuzaga kelgan mushkul vaziyatlarni bartaraf etishga harakat qiladilar. Har yili davlat xizmatlari ro’yxatini Rossiya Federatsiyasi xukumati tasdiqlaydi, bular quyidagilar:

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling